Kartaning matematik asos elementlari


Download 0.67 Mb.
Sana28.12.2022
Hajmi0.67 Mb.
#1021844
Bog'liq
Mustaqil ish-4

KARTANING MATEMATIK ASOS ELEMENTLARI

BAJARDI: Ergashov K.U

TEKISHDI: OCHILOV SHERALI

REJA:


Kartani matematik asosi – kartani matematik elementlari majmuidan tarkib topib, ular tasvirlanayotgan yuza va karta o‘rtasidagi matematik aloqani belgilaydilar. Proeksiya, masshtab, geodezik asos, shuningdek komponovka va razgrafka sistemasi kartaning matematik asos elementlari bo‘lib hisoblanadi.
Kartani matematik asos elementlari – Yer yuzasini tekislikda ma‘lum matematik qonun va qoida asosida to‘g‘ri va aniq tasvirlash imkonini beradi.
Masshtab kartografik modelni (ya‘ni kartani) fazoviy chegaralarini aniqlaydi. Kartada o‘lchash mumkin bo‘lgan aniqlik, karta mazmunini mukammalliligi, binobarin kartografik tasvirni aniqligi bevosita uning masshtabiga bog‘liq bo‘ladi. Karta masshtabini yirik yoki maydaligi uni maqsadiga qarab belgilanadi.
Kartani geometrik jihatdan aniq va tasvirlarning to‘g‘ri bo‘lishi kartaning matematik asosiga bog‘liq. Hamma kartalar kartografik proektsiyalar asosida tuziladi va Yer ellipsoidini tekis yuzaga yoki qog‘ozga tushirish yo‘llarini ko‘rsatib beradi. Kartografik to‘r (geografik kenglik va geografik uzoqlik) esa geografik elementlarning yer yuzasidagi o‘rnini tasvirlaydi.
Karta elementlardan biri kartaning legendasi (shartli belgilar sistemasi) kartaning mazmunini o‘qish uchun asosiy qurol bo‘lib hisoblanadi. Legenda kartadagi tasvirlanilayotgan voqea va hodisalarning hammasini o‘z ichiga olishi kerak. Kartaning legendasi aniq, mantiqli hamda qisqa bo‘lishi zarur. To‘g‘ri tuzilgan legenda kartadan to‘g‘ri va oson foydalanish imkoniyatini tug‘diradi. 
Kartaning nomi, muallif va muharrirlarning (redaktorlarning) familiyalari, nashr qilingan vaqti, qaysi manbalar asosida tuzilganligi, nashriyot manzilgohi (adresi), chop qilingan joy nomi va boshqalar ham kartaning yordamchi elementlariga kiradi. 
Kartalardagi ochiq joylardan (ramkaning ichidagi va tashqarisidagi) mukammal foydalanish maqsadida asosiy kartaga qo‘shimcha ravishda, qirqim kartalar (vrezka), grafiklar, profillar, diagrammalar, blokdiagrammalar va jadvallar beriladi, bu esa kartani yanada mukammallashtiradi. Bularning hammasi kartaning qo‘shimcha el ementlarini tashkil qiladi.

XULOSA:

  • Kartalarning matematik asosida Geografik kartalarning geografik koordinatalari, masshtablari, Kartagrafik proyeksiyalari va bir nechta kartalarni tasvirlashda qo'llaniladigan matematik qoidalar va ishlanish yo'llari haqida zarur tushunchalar o'zlashtirildi. Kartalarni tekis yuzaga tasvirlashda qo'llaniladigan proyeksiya turlari haqida ma'lumotlar to'planib taxlil qilindi.Kartagrafik proyeksiya turlari tekis yuzalarga (A4 qog'ozga) chizildi. Kartalarda yuz beradigan kartagrafik xatoliklardan butunlay yoki qisman qutilishda foydalaniladigan proyeksiyalar chizib o'rganildi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

  • 1. Мирзалиев Т. Картография. – Тошкент: Ўз МУ, 2006.
  • 2. Асомов М., Мирзалиев Т. Топография асослари ва картографиядан лаборатория машғулотлари. – Тошкент: Ўқитувчи, 1990. 3. Ibraimova A.A."Kartashunoslik" ma'ruzalar Toshkent-2016 4. Мирзалиев Т., Мусаев И. Картография. – Тошкент: Зиёнур, 2007. 160 б. 5. Mirzaliyev T., Safarov E.Yu., Egamberdiyev A., Qoraboyev J.S. Kartashunoslik. – Toshkent, 2012.

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling