Kasaba uyushmalari haqida Annotatsiya


Download 16.63 Kb.
Sana24.01.2023
Hajmi16.63 Kb.
#1115274
Bog'liq
Kasaba uyushmalari maqola



Kasaba uyushmalari haqida

Annotatsiya: Ushbu maqolada kasaba uyushmalarining faoliyati ,huquq va burchlari,majburiyatlari borasida fikrlar keltiriladi.Shuningdek,O`zbekistonda tashkil etilgan kasaba uyushmalari to`g`risidagi qonun, bu qonunining vazifalari,maqsadi haqidagi izohlar yoritiladi.
Kalit so`zlar: fuqaro,ixtiyoriylik,kasaba uyushmalari bo`linmasi,ustav,narx-navo indeksi,davlat ,11-noyabr.

Kasaba uyushmalari – fuqarolarning o`z faoliyati yoki o`qishi turi bo`yicha umumiy kasbiy manfaatlari bilan bog`liq bo`lgan,ularning mehnatga oid ,boshqa ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlarini ifodalash hamda himoya qilish maqsadida tuziladigan, o`z ustavi asosida faoliyat ko`rsatadigan ixtiyoriy jamoat birlashmasidir. Mehnatkash fuqarolarni jinsi, diniy eʼtiqodi, irqiy va milliy mansubliklaridan qatʼiy nazar barcha sohalarda ommaviy qamrab olinadigan jamoaviy tashkilotdir. Dastlab bu tashkilot 18-asr oxirida Gʻarbiy Yevropa mamlakatlari va AQShda oʻzaro yordam jamiyatlari sifatida paydo boʻlgan. Rivojlangan mamlakatlarda 19 asrda legallashdi. Kasaba uyushmalari xodimlarning mehnat sharoiti, ish haqi, turmush, madaniyat sohalardagi manfaatlarini himoya qilishga daʼvat etadi. Eng yirik xalqaro Kasaba uyushmalar markazlari: Jahon Kasaba uyushmasi federatsiyasi (1945-yil Parijda tuzilgan, 80 dan ortiq mamlakat milliy kasaba uyushma markazlarini birlashtiradi, kasaba uyushma umumiy aʼzolarining soni 20 asrning 90-y.larida 213 mln.dan ortiq boʻlgan), Xalqaro erkin kasaba uyushmalari konfederatsiyasi va Jahon mehnat konfederatsiyasi (1920-yil Vatikan yordamida Xalqaro xristian K.u. konfederatsiyasi nomi bilan tuzilgan, 14 mln.dan ortiq aʼzosi bor, qarorgohi Bryusselda).
O`zbekiston Respublikasida Qonunchilik palatasi tomonidan 2019-yil 6-dekabrdagi “Kasaba uyushmalari to`g`risida” gi qaror qabul qilingan bo`lib ,ushbu qonunning maqsadi fuqarolarning kasaba uyushmalariga birlashish huquqini amalga oshirish,shuningdek,kasaba uyushmalarini tuzish va ularning faoliyatini tashkil etish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. “Kasaba uyushmalari to`g`risida” gi O`zbekiston Respublikasining Qonuni loyihasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining bir guruh deputatlari tomonidan kasaba uyushmalarini tashkil etish va ularning faoliyati,fuqarolarning kasaba uyushmalariga birlashish huquqlarini ro`yobga chiqarish sohasidagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish maqsadida ishlab chiqilgan. Qonun loyihasini ishlab chiqishda uchta asosiy manbaga, ya`ni milliy qonunchilik va amaliyotga,xorijiy davlatlar tajribasiga hamda sohaga doir xalqaro huquqiy hujjatlarga tayanilgan.Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha islohotlar xalqimiz turmush darajasini oshirish,yanada farovonlikka erishish va kelajak poydevorini mustahkamlashdir.Bu jarayonda yuqorida izohlanayotgan kasaba uyushmalari ham muhim rol o`ynaydi. Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar mavjud: 1.Kasaba uyushmasi . 2.Boshlang`ich kasaba uyushmasi tashkiloti. 3. Kasaba uyushmalarining birlashmasi. 4. Kasaba uyushmasining bo`linmasi.
Kasaba uyushmasining asosi — boshlangʻich tashkilot boʻlib, kasaba uyushmasi aʼzolarining umumiy yigʻilishi uning oliy organidir. Mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolar,shuningdek, o`rta maxsus,kasb-hunar ta`limi,oliy ta`lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida ta`lim olayotgan o`n besh yoshga to`lgan shaxslar hech qanday tavofutsiz o`z tanloviga ko`ra va oldindan ruxsat olmay turib, ixtiyoriy kasaba uyushmalarini tuzish huquqiga ega. Boshlangʻich tashkilot kamida 3 aʼzosi boʻlgan joylarda tuziladi. Kundalik ishlarni olib borish uchun kasaba uyushmasining guruhlarida guruh tashkilotchisi, 15 tagacha aʼzoni birlashtirgan boshlangʻich tashkilotda tashkilotchi va uning oʻrinbosari, 15 va undan koʻp aʼzoni birlashtirgan boshlangʻich tashkilotda kasaba qoʻmitasi saylanadi.Kasaba uyushmalarining instituti faoliyatini tashkil etuvchi quyidagi maqsadli ijtimoiy yo`nalishlar ajratiladi: 1.Jamiyatning integratsiyasi ,ijtimoiy tinchlikka erishish.2.Sanoat demokratiyasini rivojlantirish orqali fuqarolik jamiyatini barpo etish.3.Farovonlik davlatini shakllantirishga yordam berish.4.Jamiyatning mehnat salohiyatini saqlash va rivojlantirish. 5.Rivojlanish bozor munosabatlari ,mehnat bozorining shakllanishi.6.Jamiyatda insonparvarlik qadriyatlari va rivojlangan mehnat axloqini qabul qilish.Kasaba uyushmalari faoliyatining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat: qonuniylik; ixtiyoriylik; kamsitishga yo`l qo`ymaslik; mustaqillik va o`zini o`zi boshqarish; teng huquqlilik; oshkoralik va ochiqlik.
Masalan,Qonuniylik prinsipi kasaba uyushmalari o`z faoliyatida O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga ,ushbu Qonunga va boshqa qonun hujjatlariga so`zsiz rioya etishi hamda ularni bajarishi shart.Ixtiyoriylik prinsipi esa fuqarolar o`z qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun o`z tanloviga ko`ra ixtiyoriy ravishda kasaba uyushmalarini tuzish,ularga a`zo bo`lish ,kasaba uyushmasi faoliyati bilan shug`ullanish va kasaba uyushmalariga a`zolikdan chiqish huquqiga ega.Oshkoralik va ochiqlik prinsipida esa kasaba uyushmalarining ,ular birlashmalarining faoliyati oshkora va ochiqligi nazarda tutiladi..Kasaba uyushmalari tomonidan qabul qilinadigan ustavlar va nizomlar ommaviy axborot vositalarida,Internet jahon axborot tarmog`ida ,shu jumladan, kasaba uyushmalarining rasmiy veb-saytlarida ,albatta, e`lon qilinishi lozim.
Kasaba uyushmalari ishlab chiqarish-tarmoq prinsipiga ko`ra tarmoqlar va hududlar darajasida tuzilishi mumkin. Kasaba uyushmalari o`z faoliyatida ijro etuvchi hokimiyat organlaridan mustaqil bo`lib,kasaba uyushmalari huquqlarining cheklanishiga yoki ularning ustav faoliyatini qonuniy amalga oshirilishiga to`sqinlik qilishga olib kelishi mumkin bo`lgan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari,mahalliy o`zini o`zi boshqarish organlari va ularning mansabdor shaxslarining kasaba uyushmalari faoliyatiga aralashish taqiqlanadi.(Kasaba uyushmalari to`g`risidagi qonunning 5-moddasi).Kasaba uyushmalari ,ularning uyushmalari o`z ustavlarini ,tuzilmalarini mustaqil ravishda ishlab chiqadi va tasdiqlaydi,o`z faoliyatini erkin va mustaqil tashkil etadi.Ushbu hujjatlar kasaba uyushmasining o`zida uning a`zolari va kasaba uyushma organlari bilan munosabatlarini tartibga soladi.Ular huquq manbalari emas,chunki bu jamoatchilik harakatidir.Shu boisdan kasaba uyushmalari teng huquqlardan foydalanadi.Kasaba uyushmalarining respublika va hududiy birlashmalari o`z vakolatlari doirasida xodimlarni ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan himoya qilish chora-tadbirlarini ishlab chiqishda,turmush darajasining asosiy mezonlarini,narx –navo indeksi o`zgarishiga qarab kompensatsiya to`lash miqdorlarini aniqlashda ishtirok etadi, tirikchilik uchun qonunda belgilangan zarur eng kam miqdorga hamda pensiyalar,stipendiyalar va nafaqalarning miqdoriga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.Kasaba uyushmalarining birlashmalari ushbu masalalar bo`yicha jamoa kelishuvlari tuzilishi mumkin. Iqtisodiy islohotlar va bozor munosabatlari sharoitida kasaba uyushmalarini tashkiliy jihatdan mustahkamlash, kuch va mablagʻlarni birlashtirishga ehtiyoj kuchaydi. Endilikda Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi oʻz faoliyatini ijtimoiy sherikchilik asosiga qurmoqda va hukumat, vazirliklar, idoralar, viloyat hokimliklari bilan ikki tomonlama hududiy va tarmoq bitimlari tuza boshladi. Mehnatga layoqatli aholini ish bilan taʼminlash, ishsizlikning oldini olish, mehnatkashlarga ijtimoiy xizmat koʻrsatish, mehnatkashlar va ularning oila aʼzolarini sogʻlomlashtirish masalalari bilan shugʻullanish Kasaba uyushmalari faoliyatining eng muhim yoʻnalishlari boʻlib qoldi. Oʻzbekistonda Kasaba uyushmalari aʼzolarining umumiy soni 6.730.545 kishini tashkil etadi. Prezidentimiz tomonidan 11-noyabr kunini “ Kasaba uyushmalari kuni” deb belgilash katta mamnuniyat bilan kutib olindi.O`zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining 2021-yil 20-oktabr ,417 sonli Ijroiya qo`mita qaroriga asosan “ 11-noyabr –“Kasaba uyushmalari kuni” munosabati bilan kasaba uyushmalarining jamiyatdagi nufuzini oshirishga munosib hissa qo`shib kelayotgan soha faollaridan bir guruhini O`zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan ta`sis etilgan “Kasaba uyushmalari kuniga 1 yil “ esdalik nishoni bilan taqdirlash belgilandi.Kasaba uyushmalari mamlakatdagi eng ommaviy va a`zolari soni ko`p bo`lgan jamoat tashkilotlaridan biri hisoblanadi.Bugungi kunda 14 ta sohaviy kasaba uyushmalari 32,4 mingdan ortiq boshlang`ich tashkilotlarga ega bo`lib,o`z safida 5,1 milliondan ortiq ishchi va mehnatkashlarni birlashtirgan.Xulosa qilib aytganda,bugun Yangi O`zbekiston jamiyatining rivoj topishida kasaba uyushmalari faoliyati ham muhim o`rin tutadi.Ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar rivojlanishida yetakchi pozitsiyada turadigan tashkilot hisoblanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar

1.”Kasaba uyushmalari to`g`risida” gi Qonun. O`RQ-588-son.06.12.2019.


2.”Kasaba uyushmalari,ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonuniga o`zgartirishlar kiritish haqida.06.10.2016.
3.Internet saytlari.
Download 16.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling