Kartografik generalizatsiya
Download 0,51 Mb. Pdf ko'rish
|
kartografik generalizatsiya (1)
KARTOGRAFIK GENERALIZATSIYA.
Ta'lim tarbiyaviy vazifalari - talabalarni kartografik generalizatsiyani mohiyati va omillari haqidagi bilimlarini kengaytirish va chuqurlashtirish. Kartografik generalizatsiyani asosiy prinsiplarini va turlarini, aniqligini va sifatini hamda har xil holatlarda namoyon bo`lishini o`rganish, ular haqidagi asosiy tushunchalarni pishiq-puxta o`zlashtirishlariga ko`maklashish va zarur ishlab chiqarish malakalarini hosil qilish.
Jihozlar: har xil masshtabli, maqsadli va mazmunli o`quv devoriy Kartalari, o`quv va ilmiy-ma'lumotnoma atlaslar mavzuga oid boshqa rasmlar, chizmalar, plakatlar, jadvallar va h.k.
Ma'ruza rejasi:
mohiyati va omillari.
hodisalarni (ob'ektlarni) generalizatsiya qilish.
GENERALIZATSIYANI MOHIYATI VA OMILLARI. Butun borliqni obrazli-belgili modeli sifatida geografik Kartalarni eng muhim xususiyati ularni tabiat va jamiyat hodisalarini istagan kattalikdagi hudud, masalan rayon, viloyat, mamlakat, materik yoki hatto to`liq Yer shari miqyosida bevosita ko`zdan kechirish va o`rganish imkoniyatiga egaligidadir. Bu masshtabdan foydalanishga va Kartaga tushirilayotgan hodisalarni umumlashtirilgan ko`rinishda berishga asoslangan. "Generalizatsiya" termini fransuzcha so`z "generalisation“ dan kelib chiqqan bo`lib-umumlashtirish, qaysiki o`z navbatida lotincha yasama (hosila) so`z "generalis" dan kelib chiqqan bo`lib, umumiy, bosh degan ma'nolarni anglatadi. Generalizatsiya terminini lingvistik ildizlari uni kartografik mohiyatini yaxshi ifoda etadi.
Davlat standartida kartografik generalizatsiyaga quyidagicha ta'rif berilgan: Kartada tasvirlanayotgan ob'ektlarni Kartani maqsadi va masshtabi hamda Kartaga olinayotgan sohani xususiyatlariga mos ravishda tanlash (saralash) va umumlashtirish kartografik generalizatsiya deyiladi.
34-RASM. .
Generalizatsiyani asosiy ma'nosi-borliqni Kartaga olinayotgan qismini o`ziga xos bo`lgan asosiy tipik tomonlarini va harakterli xususiyatlarini saqlab qolib umumlashtirib tasvirlashdir. Kartalarni geosistemalarni yoki ularni qismlarini (aspektlarini) modellari sifatida tushunish generalizatsiyada geosistemalarni yetakchi (asosiy) elementlarini, aloqalarini va jarayonlarini ajratishga, hamda ancha yuqori darajali sistemalarni aks ettirishga va abstraktlashtirish natijasida bu sistemalarni tahlil qilish uchun ortiqcha informatsiyani yo`qotish va ular to`g`risida yangi bilimlar olish uchun vosita (chora) borligini ko`rishga imkon beradi. Generalizatsiyani ta'rifini o`zida, uni mohiyatini aniqlaydigan asosiy omillar ko`rsatilgan, chunonchi- Kartani maqsadi, uning masshtabi va Kartaga olinayotgan borliqni (voqelikni) o`ziga xos xususiyatlari. Yuqoridagilarga yana Kartani mavzuini va Kartaga olish ob'ektlarini o`rganilganlik darajasini (manbalarni sifatini) qo`shish kerak.
Download 0,51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling