Kasanachilik


Download 12.27 Kb.
Sana20.06.2023
Hajmi12.27 Kb.
#1637189
Bog'liq
Kasanachilik


Kasanachilik — hunarmandlarning mehnat shartnomalari asosida yollanib oʻz uyida ishlashi, yashash joyida i.ch. yoki xizmat koʻrsatish. K.da maxsus tashkilot va korxonalar bilan kelishuv, shartnoma asosida buyurtmalar bajariladi. Jamiyatda mehnat resurslaridan samarali foydalanish, qushimcha daromad topish, ish vaqtining qatʼiy belgilanmaganligi, maxsus binolarga ehtiyoj boʻlmasligi va b. K.ning iqtisodiy samaradorligini taʼminlaydi. Rivojlangan mamlakatlarda K. keng koʻllaniladi. AQShda K. usulida ishlaydiganlar soni 5mln. kishidan ortiq (2000). Yaponiyada hatto elektrotexnika, elektronika, turizm kabi tarmoqlarda ham keng qoʻllaniladi. K.da mehnat faoliyati toʻla boʻlmagan ish kuni turiga kiradi.
Oiladan, uy ishidan ajralib korxona, tashkilotlarda ishlash imkoniyati bulmaganlar va yordamchi daromadga muhtoj shaxslar uchun K. juda qulay hisoblanadi. K. oʻziga xos tashkil etishni talab etadi. Xom ashyo, materiallarni yetkazib berish, tayyor-mahsulotlarni olib ketish, hisob-kitobning belgilangan vaqtda olib borilishi zarur shart hisoblanadi.
Download 12.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling