Karmana tumani 14- umumiy o‘rta ta’lim maktabida Davlat tili to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Qonuning


Download 23.38 Kb.
bet1/3
Sana15.03.2023
Hajmi23.38 Kb.
#1270297
  1   2   3
Bog'liq
2-масала


Karmana tumani 14- umumiy o‘rta ta’lim maktabida Davlat tili to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Qonuning
bajarilishi ahvoli to‘g‘risida
MA’LUMOT.
Hukumatimiz tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021- yil 10-fevral kuni 61- sonli qaror qabul qilingan “Lotin alifbosiga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta’minlash chora –tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror bilan bu boradagi moammolarning bartaraf etilishi yuzasidan qat’iy choralar belgilandi va yo‘l xaritasi ishlab chiqildi. Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi, imlo qoidalari va davlat tilida ish yuritishni o‘rganish bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etish yo‘lxaritasida 2023- yil yanvar oyida rejada belgilangan. Kiril alifbosida chop etilgan va kutubxonalarda saqlanayotgan adabiyotlarni lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosidagi elektiron ko‘rinishlarni yaratish. Ish qog‘ozlari va turli blankalarni lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida bo‘lishini taminlash yo‘l xaritasiga kiritilgan bo‘lib bosqichma –bosqich ishlar bajarilib kelinmoqda. 1995 –yilda Vazirlar mahkamasining “O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risidagi 339- sonli qarori e’lon qilingan. Demak sentabr oktabr ko‘rinishida yoziladi boshqa qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilgani yo‘q. Karmana tumani 14- umumiy o‘rta ta’lim maktabida O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 33 yilligini munosib nishonlash bo‘yicha bir qancha ishlar bajarildi. SHu jumladan 5-7- sinf o‘quvchilari o‘rtasida “O‘zbektilim-jonudilim”, 8-9- sinf o‘quvchilari o‘rtasida “O‘zbek tilim-o‘z tilim”, 10-11- sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Til- millat ko‘rki” mavzularida esselar tanlovi tashkil qilindi. SHundan 8- A sinf o‘quvchisi Xolboeva Dilshoda esselar tanlovining tuman bosqichida qatnashib faxrli 2- o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Ona tili fani o‘qituvchisi N.Salohiddinova 8- sinf o‘quvchilari bilan O‘zbek tilim- iftixorim mavzusida chellenj tayyorladi.
Maktab pedagog xodimlari ishtirokida metod birlashma rahbari F.Amonova Ona tilim- mangu bo‘l omon! Nomli chellenj tayyorladi.
Ona tili fani o‘qituvchisi G.Qo‘ldosheva 6- sinf o‘quvchilari bilan ona tilim-mangu barhayot nomli chellenjni tayyorladi.
Ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilaridan M.Norova 5- sinflar bilan, Rizaeva hamda L.Safarovalar 9-A,B,V sinf o‘quvchilari o‘rtasida zakovat intellektual o‘yinlarini tashkil etdilar. 5-B sinf o‘quvchilari ishtirokida A.Abdullaeva “San’atga oshno qalblar” nomli adabiy –badiiy kecha tashkil etdi.
G.Qo‘ldosheva hamda F.Amonovalar maktab o‘quvchilari bilan 21- oktayabr kuni “ Ona tilim- mangu bo‘l omon” nomli ma’naviy – ma’rifiy tadbirni tashkil etdilar.
Maktabda barcha turdagi hujjatlar Davlat tilida yuritilishi o‘rganilganda ayrim hujjatlarda imloviy xatoliklar borligi aniqlandi.

Ma’lumotnomani tayyorladi: F.Amonova




Download 23.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling