Karimov Saidning "Chala kvadrat tenglamalarga doir misollar yechish"
Download 49.41 Kb.
|
1 2
Bog'liqKarimov Said 2 5253499156315512760
- Bu sahifa navigatsiya:
- =0 (1) +c=0, c ≠0 (2) +bx=0, b≠0 (3)
- Karimov Said
Uy ishini tekshirish:
2 O’tilgan mavzuni mustahkamlash: Chala kvadrat tenglamalar. 353-misol 354-misol “Charxpalak”metodi Sinf o'quvchilari 2 guruhga bo'linadi hamda har bir guruhga nom qo'yiladi. Guruhning nomini bugungi mavzuyimizga moslashtirib qo'yamiz. Demak, 1-guruhni "Bilimdonlar" guruhi, 2-guruhimizni "Zukkolar" guruhi deymiz. Charxpalak metodida har bir guruhdan ketma –ketlikda o’quvchilar chiqib,parrakni aylantiradilar.Parrak to’xtaganda strelka qaysi raqamga to’xtasa o’quvchi o’sha raqam ostidagi misolni ishlaydi va rag’bat kartochkasiga ega bo’ladi.O’yin shu tarzda davom etdi.Bunda o’quvchilardan tezkorlik va topqirlik talab etiladi.Qaysi guruh ko’p rag’bat kartochkasi to’plagan bo’lsa,o’sha guruhga bir dona olmos taqdim etiladi. Yangi mavzu bayoni: Bunda darsimiz misollar yechish bo’lganligi uchun hamda darsimiz noan’anaviy tarzda olib borilayotganligi uchun kitobdagi misollar metodlar va o’yinlarda kiritilgan.Qoidalar ham dars davomida o’yin sifatida o’quvchilardan so’ralib,mustahkamlanib olinadi. Kvadrat tenglamada b yoki c koeffitsientlardan aqalli bittasi nolga teng bo’lsa, u holda bu tenglama chala kvadrat tenglama deyiladi.(a ≠0) =0 (1) +c=0, c ≠0 (2) +bx=0, b≠0 (3) Tenglamaniyeching. 5 =0 Bu tenglamani ikkala qismini beshga bo’lamiz: =0 x=0 Javob: x=0 Mavzu eslatib o’tilganidan so’ng o’quvchilarga mustaqil ishlash uchun 354-misolning toqlari beriladi.Namuna sifatida doskada bir dona misol ishlab ko’rsatiladi. 354-misol. 1) -169=0 4 =169; = ; x= Misollar mustaqil ishlangandan so’ng “Geomat” metodini boshlaymiz.Bu metodda jamoa bo’lib ishlash talab etiladi.Guruhlarga turli xil qit’alarning rasmlari va ularda misollar yozilgan tarqatma materiallar tarqatiladi.Ushbu metod jamoa bo’lib ishlashni yanada shakllantiradi.Qaysi guruh misollarni to’g’ri bajarib,qit’alarning nomini to’g’ri topsa o’sha guruh bu o’yinda g’alaba qozonadi va bir dona olmosni qo’lga kiritadilar. YANGI MAVZUNI MUSTAHKAMLASH: Yangi mavzunini mustahkamlashda “Kim chaqqon”,”Futbol”, “Baliq ovi”o’yinlaridan foydalanildi. “ Kim chaqqon” metodi. Bunda ustoz tomonidan doskaga quyosh va bulut shakllari yopishtirilgan bo’ladi.2 guruhga tarqatma materiallar orqali quyosh nurlari va yomg’ir tomchilari tarqatiladi.Tarqatma materiallarda mavzuga oid misol va savollar yozilgan bo’ladi.Har bir guruh a’zolari birin-ketinlikda misollarni ishlab,savollarga javob berib,quyosh nurlarini hamda yomg’ir tomchilarini doskaga yopishtiradilar.Qaysi guruh o’ziga berilgan toipshiriqni birinchi va to’g’ri bajarsa o’sha guruh bir dona olmosni qo’lga kiritadi.Shart davomida misollarni to’g’ri bajargan o’quvchilar rag’bat kartochkalariga ega bo’ladilar. “Futbol”o’yini. Bunda ustoz tomonidan darsda koptokcha keltirilgan bo’ladi.Koptokchada 1dan 10gacha raqamlar yashiringan bo’ladi.O’quvchilarga ustoz tomonidan ixtiyoriy ravishda to’p otiladi.To’p qo’liga tushgan o’quvchi ixtiyoriy raqam tanlash orqali savolga ega bo’ladi.Savolga to’g’ri javob bergan ishtirokchi rag’bat kartochkasiga ega bo’ladi va qaysi guruh ko’p rag’bat kartochkasi to’plagan bo’lsa,o’sha guruh bir dona olmosga ega bo’ladi.Olmosni qo’lga kiritgan guruh ushbu shartda g’olib hisoblanadi. “Baliq ovi” o’yini. Bunda doskaning o’rtasida daryo rasmi tushirilgan plakat hamda ikki tomonida akvarium rasmi chizilgan qog’ozlar yopishtirilgan bo’ladi.Daryoda turli xildagi baliqlar suzib yuripti.Bunda guruh a’zolari o’zlarining ovchilik mahoratlarini namoyish etadilar.O’yin qoidasi shundan iboratki,baliq ovlamoqchi bo’lgan ovchi baliqdagi misolni ishlashi yoki savolga javob berishi kerak.Baliq ovlagan ovchi rag’bat kartochkasini qo’lga kiritadi.Qaysi guruhda ko’p rag’bat kartochkasi bo’lsa, o’sha guruh bitta olmosni qo’lga kiritadi.Hamda o’sha guruh bu o’yinda g’alaba qozonadi. Darsimizni yakunlash jarayonidan oldin hamma qatnashgan o’quvchilar baholanadi va rag’batlantiriladi.Dars ustoz tomonidan xulosalandi.O’quvchilarga yanada ko’proq bilimlar egallashlari ta’kidlab o’tildi. UYGA VAZIFA: 357-misol va 358-misol uyga vazifa sifatida beriladi. Namuna sifatida har bir misoldan bittadan ishlab ko’rsatiladi. 357-misol. 1) 8 +6x=8 -15x 6x+15x=8 -3 21x=5 5 -21x=0 x(5x-21)=0 x=0;5x-21=0; x=0; 5x=21; x=0; x= . Javob:x=0;x= . TAYYORLADI: 1-7 MAT 19 GURUH TALABASI Karimov Said Download 49.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling