Kasaba uyushmasi mening hayotimda


Download 19.91 Kb.
Sana04.02.2023
Hajmi19.91 Kb.
#1163790
Bog'liq
ETvaPS. Tursinbayev A.A. Tab 100226


KASABA UYUSHMASI MENING HAYOTIMDA
Tursinbayev Akmaljon Adxam ogli
O‘zmetkombinat” AJ
Elektr tarmoqlari va podstansiyalar sexi,
Podstansiyalar xizmati muhandisi,
Bekobod sh.
E-mail:79602225568ak@gmail.com
Tel: (90) 921-51-97

Kasaba uyushmasi yomonroq yoki yaxshiroq bolishi
mumkin emas, u biz qanday bolsak oshandaydir.

Kombinat kasaba uyushmasi kelajagi haqida o‘ylaganimizda va gapirganimizda qanday savollar tug‘iladi? Vaqt pardasi ortida bizdan yana nimalar yashirilganligi haqida, biz bilishni shunchalik istagan narsalar, oldindan ko‘ra olish, nimaga ishonishni istashimiz haqida…


Men o‘zimga bir savol beraman: bugun bizga kasaba uyushmasi kerakmi? Javob, mening fikrimcha, faqat bitta bo‘lishi mumkin– ha, kerak! U nafaqat bo‘lishi kerak, balki zamon bilan hamnafas bo‘lishi, muvaffaqiyatlarimizdan quvonishi, gullab– yashnashi kerak! Agar biz muvaffaqiyatli bo‘lsak, bizning uyushmamiz, mehnat va ilhom ittifoqimiz muvaffaqiyatli bo‘ladi. Ehtimol, kimdir bu so‘zlarga shubha qilar, bu utopiya deb aytar. Hayotimizda shunchalik ko‘p qiyinchiliklarga duch kelsak, qanday farovonlik va muvaffaqiyat haqida gapirishimiz mumkin? Qiyinchiliklar ba‘zan odamlarni to‘xtatadigan, oldinga siljishlariga to‘sqinlik qiladigan to‘siqlardir. Hayot har doim ham javob topib bo‘lmaydigan yangi savollarni tug‘diradi. O‘zgaruvchan hayot sharoitlari oldida biz ham, kombinat kasaba uyushmasi ham o‘zgarishimiz kerak. Shuning uchun bugungi kunda bizning kasaba uyushmamiz qanday bo‘lishi kerakligini aniqlash juda muhimdir.
Bunda O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi tomonidan 2020 yil 23 noyabrda qabul qilingan qonunga muvofiq, mamlakatimizda ilk bor 11 noyabr– O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni sifatida nishonlanishi bejiz emas. Qonunning qabul qilinishi kasaba uyushmalari tashkilotlarini, eng avvalo, ma‘naviy qo‘llab– quvvatlash, ularning yanada samarali faoliyat yuritishni ta‘minlash, tashkilot fidoyi xodimlarini rag‘batlantirishga xizmat qiladi. Bu esa mehnatkashlar huquqlari himoya qilinishi yuzasidan jamoatchilik nazorati ta‘sirchanligini oshirishga zamin yaratadi. Zero, boshlang‘ich kasaba uyushma tashkiloti kasaba uyushmasi binosining poydevori hisoblanadi. U kasbiy manfaatlarga asoslangan ishchilarni ixtiyoriy birlashtirishning muhimligi va ahamiyatini tushunish uchun asosdir, shu sababli, uning barcha a‘zolari ushbu ahamiyatni his qilishlari juda muhim, shunda odamlar birlashishdan voz kechish va uyushmani tark etish istagi paydo bo‘lmaydi. Men ham Metallurglar safiga qo‘shilganimga ko‘p bo‘lmagan bo‘lsada, shu qisqa vaqt ichida ushbu katta oilaning chinakam a‘zosiga aylanib ulgurdim.
Bugungi kunga kelib kombinat birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi o‘z atrofida o‘n mingdan ziyod ishchi– xodimlarini birlashtirib, ularga munosib mehnat sharoitlarini yaratish, mehnatini muhofaza qilish, sog‘liqlarini saqlash, ijtimoiy– iqtisodiy qo‘llab quvvatlash, mehnatga oid huquq va manfaatlarini ifodalash hamda himoya qilishda har tomonlama yaqindan yordam berib, Yangi O‘zbekistonda yangicha mehnat munosabatlari shakllanishi va kombinatimiz ravnaqi yo‘lida munosib hissa qo‘shib kelmoqda. Inson qadri, huquq va manfaatlarini ta‘minlash barcha sohalarda biz uchun bosh maqsadga aylanayotgan hozirgi paytda hayotning o‘zi kasaba uyushmalari oldiga ham ulkan vazifalarni qo‘ymoqda. “Inson qadri uchun”, degan ulug‘vor g‘oya asosida joriy yilda ham kombinat kasaba uyushmasi tomonidan salmoqli ishlar, bajarildi.
Mehr– saxovat, muhtojlarga yordam berish, chorasizlarni qo‘llab– quvvatlash, nogiron va boquvchisini yo‘qotganlarga insonparvarlik yordamini ko‘rsatish xalqimizga xos azaliy qadriyatlardan hisoblanadi. Xayru saxovatning katta kichigi bo‘lmaydi. Saxovatpeshalik, muhtojlarga yordam qo‘lini cho‘zish savobli amallardan biridir.
Aholi ehtiyojmand qatlami holidan xabar olib, ularga saxovat va ko‘mak ko‘rsatishni o‘z burchi deb bilgan insonlar mehr– saxovatga yo‘g‘irilgan xayriya tadbirlarini o‘tkazishda faol ishtirok etmoqdalar.
Bu xayrli va savobli ishlarda “O‘zmetkombinat” AJ kasaba uyushmasining ko‘rsatayotgan yordamlari salmoqli bo‘lmoqda.
Xususan, uyushma Bekobod shaxar nogironlar jamiyatining ijtimoiy himoyaga muhtoj va imkoniyati cheklangan a‘zolariga yordam ko‘rsatib kelmoqda. Metallurgiya sohasida ishlab pensiyaga chiqqan faxriylarni ham ijtimoiy muxofaza qilish, sog‘liqlarini mustahkamlash uchun bir qator tadbirlar tashkil etilib, ularga imtiyozlar va qulayliklar yaratib berilmoqda.
Kelajakda ham kombinatimiz kasaba uyushmasi yarim yo‘lda to‘xtamasligi, yanada ulkan marralarni o‘z oldiga qoygan holda shaxdam qadamlar bilan, o‘z ishini sharaf kodeksi asosida quradigan kuchli boshlang‘ich tashkilot sifatida davom etishini istardim. Shundagina jamiyatimizda mehnat qonunchiligi buzilishi holatlarining oldi olinadi, hayotimizda ijtimoiy adolat yanada mustahkam qaror topadi.


Bir so‘z bilan aytganda, farovon hayotimizni va haq– huquqlarimizni ta‘minlashda kasaba uyushmasining oʻrni va ahamiyati beqiyosdir.



Download 19.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling