Karlibayeva guljaxan ermekbayevna


Download 434.35 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana02.01.2022
Hajmi434.35 Kb.
#190457
1   2   3   4
Bog'liq
fizikani o'qitish

UO‘K: 378.245.2 (072) 

KBK 85.33 

 

Taqrizchilar: 



K.Turdanov – Fiz-mat.f.n.dots., A.Ataubayeva – Fiz-mat.f.n.                      

                         



 

 

 

 

O‘quv-uslubiy qo‘llanma Ajiniyoz nomidagi Nukus Davlat 

Pedagogika instituti ilmiy Kengashida ko‘rib chiqilib va 2013-yil          

28-iyundagi majlisining 8-sonli bayonnomasi bilan nashrga tavsiya 

etilgan.  

 

 

ISBN 978–9943–4495‒0‒3 

 

© «Fan va texnologiya» nashriyoti, 2014. 

 


 

3

 



KIRISH 

 

Agar bolalar erkin fikrlashni  

o‘rganmasa, berilgan ta’lim  

samarasi past bo‘lishi muqarrar. 

İ.A.Karimov 

 

Respublikamiz Prezidenti İ.Karimov O‘zbekiston o‘qituvchi va 



murabbiylari ishtirokidagi  2010-yil 30-sentabrdagi majlisida qilgan 

ma’ruzasida shunday degan edi: Buyuk mutafakkir bobomiz Alisher 

Navoiyning «Muallim zoti ezgulik va ma’rifat yo‘lining beminnat 

charog‘bonidir» degan hikmatli so‘zlari beixtiyor yodimizga tushadi. 

Bunday yuksak, haqqoniy baho farzandlarimizni jismonan va manan 

yetuk, barkamol insonlar etib o‘stirish, voyaga yetkazishdek ezgu va 

mas’uliyatli ishni o‘z zimmasiga  olgan yurtimizdagi ming-minglab 

jonkuyar ustoz va murabbiylar, hurmatli domlalarimiz shaniga 

munosib ekanini barchamiz bugun chuqur anglaymiz. 

Darhaqiqat, ko‘z nuri va qalb qo‘rini, butun ongli hayotini yosh  

avlodga  tarbiya berishga, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlar 

ruhida kamol toptirishga bag‘ishlagan, bir so‘z bilan aytganda, Vata-

nimizning ertangi kunining poydevorini yaratayotgan siz azizlarning 

kundalik olijanob mehnatingiz oldida ta’zim etsak arziydi, albatta. 

Biz mustaqillikning birinchi yillaridan boshlab ta’lim sohasidagi 

eski yondashuvlardan butunlay voz kechib, yangicha tamoyillarga, 

milliy qadriyat va an’analarimizga, jahon ilg‘or tajribalariga asoslanib, 

hayotimizni tub yangilash, uzoq va  davomli maqsadlarimizni amalga 

oshirish uchun ta’lim-tarbiya sohasiga ustuvor ahamiyat qaratib, bor 

kuch va imkoniyatlarimizni shu  yo‘lda safarbar etmoqdamiz. 

Mohiyati va ahamiyatiga ko‘ra  chindan ham noyob «Kadrlar 

tayyorlash  milliy dasturi» va uning uzviy davomi bo‘lgan ta’limni 

rivojlantirish dasturi bugungi kunda hayot sinovidan o‘tib, o‘z hosilini  

berayotgani, xalqaro jamoatchilik tomonidan e’tirof etilayotgani 

barchamizga haqli ravishda g‘urur iftixor bag‘ishlaydi. Albatta, 

oldimizda turgan  ezgu maqsadlarimizga erishish yo‘lida yaratilgan 




 

4

barcha imkoniyatlar keng e’tirof etilyotgan bir paytda, biz, eng avvalo, 



bunyod etilayotgan sharoitlarga bamisoli jon va kuch berayotgan, 

ularni ishga solayotgan muallim va murabbiylarning og‘ir va 

 

mas’uliyatli mehnatining o‘rni va ahamiyatini chuqur anglab, ularni 



munosib qadrlash va baholash barchamizning doimiy e’tiborimiz 

markazida turishini yaxshi tushunamiz. 

Davlat umummilliy dasturining asosiy maqsadi va vazifalaridan 

biri – ta’lim muassasalarini malakali o‘qituvchilar bilan ta’minlash, 

ularning salohiyatini oshirish, o‘qituvchilar tayyorlash tizimini 

takomillashtirishdir. Mazkur tamoyilga jiddiy munosabat bilan e’tibor 

qaratadigan bo‘lsak o‘qituvchilar uchun juda katta mas’uliyat, 

talablar, vazifalar va ishonch mavjudligini e’tirof etamiz.  

Bu masalaga davlatimiz mustaqilligining dastlabki yillaridan 

boshlab jiddiy e’tibor berib kelinmoqda. Buni yurtboshimiz 

İ.A.Karimovning quyidagi fikrlarida yaqqol ko‘ra olamiz: 

«Maktab, ta’lim-tarbiya masalasi davlat va jamiyat nazoratida 

bo‘lishi asosiy qonunimizda belgilab qo‘yilgan. Shu bilan birga, bu 

keng jamoatchilik, butun xalqimizning ishtiroki va qo‘llab-

quvvatlashini talab qiladigan umumiy masaladir»  (İ.A.Karimov. 

Yuksak manaviyat – yengilmas kuch. – T.: «Ma’naviyat», 2008. 61-

bet.). 

Yurtimizda boshlangan islohotlar jarayonini izchillik bilan 

davom ettirish va mantiqiy yakuniga yetkazish muammolarining 

asosiy yechimlaridan biri – malakali, fidoyi bakalavr darajasiga ega 

bo‘lgan o‘qituvchilarni tayyorlashdir. Bunda ularga  quyidagi asosiy 

talablar qo‘yiladi: har bir bakalavr darajasidagi o‘qituvchining o‘z 

ishiga bo‘lgan mas’uliyatini tubdan o‘zgartirish, ularda 

tashabbuskorlik-pedagogik faoliyatga bo‘lgan ijodiy munosabatni 

shakllantirish  shaxsiy javobgarligini oshirish; ularning o‘z sohasida 

kompetentli, ya’ni o‘z ishining ustasi bo‘lishi, o‘z sohasining sirlarini 

har tomonlama chuqur bilishi zarurligi. 

Fizika fani o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirishda 

tayanch fan, fizika darslari esa uning ahamiyatli manbasi hisoblanadi. 

O‘quvchining dunyoqarashi, tabiat haqidagi tushunchalari fizika fani 

qonunlarini o‘rganish jarayonida amalga oshirilsa, ikkinchidan, bu 

jarayonda ularga bilim va tarbiya berishda psixo-pedagogik asoslarni 

hosil qilish davomida amalga oshiriladi. Dunyoqarashni 



 

5

shakllantirishda o‘qituvchidan katta pedagogik mahorat talab qilinadi. 



Bunda dars  o‘tish jarayonida turli metodlardan, yangi innovatsion 

pedagogik texnologiyalarni qo‘llanish ko‘zda tutilgan. 

Ta’lim berish tizimida qo‘lga kiritiladigan natija va uning 

tarmoqlari turlicha sifat ko‘rsatkichlariga ega bo‘lishi mumkin. Ularni 

aniqlash, tahlil qilish va o‘lchash uchun har xil kriteriyalar ishlab 

chiqilgan. O‘quvchilarning bilish ko‘nikmasining rivojlanishi bilan 

bog‘liq holda V.P.Bespalko bilim xizmati natijasining to‘rt darajasini 

aniqlagan va ularning ahamiyatini quyidagicha yoritib bergan: 

I daraja – tanishish: o‘quvchilar boshqa shunga o‘xshash 

obyektlar qatorida ushbu obyektni anglashi, farqlashi, ularni 

o‘zlashtirish qobiliyatlariga qarab farqlanadi. Tanishish darajasidagi 

o‘zlashtirish ko‘pincha o‘rganish obyekti haqidagi umumiy qarashlar

fikirlash bo‘lsa, suhbat turidagi javoblar «ha – yo‘q», «yoki» bilan 

chegaralanadi. 

II daraja – reproduksiya: bu darajada o‘quvchilar o‘rganish 

obyekti bilan bog‘liq harakatlarni og‘zaki bayon qilib berish 

imkoniyati darajasidagi asosiy tushunchalarni o‘zlashtiradi, turli 

harakatlar va har xil tadbirlarni tahlil qiladi. 

III daraja – to‘liq o‘zlashtirilgan bilim va ko‘nikmalar: bunda 

o‘quvchilarning xizmati ba’zi bir sinf ishlarini yechish uchun 

o‘zlashtirilgan ma’lumotlarni amaliyotda qo‘llanish va obyektiv yangi 

ma’lumotlarni egallash ko‘nikmalariga ega bo‘lishi. 

IV daraja – transformatsiya: u o‘quvchilarning egallagan bilim, 

ko‘nikma va malakasini qo‘llay bilish orqali turlicha qiyinchilikdagi 

vazifalarni yecha oladigan ma’lumotlarni egallashni ko‘zda tutadi. 

O‘quv-tarbiya jarayonining yutug‘i o‘quvchilarning har bir 

darsga faol qatnashishi bo‘lib hisoblanadi. Faollik bo‘lsa o‘quvchilar 

o‘zlari qiziqib, darslarni qoldirmay, o‘qituvchining aytganlarini 

tinglash, yangiliklar bilan tanishish, ma’lumotlarni eshitish va 

mavzularni o‘z vaqtida tushunib borishga intiladi. 

O‘quvchilarda bunday xususiyatlarni hosil qilish uchun o‘qituv-

chidan kuchli bilim, izlanish va katta mahorat talab qilinadi. Demak: 

– har bir darsni rejalashtirishda uning didaktik maqsadlarini 

aniqlab olish; 




 

6

– mavzuga tegishli nazariy va amaliy tushunchalarni chuqur va 



har tarafdan o‘rganib tayyorgarlik ko‘rish, dars matni va uni bayon 

etishning ketma-ketligini tuzish; 

– ko‘rgazmali qurollar, tajribalar, mashg‘ulotlar, o‘quv 

filmlaridan dars jarayonida o‘rinli foydalanish; 

– darsga bog‘liq tarqatma didaktik materiallarni tayyorlash; 

– mavzuning didaktik maqsadi, mazmuni, hajmi va fizika xona-

sining material-texnik ta’minlanishiga qarab dars usullarini tanlash. 

O‘quvchilarning darsga qatnashishini yaxshilash uchun sinalgan 

usullarning biri: 

– darsni muammoviy o‘qitish usuli; 

– darsning nostandart  formasi; 

– ilmiy izlanish usuli; 

– darslik ustida ishlash; 

– masalalar yechish; 

– tajriba va topshiriqlarni bajarish. 

Mazkur o‘quv uslubiy qo‘llanmada, fizika o‘qituvchisining 

umumiy masalalarga, o‘quvchilarning o‘quv faoliyatini samarali 

uyushtirishga, fizika o‘qitish jarayonida o‘quvchilarda ishtimoiy-

statistik g‘oya va tuchunshalarni shakllantirishga to‘xtaldik. Kitobning 

tuzilishi, mazmuni bo‘yicha ko‘rsatilgan takliflarni sidqidildan qabul 

qilamiz va oldindan minnatdorchilik bildiramiz. 


Download 434.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling