Kasallik va noto‘g‘ri ma'lumotlarga qarshi kurash


Download 0.8 Mb.
Sana03.11.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1742265
Bog'liq
Dildora hamshira






Kasallik va noto‘g‘ri ma'lumotlarga qarshi kurash
VPCh ga qarshi emlash hayot uchun xavfli bo‘lgan saraton kasalligidan himoya qilishda muhim ahamiyat kasb etishiga, bu hamda boshqa barcha vaksinalarning tibbiy foydalanishda tasdiqlangan xavfsizligiga qaramay, «emlashdan ikkilanish» holatlari hali ham mavjud. Vaksinani qabul qilishdan qo‘rqish shaxs, jamiyat va butun mamlakatlar uchun xavfli bo‘lgan noto‘g‘ri ma'lumotlar va mish-mishlarga asoslangan.
UNICEF va uning milliy hamkorlari ushbu kamchiliklarni bartaraf etishga butun kuch-g‘ayratini safarbar etadi. 

O‘zbekistonda odam papillomasi virusiga qarshi vaksinaning joriy qilinishi


O‘zbekistonda VPCh vaksinasining birinchi bosqichi natijalari


2019 yilning oktyabr' oyida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi odam papillomasi virusi (VPCh)ga qarshi vaksinani 9 yoshli qiz bolalar uchun joriy qildi. Ushbu vaksina Milliy immunizasiya taqvimidagi 13-vaksinadir.




Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining maʼlumotlariga koʻra, har yili dunyo boʻyicha 528 000 nafar ayol bachadon boʻyi saratoni kasalligi bilan kasallanib, ulardan 266 000 nafari nobud boʻlmoqda.


Oʻzbekistonda esa har yili 1660 nafar ayol bachadon boʻyni saratoni kasalligiga chalinayotgan boʻlsa, 608 nafar ayol vafot etmoqda.
Kasallikning profilaktikasi 9 yoshdagi qizlarni papilloma virusiga qarshi emlash hisoblanadi. Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra bachadon boʻyni saratoni Oʻzbekistonda barcha yoshdagi ayollar oʻrtasida koʻkrak bezi saratonidan keyingi oʻrinda turadigan va eng koʻp tarqalgan saraton kasaligi hisoblanadi.



Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling