Maxsus talablar- jismoniy barkamollik, ranglarni yaxshi ajrata olish,ko‘rish qobiliyatining rivojlanishi,qo‘llar harakatini yaxshi muvofiqlashtirish, dastgohlar bilan bog‘liq barcha kasblar, metallarning xossalarini bilish va bilimini amalda qo‘llash, buyumlarni avtomatga tez o‘rnatish va talabga muvofiq tayyorlash, tayyorlangan buyumlar sifatini muhokama qilish, pribor va datchiklardan ma’lumotlarni olish hamda zarur tadbirlarni qo‘llash, avtomatchi kasblari.
|
Psixofiziologik talablar- mantiqiy fikrlash qobiliyatining rivojlanishi, shakllarni eslash qobiliyatining rivojlanishi, diqqatni to‘plash qobiliyatining rivojlanishi, diqqatni ko‘chirish qobiliyati, vaziyatni tez anglash va qarorga kelish, maqsadga erishishining barcha omillaridan foydalanish, avtomatchi kasblari, texnik fikrlash qobiliyatining rivojlanishi, mantiqiy fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lish, fazoviy tasavvurning rivojlanishi, raqam va shakllarni eslash qobiliyatining rivojlanishi, diqqat va kuzatuvchilikning rivojlanishi, dastgoh bilan bog‘liq barcha kasblar.
|
Kasbiy talablar- aniq fanlar bo‘yicha chuqur bilim va malakalarga ega bo‘lish, mashina va uskunalarning tuzilishini, kinetik sxemasini bilish, ularni to‘g‘ri boshqarish, pribor, asbob va moslamalarning vazifasini, tuzilishini va qo‘llanishini bilish, eskiz va chizmalarni yaxshi o‘qish va ishlatish, eskiz, chizma va boshqa texnologik xujjatlardan unumli foydalana olish, buyum tayyorlashning rejimlarini va sarflanadigan vaqtni xisoblay olish, asboblarni charhlash, sozlash va takomillashtirishni bilish.
|