Kasb psixologiyasi tadqiqot metodlari


Download 0.92 Mb.
bet3/13
Sana09.01.2022
Hajmi0.92 Mb.
#265679
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
KASB PSIXOLOGIYASI

Kasbiy psixologiyaning metodlarini tahlil etib, tadqiqiy metodlarni tasniflashning asosi sifatida muhim jihatlarini ajratib olish kerak. Bu masalalar 4 xil shaklga ega: tasvirlash, oʻlchash, tushuntirish va psixik hodisani shakllantirishdan iborat. Shunga muvofiq metodlarning 4 ta guruhi taklif etiladi: noeksperimental (klinik), diagnostik, eksperimental va shakllantiruvchi.

  • 1 guruhi - shaxsning kasbiy shakllanishi bu murakkab, ba‘zida esa dramatik jarayonning psixologik xususiyatlarini tasvirlashdan iborat. Bu jarayonni tadqiq etish uchun longityud, savol-javob, psixobiografiya, tanqidiy voqealar metodlarini qoʻllash toʻgʻri boʻladi. Bu metodlar guruhini genetik metodlarga kiritishi mumkin.
  • 2 guruhi - kasblarning psixologik tavsifi, kasbning psixologik mazmunini tadqiq etish, faoliyat mahsuldorligini oʻrganish, mehnat metodi, hujjatlarni oʻrganish, kuzatilayotganlarni savol-javob orqali oʻrganish metodi, shuningdek, professiografiya yoʻli bilan amalga oshirilishi mumkin. Bu uslublar guruhi praksimmetrik uslublarga tegishlidir.
  • 3 guruhi - muhim kasbiy koʻrsatkich faoliyat va shaxs belgilarini oʻlchash. Bu tadqiqiy masalani hal qilish uchun maxsus qobiliyat testlari, muvaffaqiyat va ta‘lim testlari qoʻllaniladi. Bu psixometrik usullar guruhidir.
  • 4 guruhi - kasbiy shakllanishning xususiyatlarini, qonuniyat va mexanizmlarini tushuntirishdan iborat. Bu vazifani bajarish usullari eksperimental usullardir: ya‘ni labaratoriya, modellashtiruvchi va tabiiy eksperimentlardir.
  • 5 guruh - usullari tadqiqiy ma‘lumotlarga miqdoriy ishlov berishga yoʻnaltirilgan. Ularga matematik ishlov berish usullari kiradi: ya‘ni korrelyasion, faktorli tahlil va boshqalar

Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling