Kasalxonaga kelgan bemor bolalaming ota-onasidan anamnez yig‘iladi


Download 14.97 Kb.
Sana26.03.2023
Hajmi14.97 Kb.
#1298460
Bog'liq
Kasalxona gigiyenasi


Kasalxonaga kelgan bemor bolalaming ota-onasidan anamnez yig‘iladi.
Bundan maqsad yuqumli bemor bolalarga yaqin bo‘lgan-bo‘lm.aganini
aniqlashdir.
Yuqumli kasalligi bor bemor bolalar SESi dan ma’lumotnoma olib kelishi
kerak. Shunga qarab bemomi qaysi bo‘limga yotqizish masalasi hal qilinadi.
Yuqumli kasalga yaqin bo‘lgan bola tashxisida gumon bo‘lsa, boksga yoki
izolyatorga yotqiziladi.
Yuqumli kasalliklar kasalxonalarida alohida eshikdan kiradigan maxsus
bokslar quriladi. Kasalxonaning qabulxonasida bemomi sanitariya ko‘ruv xonasi
(sanpropusknik)dan o‘tkaziladi. Yuvintirib, kasalxona kiyimi beriladi va
davolash uchun tegishli bo‘limlarga yuboriladi.
Kasalxonalarga yuqumli kasalliklar tarqalmasligi uchun palatalami 3-4 marta
(dezinfeksiyalovchi suyuqlikka) namlangan latta bilan artish, chang tortuvchi
moslamalar yordamida havoni yangilash, palatalar havosini BUV lampalari
bilan bir kunda bir soatdan 3-4 marta nurlantirish tavsiya etiladi.
Zarur lampalar pol sathiga (36 vk/mg2) qarab aniqlanadi. Shipga yoki
devorlarga bakteritsid lampalar o‘matilsa, palata havosi sterillanadi.
Operatsiya vaqtida ekranlangan lampadan tushadigan ultrabinafsha nur
(ultrabinafsha nur xodimlarga salbiy ta’sir qilmasligi uchun) operatsiya xonasi
havosini sterillaydi.
Har 7-10 kunda bemor ich kiyimini almashtirish bilan birga gigiyenik
vannada cho‘milishi kerak.
Yuqumli kasalliklar kasalxonasi ichida kasallik tarqalmasligi uchun
ko‘riladigan choralarga quyidagilar kiradi:
- kasalxonani shinam qilib qurish;
- sanitariya-texnika tadbirlari, zina va lift xonalari (ifloslangan) havo
oqimini bir palata bo‘limidan ikkinchisiga, dahlizdan palataga va aksincha
yo'nalishiga chek qo'yish;
- epidemiyaga qarshi kurashishda xizmatchilar va bemorlaming sanitariya
madaniyatini oshirish;
- kasalxonaning ichida yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olish maqsadida
dezinfeksiya, sterilizatsiya (fizikaviy va kimyoviy) usullarini keng qo‘llash.
Kasalxonada yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olish choralaridan
biri bemorlar va xodimlarga profilaktika tadbirlarini, faol va nofaol
immunizatsiya (emlash) o‘tkazish hisoblanadi.
Davolash-profilaktika muassasalari, yuqorida aytganimizdek (San Pil N
0054-96), amaldagi talablar asosida qurilishi lozim.
Kasalxona ovqati. Parhez ovqatlar me’da-ichak kasalliklarida, qandli
diabetda va qator boshqa kasalliklarda asosiy davo vositasi hisoblanadi. Bemorlik
davrida ko‘pincha ishtaha pasayib ketadi. Shuning uchun kasalxona
bemorlaming energetik xarajatini qoplaydigan, hajm jihatidan, sifat jihatidan
talabga javob beradigan xilma-xil ovqatlar bilan ta’minlashga alohida ahamiyat
berish zarur. Parhez ovqatlar bemoming holatiga qarab tavsiya etiladi. Parhez
raqamlari 0 dan 15 gacha, ba’zi parhezlar lkki turga u yoki bu darajada qat’iy
parhezga ega bo‘ladi.
Har safar parhez buyurishda ovqatning kaloriyasiga, ovqat moddalari
tarkibiga ahamiyat beriladi. Mahsulotlami kimyoviy va mexanik ta’sirlardan
saqlaydigan 1-A parhez kaloriyasi 2100 kkalga yaqin bo‘lib, tarkibida 80-100
g oqsil (70% hayvon oqsili), 80-90 g yog* (25 g o‘simlik moyi), 200 g uglevod
bo ‘ladi, 15-parhez (umumiy stol) kaloriyaliligi 2700-3000,80-1001 oqsil (55%
hayvonniki), 80-100 g yog* (20 g o'simlik moyi), 400-450 g uglevod saqlaydi.
Yurak kasalliklari, gipertoniya kasalligi va boshqa kasalliklarda bemorlarga
ko‘pincha 5-6 mahal ovqatlanish tavsiya etiladi.
Parhez taomlar shifokoming maxsus kuzatuvida tayyorlanadi. Unchalik
katta bo‘lmagan kasalxonalarda oziq-ovqat blokiga parhez bo‘yicha hamshira,
yirik ka-salxonalarda esa ovqatlanish texnologiyasi bo‘yicha mutaxassis
boshchilik qiladi. Parhez hamshirasi katta oshpaz ishtirokida 7 kunga taomnoma
tuzadi, ovqatning kimyoviy tarkibini va kaloriyasini hisoblab chiqadi. Bundan
tashqari, u oziq-ovqat blokining sanitariya holati va xodimlaming salomatligi,
ovqat tayyorlashning texnologik jarayonini kuzatadi, taomlami vitamin S bilan
to‘yintiradi, ovqatni tarqatishdan oldin sifatini, miqdorini aniqlaydi, ovqatni
bo‘limlarga talabnomalarga binoan berilishini nazorat qiladi. Omborxonaga
olib kelingan mahsulotlar sifatini tekshiradi. Tez buziladigan mahsulotning
iste’mol qilish muddati shahodatnomaga ko‘ra o‘tib ketgan bo‘lsa, qabul
qilinmaydi.
Pishgan ovqatlarni bemorlarga berishdan oldin navbatchi shifokor oshxona
mudiri bilan sinama oladi, ovqatning ta’mini, haroratini va hajmini aniqlaydi.
Pishgan ovqat haqida ma’lumotlami brokeraj daftariga (ovqatni bemorlarga
berish mumkinligini) yozadi va hokazo.
Oziq-ovqat bloki odatda asosiy bunoga qo‘shimcha qurilgan xonalarga,
yaxshisi, asosiy buno bilan tunnel yordamida tutashtirilgan alohida binoga
joylashgani ma’qul. Kasalxonalardagi oziq-ovqat bloki, asosiy xonalaming
soni ilgari bayon etilgan umumiy ovqatlanish korxonalaridagi kabi bo‘ladi.
Pishgan ovqatdan vaqti-vaqti bilan oshxonada (yoki bo'limda) sinama olib,
sanitariya-epidemiologiya stansiyasi laboratoriyasida kimyoviy tarkibi va
kaloriyasi, masalliqlar me’yori va boshqalar tekshiriladi. Laboratoriya
tekshiruviga 5 ta alohida taqsimdan o‘rtacha miqdorli sinama olinadi.

Kasalxonada suv ta’minoti yetarli bo‘lishi kerak. Yirik kasalxonalarda bir


o‘ringa sutkasiga 250-400 litr va bir ambulator bemorga qariyb 10 litr suv
sarflanadi. Unchalik yirik bo‘lmagan kasalxonalar uchun eng kam. zarur suv
miqdori har bir o‘ringa 100-150 litr bo‘ladi. Agar kasalxonani kommunal
vodoprovodga ulab bo‘lmasa, bu holda mahalliy vodoprovod qurish kerak.
Kasalxona oqava suvlari va chiqindilarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqarib
yuborish maqsadga muvofiq emas.
Kichkinaroq kasalxonalarda oqava suvlami tozalash uchun yer osti suzgicn
maydonchalaridan foydalanish mumkin. Yirikroq kasalxonalarda oqava suvlarini
albatta xlorlash bilan birga sun’iy tozalash usullari qo‘llaniladi.
Yuqumli kasalliklar bo‘limlarining oqava suvlari umumiy kanalizatsiyaga
oqizilguniga qadar maxsus inshootlarda zararsizlantirilishi lozim. Ichak
infektsiyalarida bemorlarning ajratmalarini kanalizatsiyaga tashlashdan oldin
tuvakda dezinfeksiya qilinishi lozim. 1 litr chiqindiga 0,5 litr miqdoridagi
20% li xlorli ohak aralashmasini solib, 2 soat qo‘yib qo‘yiladi. Yuqumli
bo‘limlar, yara bog‘lash xonasi va jarrohlik bo‘limidan chiqadigan qattiq
chiqindilami axlat yoqiladigan pechkada yoqish kerak. Amaliyotda olib
tashlangan a’zolar kuydiriladi yoki ko‘mib tashlanadi.
Yuqumli bo‘lmagan bo‘limlardan chiqqan oziq-ovqat chiqindilarini mollarga
berishga ruxsat etiladi. Yuqumli kasalliklar bo'limlarining oziq-ovqat
chiqindilariga dezinfeksiya qiladigan eritma sepilgandan so‘ng ko‘miladi.
Kasalxonani suv bilan markazdan yoki nur bilan isitgan yaxshi. Yirik
kasabconalar havosini tozalash maqsadida tortadigan mexanik shamollatgichdan,
kichik kasalxonalarda esa asosan tabiiy ventilyatsiyani kuchaytiradigan
vositalardan foydalaniladi. t
So‘nggi yillarda havoni tozalash maqsadida konditsionerlar ко p
qo‘llanilmoqda (jarrohlik bloki, reanimatsiya bo‘limi va boshqalar).
Kirxona va dezinfeksiya bo‘limi. Kasalxonalardagi kirxonalaming quwatim
hisoblashda umumiy nusxadagi kasalxonada bitta kasalxona о rniga kuniga
taxminan 2 kg ich kiyim va oqliklar sarflanishiga asoslaniladi. Hozirgi vaqtda
shaharlardagi hamma kasalxonalar uchun bitta kirxona qurish mo‘ljallanmoqda.
Kirxonaning asosiy xonalari kir kiyimlarni qabul qilish, ajratish xonasi,
yuvish xonasi, quritish-dazmollash xonasi, kiyimlarni taxlash, ajratish va tikish chatish xonasi, ulami saqlash va tekshirish xonasi.

Korxonaning dezinfeksiya bo‘limi bir-biridan ajratilgan ikkita: kir kiyimlar va


toza kiyimlar bo‘linmasidan iborat bo‘ladi. Yuqumli kasalliklar bo'limidan
keltirilgan kir kiyimlar dezinfeksiya bo‘limidagi (kirxonani kir yuvish xonasidan
ajratib turadigan devorga o'matilgan) dezinfeksiya qiluvchi eritmaga bo‘ktmb
qo‘yiladi. Dezinfeksiyadan so‘ng kir yuvish xonasiga tushirilib, odatdagicha
yuviladi. ,
Yuqumli kasalliklar bo‘limlaridagi bemorlarning, ust-boshi, adyol va
to'shaklari ham dezinfeksiya bo‘limida bug* yoki bug‘-formalmli kameralarda
dezinfeksiya qilinadi, so‘ngra toza kiyimlar tomoniga o‘tkaziladi.
Download 14.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling