Kartoshka kasalliklari va ularga qarshi kurash
Download 72.67 Kb.
|
KARTOSHKA KASALLIKLARI VA ULARGA QARSHI KURASH
Qovun fuzarioz so‘lish kasalligi. Kasallikni Fusarium oxysporum f.sp. melonis gifomitset zamburug‘i qo‘zg‘atadi. O‘zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston, Qirg‘iziston va Janubiy Qozog‘istonda qovun yetishtirishda eng katta zarar keltiradigan va soha rivojlanishiga to‘siq bo‘lib kelayotgan ikkita zamburug‘ kasalliklari mavjud bo‘lib, ular unshudring va fuzarioz so‘lishdir
Kasallik belgilari: Fuzarioz so‘lish bilan qovun barcha o‘sish va rivojlanish fazalarida zararlanadi. Yosh maysalarning urug‘barglari, poyasi (gipokotil) va ildiz bo‘g‘zida qaynoq suvda kuyganga o‘xshash, rangsiz, so‘ngra qo‘ng‘ir tus oluvchi dog‘lar rivojlanadi, ular chiriydi va maysalar qurib qoladi, ekin siyrak bo‘lib qoladi. Ertapishar navlar maysalarining 43–86 foizi nobud bo‘lgani O‘zbekistonda qayd etilgan.
Poliz ekinlarining un-shudring kasalligi. Kasallik bilan bodring, qovun va qovoqning barcha turlari, itqovun va boshqa bir nechta begona o‘tlar, ba’zan esa tarvuz ham zararlanadi. Uni askomitset obligat parazit zamburug‘lar, asosan, Sphaerotheca fuliginea f. cucumidis, kam hollarda (tog‘larda) Erysiphe cichoracearum f. cucurbitacearum zamburug‘lari qo‘zg‘atadi. O‘zbekiston va boshqa Markaziy Osiyo mamlakatlarida issiqxona va ochiq dalalarda keng tarqalgan.
Download 72.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling