Karyer maydoni turlari va o`lchamlari


Download 486.17 Kb.
Sana28.12.2022
Hajmi486.17 Kb.
#1019153
Bog'liq
Karyer maydoni turlari va o\'lchamlari atrabotka


Karyer maydoni turlari va o`lchamlari
Karyer maydonidagi qazib olinayotgan konlar va uning qismi karyer maydonlari deb ataladi. Karyer maydoni planda o`lchamlari, chuqurligi va bort qiyalik burchaklari bilan harakterlanadigan hajmli geometrik shakl hisoblanadi. U karyerning ag`darmalar, sanoat maydonlari va boshqa ishlab chiqarish binolari yer ajratmasi tarkibiga kiradi.
Karyer maydoni o`lchamlari umumiy hajmdagi konchilik ishlari va mumkin bo`lgan karyer ishlab chiqarish quvvatini aniqlaydi.
Yer yuzasiga yaqin tipli karyerlarning oxirgi chuqurligi (Hк) tabiiy sharoitlar bilan aniqlanadi va ishlarni olib boorish davri ichida o`zgarib boradi. Chuqurlashgan, tog`li va aralash tipli konlarni qazib olishda bu chuqurlik karyerni loyihalashda aniqlanadi.


Karyer maydoni o`lchamlarini aniqlash sxemasi
Zamonaviy karyerlar chuqurligi bir necha metrdan 450 m gacha yetadi. Loyiha asosida esa 800 m gacha ochiq usulda qazib olish mumkin.
Karyer osti o`lchamlari (lД va bД) karyer oxirgi chuqurligi sathidagi konning qazib olinayotgan qismi orqali shakllanadi. (1.6-rasm) Uning minimal o`lchamlari xavfsiz qazib olish va tog` jinsini pastki gorizontda qazib olish (kengligi bo`yicha bД>30 m, uzunligi bo`yicha lД>100 m ) sharoitlariorqalianiqlanadi.
Karyer borti qiyalik burchaklari (γ) massiv borti tog` jinslarining mustahkamligi, mustahkam tog` jinslarida esa transport kommunikatsiyalarining transport bermalari va qiya transheyalarni joylashtirish sharoitidan kelib chiqib aniqlanadi. Bu burchaklarni ochish ishlari hajmini kamaytirish uchun ko`proq tikroq holda qabul qilishga harakat qilinadi.
Konning cho`ziqligi va yotiqligi bo`yicha karyer usti o`lchamlari (Lк va B­­к) karyer tubi va foydali qazilma o`lchamlari, bort qiyalik burchagi va karyer chuqurligi topografik va gidrografik sharoitlardan kelib chiqib aniqlanadi. Karyer o`lchamlari grafik, ba`zan oddiy sharoitlarda analitik usulda aniqlanadi. Juda yirik konlarda Lк va B­­к ishchi gorizontlarni ochish va konni alohida karyer maydonlariga bo`lish orqali aniqlanadi.
Karyer parametrlari kon va transport jihoz va uskunalarini effektiv qo`llashni ta`minlashi zarur. Masalan, cho`zilgan karyer maydoni cho`ziqlik masofasi, shuningdek ekskovator frontlari uchun zarur maydonlar yig`indisiga tegishli ravishda bo`lishi lozim.
Temir yo`l transportini qo`llashda karyer maydonining uzunligi asosan quyidagi kamchiliklar hosil bo`ladi:
Transport vositalarining ishchi berma va maydonlar bo`ylab yurishini, reys davomiyligini va transport sarf-xarajatlarini oshiradi;
pog`onalarda poezdlar almashish sharoitlari, poeyd foydali massasini oshirishni va qo`shimcha strelkali ko`chirishlarni qiyinlashishi;
qirqim transheyalar uzunligi, qiya transheyalar soni oshishi yo`li bilan ishlab chiqarish quvvati o`sishini ta`minlash uchun kon-tayyorlov ishlari hajminiortishi;
Shunday qilib karyer maydoni uzunligining oshishi yoki kamayishi, binobarin, kon ishlarining fronti karyer ishlarining texnik-iqtisodiy ko`rsatkishlarini yomonlashuvi bilan bog`liq.
Download 486.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling