Karies va uning turlari
Download 498.33 Kb. Pdf ko'rish
|
Camu Mahmudov DiyorbekS122
KARIES VA UNING TURLARI Karies — og’iz bo’shlig’ining eng keng tarqalgan kasalliklaridan biridir. Karies paydo bo’lganda avvalo tish emali shikastlanadi, agar davolanmasa, u dentin (tishning qattiq to’qimalari) ni shikastlaydi. Karies lotin tilidan olinganda «chirish» degan ma’noni anglatadi, xalq orasida karies «tish chirishi», «tish qurtlashi» degan atamalar bilan nomlanadi, ikkinchi atamani ishlatish tibbiyot nuqati nazaridan biroz noto’g’ri. Kariesning dastlabki belgisi — tish emalidagi qora dog’lar paydo bo’lishi. Agar bu dog’larga e’tibor berilmasa, karies diametri oshishi va patologiya tish to’qimalariga chuqurroq tarqalib, «teshik» paydo qilishi mumkin. Karies tish emalini va dentinni shikastlab, teshib o’tsa, u pulpa (tish yumshoq to’qimalari) ga yetib boradi va juda kuchli og’riqqa sabab bo’lishi mumkin. Pulpaning yallig’lanishi — pulpit deya nom olgan. Tishning zararlanishi darajasi qarab kariesni dog’lar (tish sirtida rang o’zgarishi), yuzaki karies (sirt zararlanish), o’rta karies (dentinning yuqori qismi zararlangan) va chuqur karies (dentin deyarli butunlay zararlanib, pulpagacha yetib borgan) ga ajratishadi. Bundan tashqari, emal, dentin va ildiz sementlarining karieslari alohida tasni anadi — ildiz sementi kariesida kasallik milk ostida paydo bo’ladi. Yuzaga kelishi joyiga qarab ssur (tish chuqurchasida sodir bo’ladi), approksimal (tishlar orasida) va bo’yin oldi (milk yaqinida yoki undan pastda) kariesi tasni anadi. Bundan tashqari, oldingi tishlarning karieslari ham mavjud bo’lib, ular ayniqsa tabassum estetikasiga salbiy ta’sir qiladi. Odatda oldingi tishlar zararlanganda, hatto stomatologlardan qo’rqqanlar ham ularga darhol murojaat qilishadi. Stomatologga tashri dan ozod bo’lish uchun og’iz bo’shlig’ini o’zingiz mustaqil tekshirishingiz kerak. Agar kariesni dastlabki bosqichda aniqlasangiz, uni tish shifokori yordamisiz ham to’xtata olasiz. TISH KARIESI BELGILARI Sizda tish kariesi bor-yo’qligini aniqlash juda oson. Tish sirti rangi o’zgarishi (dog’ qoramtir yoki oqimtir bo’lishi mumkin) yoki uning tuzilishi, masalan g’adir- budurligi — kasallik paydo bo’lishidan dalolat beradigan alomatlardir. Shuningdek, ovqatlanganda tish og’rig’i, ayniqsa shirin, issiq va sovuq ta’sirida yuz beradigan kuchli og’riq ham kariesdan dalolat beradi. O’g’izdan nohush hid kelishi ham kasallik alomati bo’lishi mumkin. Agar kasallik o’rta bosqichga o’tib ketgan bo’lsa, tishda chuqurcha paydo bo’lgan bo’ladi — odatda u til bilan osonlikcha seziladi. Biroq, «teshik» faqatgina karies tufayli sodir bo’lmaydi, aniq tashxisni faqat tish shifokori qo’yadi. KARIES SABABLARI Kariesning (tish chirishining) asosiy sababi — kislotalar ishlab chiqaradigan bakteriyalardir, ular tish to’qimasidan ftor va kaltsiyni yuvilishiga sababchi bo’ladi. Mikroorganizmlar og’iz bo’shlig’ini tozalashdan 1-2 soat o’tgach, ko’payishni va tishni shikastlashni boshlaydi va tishda karash paydo qiladi. So’lak ajralishining yetishmovchiligi ham karies rivojlanishiga hissa qo’shishi mumkin. Aslida, so’lakning mineral moddalari bakteriyalar tomonidan ishlab chiqariladigan kislotalarni qisman bartaraf qilishga qodir. So’lak juda kam hosil bo’lganda, kislotalar tishlarni tezda yemirishni boshlaydi. Bundan tashqari, so’lak qisman karashlarni yuvib turadi. Kserostomiya (og’izda «quruqlik») turli kasalliklar, masalan qandli diabet, gipertoniya, burundan nafas olishning buzilishi natijasida rivojlanishi mumkin. Bundan tashqari, tishning yemirilishga tez-tez shirinliklarni iste’mol qilish ham sabab bo’lishi mumkin va bu qancha glyukoza iste’mol qilinganiga emas, balki qancha vaqt davomida tishlar bilan aloqa qilganligiga bog’liq, ya’ni tishlarga «yopishib» qolishi davomiyligi. Noto’g’ri ovqatlanish nafaqat tishga, balki umuman og’iz bo’shlig’ining salomatligiga salbiy ta’sir qiladi. ! Agar karies aniqlangan bo’lsa, siz ovqatlanishga o’zgartirishlar kiritishingiz, og’iz gigienasiga ko’proq e’tibor berishingiz, shuningdek tarkibida kaltsiy va ftor yuqori bo’lgan tish pastalariga afzallik berishingiz kerak. Tish shifokori huzuriga borish majburiydir. Faqat kariesni o’z vaqtida davolashgina tishlarni saqlab qolishga yordam beradi. TISH KARIESINI DAVOLASH Agar karies dog’ bosqichida bo’lsa, tishlarni yetarli darajada ftor va kaltsiy bilan to’yintirish uni bartaraf qilish uchun yetarli hisoblanadi. Agar kasallik sirtki, o’rta yoki chuqur bosqichda bo’lsa, bormashina ishlatmay, ehtimol boshqa chora bo’lmaydi. Kariesni davolash uchun tishning zararlangan qismini arralab tashlash va uning tabiiy shaklini plomba materiallari yordamida tiklash kerak. Chuqur karieslarni davolashda, odatda, stomatologga ikki marta tashrif buyurish kerak bo’ladi — birinchi marta vaqtinchalik plomba, so’ngra esa doimiy plomba qo’yiladi. Agar karies plomba ostida paydo bo’lsa, uni aniqlash uchun rentgenogra ya qo’llaniladi. Kariyeslarni davolashning ikkita asosiy usuli mavjud: noinvaziv («arralashsiz») va invaziv (ta’sirlangan to’qimalarni arralab tashlash bilan). Usulni tanlash kasallikning bosqichiga bog’liq. Shuningdek, Karies, boshqa omillar bilan bir qatorda, immunitet tizimi faoliyatining buzilishi sababli ham rivojlanishi mumkin. Buzilshning sababi esa stress bo’lishi mumkin. Stress, shuningdek, og’iz bo’shlig’ida mineralizatsiya jarayonlarini sekinlashtira oladi. ! ARRALASHSIZ KONSERVATIV DAVOLASH Ushbu davolashda arralash qo’llanilmaydi. Ushbu usul, agar kasallik dastlabki bosqichda bo’lsa, ya’ni emalning rangi o’zgargan bo’lsa yoki bemor organizmining xususiyatlari (masalan, og’riqsizlantiruvchi preparatlarga allergik reaktsiya) mavjud hollarda qo’llaniladi. Noinvaziv usulning mohiyati emalning yumshoq karashi va minerallanishini olib tashlashdir. Davolash bir necha bosqichlarda amalga oshiriladi: tekshirish, milkdan ajratish va zarur materiallarni qo’llash. Jarayonning davomiyligi taxminan bir soatcha bo’ladi, bu jihozlarga va stomatolog malakasiga bog’liq. Agar davolanish sifatli amalga oshirilsa, kasallik tishlar to’g’ri parvarish qilinganda qaytalanmaydi. Biroq, bemor yana o’z yomon odatlaridan voz kechmasa, bu yerda shifokorning aybi bo’lmaydi. TISHNING QATTIQ TO’QIMALARINI ARRALASH BILAN DAVOLANISH Tishning zararlangan qismlariga og’riqsizlantirish bilan apparat yordamida ishlov berish. Davolash bosqichlari kasallikning bosqichiga bog’liq. O’rtacha karieslar quyidagi sxema bo’yicha davolashadi: Og’riqsizlantirish; Mexanik va dori-darmonlar bilan ishlov berish; Himoya qoplamasi o’rnatish; Plombalash materiallari yordamida tishning anatomik shaklini tiklash; Silliqlash va pardozlash. Chuqur kariesda qoplama qo’yishdan oldin zararlanish darajasini tekshirish talab qilinadi, ya’ni ta’sirlangan pulpaning yuzaga qanchalik yaqin ekanligini. Bu davolanishdan so’ng og’riq yuzaga kelmasligi uchun amalga oshiriladi. O’rta va chuqur kariesni davolash davomiyligi bir soat, ba’zan ikki soatgacha davom etadi. O’rtacha karieslar, avval aytganimizdek, odatda bir marta tashrif buyurish bilan davolanadi, chuqur karies bo’lganda esa stomatologga ikki marta tashrif buyurishi kerak, og’ir holatlarda — uch yoki undan ko’proq marta. Davolashning samaradorligi foydalaniladigan dorilarning sifatiga, mutaxassisning malakasiga va organizmning o’ziga xos xususiyatlariga bog’liq. Noto’g’ri oziqlanish va yomon gigiena, shuningdek zaif immunitet bo’lganda kasallik bir muddatdan keyin yana qaytalanishi mumkin. ZAMONAVIY DAVOLASH USULLARI Kariesni davolashda zamonaviy yondashuvlar — yangi usullardan biri kimyoviy- mexanik usul hisoblanadi. Bu usul zararlangan tish sohasiga maxsus vositalar qo’yish va keyin tishning zararlangan qismini olib tashlash va plombalashdan iborat. Ushbu usulning afzalliklari — og’riqsiz kechishi va chuqur arralashning hojati yo’qligi. Patologik to’qima shuningdek kuchli havo yoki suv purkash natijasida, maxsus kukunlar qo’llagan holda olib tashlanishi mumkin. Ammo bu usul faqat kariesning dastlabki bosqichlarida samarali bo’ladi. Zararlangan joylar lazer bilan olib tashlanishi ham mumkin. U ta’sirlangan to’qimalarni taniydi va bug’lantirib yuboradi. Bunday zamonaviy usullar albatta ko’p noqulaylik tug’dirmaydi va og’riqsiz kechadi, ammo bunday muolajalar bemorga ancha qimmatga tushishi mumkin. KARIESNI OLDINI OLISH Tishlarni kariesdan himoya qilish uchun, tishni yuvayotganda ularni supuruvchi harakatlar bilan tozalash kerak. Ushbu muolaja bo’yicha harakatlar kamida 3-5 daqiqa bo’lishi kerak. Tilni tozalashni ham unutmang. Ovqatlangandan keyin albatta tishlaringizni tozalang. Oziqlanish ham karies rivojlanishiga ta’sir qiladi. Shirin yoki juda nordon (yashil olma, limon) iste’mol qilganingizdan keyin biroz suv iching va og’zingizni yaxshilab chayqab tashlang. Kaltsiy va ftorga boy bo’gan meva va sabzavotlar iste’mol qiling, shuningdek vitamin C va D ga ham e’tibor qarating. Xom sabzi tishlari sog’lig’iga ayniqsa foydali ta’sir ko’rsatadi. Har olti oyda bir marta tish shifokoriga tashrif buyurib turish kerak, shunda kariesni dastlabki bosqichda aniqlash va uning rivojlanishining oldini olish mumkin bo’ladi. Zero karies nafaqat tish yuzasida, balki bemor ko’ra olmaydigan tish sohalarida bo’lishi ham mumkin. Download 498.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling