Kasalxona xonalari mikro iqlimini gigienik baholash
Download 26.18 Kb.
|
Kasalxona xonalari mikro iqlimini gigienik baholash
- Bu sahifa navigatsiya:
- Havo haroratini
Kasalxona xonalari mikro iqlimini gigienik baholash Havo muhiti odam organizmining salomatlik holati va funksional holatlarini aniqlab beradigan muhim omillar qatoriga kiradi. Havo muhitining odam organizmiga ta’siri homiladorlik davridan boshlanib va keyinchalik butun umri mobaynida davom etadi. Shuning uchun harqanday vaziyatlarda ham havo muhitining odam organizmiga eng muvofiq ta’sir etishini ta’minlash uchun shu muhitning eng optimal yoki odam organizmi uchun uzoq muddat davomida ta’sir yettirilganda ham salbiy oqibatlarga olib kelmaydigan befarq parametrlarda bo’lishiga erishish kerak.Fiziologik va sanitar ahamiyati nuqtai nazardan havoning asosiy fi-zikaviy ko‘rsatkichlari quyidagilar hisoblanadi: harorati, namligi, havoning harakat tezligi va yo‘nalishi, atmosfera bosimi, havoning elektrlanish holati. Havoning harorati namligi va harakati tezligi berk xonalarda boshqarsa bo‘ladigan omillar hisoblanadi; bu omillarning berk xonalardagi yig‘indisi shu xonaning mikroiqlimini ta’riflaydi.Ayrim mualliflar mikroiqlim omillari qatoriga atmosfera bosimini ham kiritadilar. Ammo, germetik berkilmaydigan xonalarda havoning atmosfera bosimi huddi tashqaridagidek boladi va bunday sharoitda uni boshqarish mumkin emas. Shuning uchun atmosfera bosimining qiymatini meteolabil odamlar organizmiga ta’siri nuqtai nazardan hamda havoning absolyut namligini hisoblashda atmosfera bosimi qiymatini hisobgaolish lozim bo‘ladi. Mikroiqlim omillari organizmga muntazam ta’sirko‘rsatuvchi omillar qatoriga kiradi. Ular organizmning termoregulyatsiyasi uchun katta ahamiyatga ega, chunki organizmda issiqlikning uzatilish jadalligini o‘zgartirish xususiyatiga ega va ma’lum darajada issiqlikning hosil bolishiga ta’sir ko‘rsatadi. Bundan tashqari, mikroiqlimomillarining nomuvofiq parametrlari juda ko‘p organlar va sistemalarining funksional holatini o‘zgartirish xususiyatiga ega: yurak qon tomirsistemasi, MNS, oshqozon ichak yo’li, endokrin sistemasi. Mikroiqlimomillari ayniqsa bemor organizmga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi, chunkiturli kasalliklarda organizmdagi organlar va sistemalaming funksionalholati o‘zgargan boiib qoladi. Bundan tashqari, mikroiqlimning muhimbir omili-havoning harakati tezligi katta sanitar ahamiyatga egadir.Xonalardagi havoning harakati tezligi havoning almashinishiga ta’sirko‘rsatadi, demak kasalxona xonalari havosining kimyoviy bakteriologik tozaligini belgilab beradi.Kasalxona xonalari mikroiqlimining gigiyenik me’yorlari SanQvaM0292-11 “Davolash profilaktika muassasalarini loyihalash, qurish va undan foydalanishning sanitar me’yorlari va qoidalarida” keltirilgan. Bu hujjatda ko‘rsatilishicha talab etiladigan harorat parametrlari xonalarning vazifalariga muvofiq o‘zgarishi mumkinligi, havoning nisbiy nam-169ligini optimal qiymati 40-60 %, harakati tezligi esa-0,12-0,3 m/sekundni tashkil etishi kerak. Shu bilan bir qatorda shuni nazarda tutish kerakki,xonadagi havo haroratini hisobga olish xonaning harorat tartibini to‘liq ta’riflamaydi. Bunday ta’rif berish uchun xonaning harorat tartibini belgilovchi ko‘rsatkichlar - o‘rtacha harorat, vertikal va gorizontal yo‘nalishdagi harorat parametrlarini aniqlash talab etiladi. Katta yoshdagiodam organizmi uchun xonadagi o‘rtacha havo harorati poldan 1,5m balandlikda, bolalar xonalarida 0,8-lm balandlikda aniqlanadi; o‘lchashlarxonaning diagonali bo‘yicha uch nuqtada oichanib, so‘ngra o‘rtachaharorat hisoblanadi. Vertikal yo‘nalishdagi harorat gradiyenti poldan 10 va llO sm balandlikda o‘lchanib, vertikal yo‘nalish bo‘yicha gradiyentnita’riflaydi va uning qiymati 2,5°C dan oshmasligi kerak. Agar harorat farqi bu ko‘rsatkichdan ortib ketsa, oyoqlar sovushi va shamollash holatlarini keltirib chiqarishi mumkin. Gorizontal yo‘nalishdagi harorat gradiyentini aniqlash uchun haroratni o‘lchash poldan 1,5 m balandlikdaikki nuqtada-tashqi va ichki devorlardan lm tashlanib o‘lchanadi. Gorizontal yo‘nalish bo‘yicha gradiyent 1,5°C oshmasligi kerak, aks holdadiskomfort kuzatilib, nurlanish orqali organizmdan issiqlik uzatilishortib ketadi. Havo haroratini o‘lchash simobli va spirtli termometrlar bilan bajariladi, ayrim hollarda havo haroratining dinamikada o‘zgarishini aniqlash uchun yozib boruvchi asbob-termografdan foydalanish mumkin. Havoning namligi havodagi suv bugiarining miqdorigabogiiq boiadi.Namlikning bir necha turlari mavjud: mutloq, nisbiy, maksimalnamlik. Namlikning gigiyenik me’yori foizlarda beriladi ya’ni nisbiy namlikning olchov birligida ifodalanadi. Aspiratsion psixrometrdan foydalanganda “ho‘l” termometrning rezervuarigao‘ralgan doka matoni distillangan suv bilanhoilash talab etiladi, so‘ngra asbobningventilyatorini buraladi, psixrometr xonaningo‘rtasida shtativga osib qo‘yiladi. 7-8daqiqadan so‘ng asbob ko‘rsatkichini yozib olinadi va hisoblash orqali mutloq namliknihisoblab topish mumkin; aytish lozimki,aspiratsion psixrometrdan foydalanib aniqlashda, olingan natijalarga asoslanib,mutloq namlikni psixrometrik jadval bo‘yicha hisoblab topiladi. 1. Mutloq namlikni hisoblash quyidagi formula asosida topiladi: Download 26.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling