Kasb tanlashni olib borish. Kasb tanlashda qobilyatning ahamiyati


Qaror faqat mustaqil qabul qilinadi


Download 164.58 Kb.
bet7/14
Sana03.11.2023
Hajmi164.58 Kb.
#1744624
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
Kasb hunar egallashda inson salomatligiga qo’yilgan talablar

Qaror faqat mustaqil qabul qilinadi
Ota-ona tomonidan beriladigan maslahatlar foydali, lekin ular yakuniy qaror bo‘lmasligi, yordamchi ta'sirga ega bo‘lishi maqsadga muvofiq.
Yoki ona/ota o‘z yoshligida egallay olmagan, armon bo‘lib qolgan kasbga farzandini yo‘naltirishi ham noto‘g‘ri. Farzand – alohida shaxs va uning o‘z istaklari bor. Bu istaklar avvalroq armon bo‘lgan xohishlar uchun qurbon bo‘lmasligi kerak.
Oilaviy an'analarni davom ettirish majburiy emas
Farzand onasi yoki otasining kasbini davom ettirmoqchi bo‘lsa, bu juda yaxshi. Lekin bunga uni majburlash noto‘g‘ri. Otaning shu kasbda o‘z baxti va muvaffaqiyatini topgani o‘g‘ilda ham xuddi shu ssenariy takrorlanadi degani emas.
Inson yoqtirmagan ishi bilan butun hayot davomida shug‘ullansa, o‘zini baxsiz his qiladi.

1.2 Kasbga yaroqlilik, yaroqsizlik
Kasb tanlashga inson hayotidagi eng muhim masaladir. Zero, real turmushda uning biror kasb – hunarni mukammal egallab, yetuk mutaxassis bo‘lishi zaruriy holdir. Albatta, insonning kasb – hunar bilan bog‘liq bolalikdagi his tuyg‘ulari, orzu – hayollari yoshga xos psixologik xususiyat bilan bog‘liq. Bolalikdagi kasb – hunar yoki mutaxassislik uchun zarur bilim, shaxs sifatlari va boshqa talablar e’tiborga olinmaydi. Inson orzularining reallikka aylanishi esa unda mas’uliyat va javobgarlik tuyg‘usini paydo qiladi.
Har qalay, o‘smirlik yoshida kasb tanlash yetakchi faoliyat sanaladi. O’quvchi – yoshlar ertangi taqdiri haqida o‘ylashga majbur. Chunki ular oldida jiddiy hayotiy masala - kasb – hunar tanlash muammosi turadi. Ular kasb – hunar sohalarining ahamiyatli jihatlariga alohida e’tibor qarata boshlaydilar. Shu bois ham, ularning yoshlik davridagi o‘zgarishlar kasb tanlash va kasbning ahamiyatiga chuqur nazar solishga olib keladi. Bu esa ularning hayotda o‘z o‘rnini topish majburiyatini ko‘ndalang qo‘yadi. Kasb tanlash va unga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni bir necha turga ajratish mumkin. Ko‘pincha kasb tanlash motivlari shakllanishi quyidagilarga bog‘liqligi e’tirof etiladi:

  • ota – ona (da’vati, kasb – kori, istak - xohishi);

  • o‘qituvchi;

  • o‘rtoqlar;

  • tasodifiy tanlash;

  • kasb – hunar to‘g‘risida to‘liq ma’lumotga egalik;

  • kasbga qiziqish;

  • mashg‘ur kishilar;

  • kasbning jamiyatdagi nufuzi;

  • kasb egalariga xos xususiyatlarni o‘zida kuzatish va boshqalar.

“Xo‘sh, qaysi bir motiv asosida o‘smir yoki o‘spirin tanlangan kasb ancha samarali egallanadi” degan savol tug‘ilishi tabiiy. Chunki bugungi kunda kasb – hunarkollejlari va boshqa ta’lim muassasalarida mutaxassis bo‘lish uchun tahsil olayotgan ko‘plab yoshlarning biror kasb – hunarni mukammal egallash borasida aniq maqsadi yo‘q. Holbuki, aniq maqsad faoliyatning ijobiy yakunlanishi mezonlaridan biri. Aniq maqsad faoliyat yo‘nalishining to‘g‘riligini ko‘rsatadi. Aniq maqsad yoshlarni hayotda adashishdan ogoh etadi. Maqsad asosida faoliyat yuritganlar maqsadsizlarga qaraganda ancha yaxshi hayot kechirganini ko‘rish mumkin.
Demak, kasb tanlash oddiy hoyi havasni emas, balki aniq maqsad va ongli faoliyatni talab etadi. Bu masala shaxsning ijtimoiy o‘zi – o‘zini belgilashi. Demak, jamiyat oldidagi mas’uliyatini his qilish muammosiga borib taqaladi. Chunki shaxs o‘zining individual ehtiyojlari bilan ijtimoiy talablar o‘rtasidagi muvofiqlikni ta’minlay olishi lozim. Ko‘pincha shaxs, ayniqsa, o‘quv – yoshlar ijtimoiy o‘z – o‘zini belgilay olmasligi bois hayotda biror mavqyega erisha olmaydi.
O’spirin – yoshlar kasb egallashda kasb – hunar va mutaxassislikning ijtimoiy nufuziga alohida e’tibor qaratadi. Natijada kasblar o‘rtasida keskin tafovutlashuv kelib chiqadi. Aslida har bir kasb – hunar va mutaxassislikning ijtimoiy ahamiyati mavjud. Etikdo‘z yoki tikuvchining jamiyatdagi o‘rni hisobchi yoki sotuvchinikidan kam emas. Aytaylik, nunoqroq tadbirkordan iqtidorli tikuvchi ko‘proq daromad topishi mumkin.
Kasb to‘g‘risidagi tassavvurlar bilan real imkoniyatning muvofiq kelishi asosiy shartlardan biridir. Ba’zi o‘spirinlarning kasb to‘g‘risidagi tasavvurlari real imkoniyatidan ancha yiroq bo‘ladi. Bu ziddiyat salbiy natijaga olib keladi. Aksincha, imkoniyat real shart – sharoitga mos kelsa ijobiy natijaga erishiladi.
Masalan, hisobchi bo‘lish uchun bu soha oid bilimlarni o‘zlashtirish va ularni amaliyotga qo‘llay olish borasida yetarlicha qobiliyat va sabr – toqatni talab qiladi. Soatlab bir joyda o‘tirib ish bajarishi uchun insondan katta iroda bo‘lishi kerak. Faqat kasb to‘g‘risidagi tasavvurlarning o‘zigina mutaxassislik bo‘lib kamol topish uchun yetarli omil bo‘la olmaydi. Buni o‘quvchi – yoshlar ongiga muntazam singdirib borish lozim. Yuqorida bildirilgan fikr – mulohazalarga asoslanib aytish mumkinki, mutaxassis sifatida kamol topish uchun qator masalalarga e’tibor qaratilishi zarur:

  • kasbni ongli ravishda tanlash;

  • kasb egallash uchun aniq maqsad qo‘yish;

  • kasb to‘g‘risidagi tasavvurlarning real hayotdan uzoq emasligi;

  • egallanadigan kasbning ijobiy jihatlari bilan bir qatorda amaliy faoliyatda duch kelinadigan qiyinchiliklar xaqida tasavvur qila bilish;

  • kasbiy motivlarni chet omillar ta’sirida emas, shaxs ehtiyojidan kelib chiqqan holda shakllantirish;

  • kasbning ijtimoiy nufuzi va qadr – qimmatini yaxshi bilish;

  • mutaxassis sifatida kamol topish uzoq vaqtni talab etishini anglash va boshqalar.

Ushbu masalalarga e’tibor berish kasb egallamoqchi bo‘lgan har bir o‘spirin, qolaversa, o‘qituvchi va ota – ona uchun o‘ta muhim hisoblanadi.
“O‘rganish” tushunchasida xulqning yangi turlarini o‘zlashtirish yoki mavjud bor xulqning o‘zgarishini tushuniladi. O‘rganish-bu shaxslarning tabiiy atrof-muhit bilan munosabati va hosil bo‘lgan tajriba orqali yangi bilim, ko‘nikma va malakalarning shakllanishidir. O‘rganish shunday jarayonki, unda o‘quvchi tabiiy atrof-muhit bilan munosabatlari va bunda hosil bo‘lgan tajriba orqali xulqini o‘zgartiradi. O‘rganish orqali o‘quvchi idrokka, o‘z fikriga, bilim, ko‘nikmalariga va mahoratga erishadi. YAngi xulq shakllari va natijalar muvaffaqiyatli o‘rganishning aniq dalillaridir. O‘rganishning quyidagi omillari mavjud: - taqlid orqali;
odat tufayli; - muvaffaqiyat tufayli; - urinish, xato va muvaffaqiyat tufayli; - anglash, tushunib etish orqali. 1. Taqlid orqali o‘rganish. Taqlid boshqa o‘qituvchilarning xulqiy namunalarini qabul qilish va xuddi o‘shanday taqlid qilishdir. Bu jarayon ongli yoki ongsiz ravishda o‘tishi mumkin. Bu o‘rganish turi oddiy harakatlarni o‘rganishda eng samarali hisoblanadi. Bu o‘rganish turini kundalik hayotda ham kuzatish mumkin. Masalan, bolalar ota-onalariga yoki yoshlar o‘z iftixorlariga taqlid qilishlari mumkin. 2. Odat tufayli. Bu o‘rganish turi shartli refleks yoki klassik shakllantirish orqali o‘rganish sifatida tavsiflanadi va rus psixolog olimi I. Pavlovning tadqiqotlariga asoslanadi. SHartli reaksiyalar odatlar hosil bo‘lishida, baxtsiz hodisalarning oldini olishga qaratilgan xulq turlari paydo bo‘lishida katta ahamiyatga ega. 3. Muvaffaqiyat tufayli. O‘rganishning bu usuli operativ shartlashtirish deb tavsiflanadi va shunday jarayonni nazarda tutadiki, bunda shartli reaksiyalarni rejali ravishda o‘rganish qo‘lga kiritilgan o‘quv yutuqlari yordamida amalga oshiriladi. O‘rganishning bu usuli amerikalik psixologlar Skinner va Torndauk tadqiqotlariga qarashlidir. O‘qituvchining mustaqil o‘rganish va ishlash tomon qoygan har bir qadami kuzatiladi, agar u o‘zlashtirishda o‘rta darajadan yuqori natijaga erishsa, bu maqtov bilan tan olinadi. Maqtov shartli qo‘zg‘atuvchi hisoblanadi. 4. Urinish, xato qilish va muvaffaqiyat tufayli o‘rganish. Bu usul operativ shartlashtirish bilan bog‘liq, ammo bu erda muvaffaqiyat hissi shart emas. Bu usul dastlab tushunarsiz murakkab vaziyat bilan bog‘liq. Bunda “urinishlar” orqali murakkab vaziyat hal qilinishi kerak (masalan, notanish kalitlar yig‘imida to‘g‘ri kalitni topish). Bunda muvaffaqiyatsiz bo‘lgan noto‘g‘ri echimlar keyinchalik qaytarilmaydi. To‘g‘ri echimlar esa muvaffaqiyat yoki qisman muvaffaqiyat tufayli aniqlanadi va uzoq vaqtga eslab qolinadi. Bu usul ko‘p vaqt sarflashni talab qiladi, juda tashvishli va tasodifga asoslanganligi tufayli undan faqat muammolarni echishga qaratilgan xulqni mashq qildirish kerak bo‘lganda foydalanish kerak. 5. Anglash, tushunib etish orqali o‘rganish. Anglash, tushunib etish deb bexosdan biror avval ko‘rinmagan “aloqani ko‘rish” va tushunib etish nazarda tutiladi. Bu erda ilgari tushunarsiz bo‘lgan jarayonlar, hodisalar, sabab-oqibat aloqalari fikran o‘zlashtiriladi. “Anglash, tushunib etish” bu aqliy jarayon natijasidir. Bunda ma’lumotlarni qayta ishlash paytida ularni qayta tartiblash va strukturalash orqali yangidan o‘zaro bog‘lanishlar hosil bo‘ladi. Bu muammolarni o‘rnida hal qilish mumkin emas, demak, barcha taklif qilingan turli echimlarni fikr, ya’ni tasavvur darajasida ko‘rib chiqish kerak bo‘ladi. Muammoning echimi kutilmaganda kelib chiqadi va anglanadi, shuningdek, keyinchalik uni aqliy harakatlar uchun mashq va takrorlarsiz ishlatish mumkin. O‘z-o‘zidan ma’lumki hayt ta’lim va faoliyat davomida to‘plangan tajriba o‘rganish jarayonida muxim o‘rin egallaydi. Bu o‘rganishdagi konstruktiv o‘rganish konstruktiv o‘rganish deb ataladi. Keng tarqalgan tajriba orqali o‘rganish nazariyasi David Kolb bilan bog‘liq. (1984) u tajribaviy o‘rganishning boshlang‘ich modellaridan boshlab fikrlarni takomillashtirgan. David Kolb modeli asosan adabiyotlarda namoyon bo‘ladi. Tajribaviy o‘rganishni boholash olin bu kitobda takidlab o‘tilganidek ko‘pgina xar xil o‘qitish va o‘rganish jarayonlariga kerakli asos bo‘lib xizmat qiladi: - Ish orqali (ish joy) o‘rganish, - Xarakat orqali o‘rganish, - O‘qitish, - Laboratoriya mashg‘uloti va fikrlash jarayoni. O‘rin egallovchi tajribani etakib berish, masalan: to‘plangan bilimlarni qo‘llash orqali yoki rollarni almashtirish orqali va ko‘plab kichik guruhlarning turlari tajribaviy o‘rganishni muhim idrokli fikrlash sifatida ta’kidlashdi. Tajribaviy o‘rganish, anglash-murakkab yoki o‘zgarmaydigan fikrning elementi degan fikrga asoslangan. Bu jarayonlar o‘zining rivoji yoki qayta rivojlanishiga xissa qo‘shadi. Tajribaviy o‘rganish davomiy jarayon bo‘lib, puxta o‘ylangan xar xil bosqichlarda biz hammamiz o‘rganish holatlariga o‘zimizning bilishimiz, fikrimiz, ishonchimiz va izlanishimiz bilangina kirib borishimizni nazarda tutadi va bu o‘z navbatida tajriba orqali kuzatish yoki shakllantirish kerak. Albatta agar biz undan o‘rgana olsak. “David Kolbning o‘rganish sikli” deb tanlangan davomiy sikl o‘rganish modeli. Agar o‘rganish muvofaqiyatli bo‘lishi ximmasiga olinsa 4 ta qobiliyat turini talab etadi6 . O‘qituvchi va amaliy o‘qituvchi ta’limiy faoliyat mashqlarini o‘tishda ongli ravishda o‘rganishning turli usullaridan foydalanishi mumkin. Bu erda “anglash, tushunib etish” orqali o‘rganish usuliga ko‘proq e’tiborni qaratish kerakligi alohida ko‘rsatiladi, chunki u o‘zining uzoq ta’siri bilan ajralib turadi. Tadqiqotlar insonlarning tinch, ijtimoiy tan olinish darajasidagi muhitda yaxshiroq va engilroq o‘rganishlari mumkinligini ko‘rsatdi. Nafaqat ijobiy emotsional va ijtimoiy muhit, balki maqsadga muvofiq tarzda jihozlanganligi, faol bo‘la olish imkoniyatlarining borligi shular jumlasiga kiradi. O‘rganish jarayonini iloji boricha o‘quvchilarga qaratish uchun o‘rganish predmeti o‘quvchilar ehtiyojlari bilan bog`liq bo‘lishi kerak. O‘quvchini o‘rganishga qiziqtirish uchun o‘zlashtirish bo‘yicha natijalari to‘g`risida xabardor qilib borilsa va shaxsiy maqsadlar bilan moslashtirilsa, ularda qiziqish oshib boradi.O‘quvchining o‘quv predmeti bilan faol tarzda shug‘ullanishi yuzaga kelganda o‘quv jarayoni samarali rivojlanadi, chunki o‘quvchida birlamchi va ikkilamchi motivlar yuzaga keladi. O‘quvchining o‘zlashtirishda erishgan natijalariga mos maqtov va tan olish so‘zlarini aytish uning qiziqishini uyg`otishda ijobiy ta`sirga ega. Bu holat ularda o‘z kuchlariga ishonchni va o‘zlariga qo‘yilgan talab darajalarini yuksaltiradi. Mahsus fanlarni o‘qitish jarayonida turli qiyinchiliklar yuzaga kelishi mumkin. Masalan, o‘quvchining dastlabki bilimlari etarli emasligi, qiziqishi yo`qligi, muammolorni echish murakkabligi yoki topshiriqning qiyinligi bo‘lishi mumkin. Bu qiyinchiliklarni o‘quv maqsadiga qaratilgan yordamchi o‘quv usullari orqali bartaraf etish mumkin. Bularga quyidagilar kiradi: o‘quv qiyinchiliklarini engishga qaratilgan yordamlar; echimni topishga qaratilgan yordamlar; ishlash va amalgam qaratilgan yordamlar; o‘zlashtirilgan bilimlarni berish va yangi vaziyatlarda qo‘llashga qaratilgan yordamlar. O‘quv materialiningtuzilmasi qancha yahshi tuzilgan hamda u qancha qonuniyatlarni o‘z ichiga olgan bo‘lsa, bilimlar shuncha ya[shi eslab qolinadi. O‘tkazilgan nazariy va amaliy tadqiqotlarga asoslanib Ixtisoslik fanlar samarali o‘rganish bo‘yicha quyidagi xulosalarni berish mumkin. - O‘rganish kichik qadamlar, ya`ni bosqichma-bosqich o‘tkazilishi kerak va har doim dastlabki bilimlarga asoslanishi lozim. - Bundan tashqari, o‘rganish rag`batlantirilishi kerak, masalan, tan olish bilan muvaffaqiyatli o‘rganish va uni davom etishni rag`batlantirish kerak (maqtov orqali). - O‘quvchilar o‘zlarining o‘rganishdagi yutuqlari haqida habardor bo‘lsalar, qiziqtirish kuchaytiriladi. - O‘quvchilar ”mustaqil faol bo‘lish” tamoyili bo‘yicha o‘rganishadi. O‘rganishning faol davrlarining tashkil qilish kerak. - O‘rganish o‘tayotgan davrda ko‘pgina qulay holatlarni qo‘llash, o‘quv vaziyatlarini o‘zgartirib turish kerak. - O‘quvchilar qancha ko‘p faol bo‘lib o‘rganishsa, o‘zlashtirish davomli va muvaffaqiyatlibo‘ladi. O‘rganishning faollashtiruvchi usullaridan foydalanish va guruhiy o‘rganishni o‘tkazish kerak. - O‘quv jarayonida yordamchi usullarni qo‘llash orqali o‘rganish samarasini oshirish mumkin. Mahsus fanlar o‘quvchilarning kasb-hunarlarni egallashdagi yumushlarni mukammal bajarishlari uchun zaruriy dunyoqarashlarni, kasbiy fazilatlarning shakllanishidagi zaruriy bilim va ko‘nikmalarni mustaqil va ijodiy qo‘llashni ko‘p jihatdan belgilaydi. Kasb-hunar ta’limida mahsus fanlarni o‘rganish ,ularning nazariyasi va amaliyotida,mazmuni,shakl va uslublarini tanlashda hamda o‘quv maqsadlarini belgilashda o‘ziga hoslikni talab etadi. Mahsus fanlardan o‘quv jarayonlarini tashkil etishda o‘quv materiallarining soddadan murakkablashib ,mazmunning chuqurlashib borishi ,ishlab chiqarish jarayonining ketma-ketligiga bog‘liq holda mashg‘ulotlar tizimlashtiriladi. Nazariy va amaliy mashg‘ulotning tizimlashtirilishi o‘quv materialining mazmunini butunligicha qamrab olishni,bayon etishini,mustahkamlashini va mavzularning ketma-ketligiga mos holda o‘rganilishini hamda o‘zlashtirish darajasini nazorat qilishni ta’minlaydi. Mahsus fanlarni o‘rganishda ,ta’lim uslublarini tanlashda o‘quvchilar va o‘qituvchilar faolligini, mustaqilligini, fikrlashning tezkorligini ta’minlashga mos keladigan uslublarni tanlashda alohida e’tibor beriladi. O‘rganish shunday jarayonki,unda o‘quvchi tabiiy atrof-muhit bilan munosabatlari va bunda hosil bo‘lgan tajriba orqali hulqini o‘zgartiradi. O‘rganish orqali o‘quvchi o‘z fikriga, bilim, ko‘nikma va mahoratga erishadi. Amaliy tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki,mahsus fanlarni o‘rganishga quyidagi dastlabki vaziyatlar ham ta’sir qiladi:  hatti-harakatlarga reaksiya ta’siri, ya’ni biror harakat bajarilishining murakkabligi;  o‘rganishga ishtiyoq, ya’ni aniq tasavvur qilingan o‘quv maqsadlariga erishishga intilish;  tashqi turtkilar, ya’ni qiziqishi bo‘lmagan o‘quvchiga qiziqishini uyg‘otish maqsadida o‘qituvchi turtki beradi O‘rganish sabablari “diqqat” va “idrok” tushunchalari bilan chambarchas boq’liqdir: 1. Diqqat. Dastavval o‘quvchilarning diqqatini o‘quv obektlariga jalb etish kerak. 2. Idrok. Sensorik ta’sirlar orqali (ko‘rish,eshitish,hid bilish,maza bilish,tegish,ushlab ko‘rish ) o‘quvchi qandaydir ahborotni qabul qiladi. 3. Tushunish.Qabul qilingan ahborotni tahlil qilish va ma’nosini aniqlash orqali ma’lum tasavvur paydo bo‘ladi. O‘quvchining qabul qilishiga qarab,bu tasavvur ma’lumotning mazmuni haqida tushuncha hosil bo‘lishiga olib keladi. O‘qituvchi bu o‘zaro aloqalarni nazorat qilib borishi kerak,chunki u o‘z imkoniyatlari bilan o‘quvchining diqqat va idrokiga ta’sir qilib,muvaffaqiyatli o‘rganishga asos solishi mumkin. O‘rganishni bir necha bosqichlardan iborat bo‘lgan jarayon sifatida tushunish mumkin. Bir bosqichdan keyingisiga o‘tguncha, jarayon murakkablashib boradi. SHunday qilib, mahsus fanlarni o‘rganish jarayonini Blum dasturi orqali quyidagi bosqichlarga bo‘lishi mumkin. Hozirgi ta’lim sohasida kun tartibidagi dolzarb vazifalardan biri ijtimoiy, tabiiy va texnik fanlar sintezi muvaffaqiyatini amaliyotda qo‘llash-yangicha fikrlovchi, teran fikrini amalga tadbiq qila oladigan inson tafakkuridir. Bularning barchasi orqali inson omilining yanada oshishiga keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Buning zamirida kelajak o‘qituvchilari uchun ijodiy tafakkurning albatta zarurligi tan olinmoqda. Mustaqil ijodiy tafakkur-ma’naviy kamolotning belgisidir. Ma’lumki, inson tafakkurning rivojlanish imkoniyatlari cheksiz. Erkin ijodiy tafakkur muayyan ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy zaminda yuzaga keladi va ma’naviyatning rivoji qanchalik uyg‘un bo‘lsa, ijtimoiy taraqqiyot uchun zamin bo‘ladigan fan ilor oyalari ko‘proq maydonga keladi va taraqqiyotga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Kasib-ta’lim o‘qituvchisi uchun ijodiy tafakkur, ayniqsa muhim sifat xisoblanadi. Ijodiy tafakkur shaxs aktivligi, aql quvvatini ishga sola bilish, borliqqa o‘zgartirish kirgiza bilish, ya’ni mustaqil harakatdir. Mustaqil ta’limni optimal boshqarish va rejalashtirish talabalarda ijodiy tafakkurni rivojlantirishning muhim ko‘rsatkichlari. Ijodiy tafakkur – ichki bir-biriga bog‘liq mantiqiy ketma-ketlik orqali bajariladigan harakat deb qaralsa ham bo‘ladi. Ijodiy tafakkur albatta yangi ijodiy natijaga erishishni nazarda tutadi, yangi tafakkurga bo‘lgan talab , ijodiy tafakkurni bir butun tarkibi orqali birlashtiradi. Ta’lim jarayonining ilmiy, nazariy uslubiy va amaliy asoslarini, ya’ni ta’lim, bilim berish, o‘qitish nazariyasi bilan pedagogikaniig mustaqil bo‘limi didaktika shug‘ullandi. Didaktika — grekcha so‘z bo‘lib, "didasko", ya’ni, o‘qitish o‘rgatish maonolarini beradi.Ta’lim qonuniyatlarini o‘rganish, ta’lil qilish jarayonida ta’lim tushunchasi uning mohiyati mazmun va vazifalari, o‘qitish prinsiplari, shaqllari haqidagi bilimlar bayon etiladi. Ta’lim - inson bilish faoliyatining eng murakkab turlaridan biri bo‘lib, individual psixik rivojlanishni va bilimlarni o‘zlashtirishni ancha tezlashtiradi. O‘qituvchi ta’lim jarayonida faqat bilim berish bilan chegaralanmaydi, balki bu jarayonda o‘kuvchi, talabaga ta’sir ko‘rsatadi, bu esa ularning bilim olishlarini yanada faolashtiradi, natijada o‘quvchi ta’lim jarayonining faol ishtirokchisiga aylanadi. Ta’limdagi yutuqlar, avvalo o‘qituvchiga bog‘lik. Mutaxassis sifatida o‘z fanini chuqur bilishi, pedagogik muloqot ustasi bo‘lishi, psixologik-pedagogik va uslubiy bilim va malakalarni egallagan bo‘lishi, har xil pedagogik vaziyatlarni zudlik bilan o‘rganish va baholash, pedagogak ta’sir ko‘rsatishning maqbul usul va vositalarini tanlab olish qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak. Ta’limni asosiy vazifasi shaxsni ilmiy bilimlar, ko‘nikma va malakalar bilan qurolladtirishdan iborat. Ta’lim inson bilish faoliyatining bir turi sifatida bir necha maononi bildiradi. YA’ni: ta’lim oluvchilarda bilim, ko‘nikma va malakalar hosil qilish, ularda dunyoqarash, fikr va eotiqodlarni shaqllantirish hamda ularning qobiliyatlarini o‘stiradi. Ta’lim orqali yosh avlodga insoniyat tajribasi orqali to‘plangan bilimlar boriladi, zaruriy ko‘nikma va malakalar hamda eotiqodlar shallantiriladi. Ta’lim o‘qituvchi va o‘quvchilarning birgalikdagi faoliyati bo‘lib, u ikki tomonlama xarakterga ega, ya’ni unda ikki tomon o‘qituvchi va o‘quvchi faol ishtirok etadi. O‘qituvchi aniq maqsadni ko‘zlab, reja va dastur asosida bilim, ko‘nikma va malakalarni singdiradi, o‘quvchi esa uni faol o‘zlashtirib oladi. Bildirish, bilish murakkab, qiyin, ziddiyatli jarayondir. Bu jarayonda inson psixikasiga tegishli sezgi, idrok, tasavvur va tafakkur kabi jarayonlar faol ishtirok etadi va muhim rolp o‘ynaydi. Ta’lim berish, yoshlarga bilim berish, ularda ko‘nikma va malakalarni hosil qilish, yangi haqiqatlarni ocha bilishga qodir bo‘lgan ijodiy mantiqiy tafakkurni tarbiyalashdir. Ta’lim o‘quvchi-talabalarning o‘zlashtirish, o‘zida bilish qobiliyatlarini hamda fikrlash operatsiyalari va harakatlarini hosil qilish jarayonidir. Bu passiv jarayon emas, balki o‘quvchiga noma’lum faol, ijodiy faoliyat, me’nat jarayonidir. Ta’lim jarayonida ta’lim oluvchi bilmaslikdan bilishgacha, noto‘g‘ri va noaniq bilishdan tobora to‘liqroq va aniqroq, chuqurroq bilishgacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tadi. Bilimlarni o‘zlashtirish jarayonida sezgi, idrok, tasavvur, tafakkur kabi psixik jarayonlar faol ishtrok etadi va amaliyotda sinab ko‘riladi. O‘qituvchi, o‘quvchi va talabalardagi fikrlash jarayonni to‘g‘ri yo‘lga solish uchun amaliyot har qanday bilishning negazidir, degan qoidani hisobga olishi zarur. O‘quvchi va talabalarning erkin fikrlash qobiliyatini o‘quv va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish yo‘li bilan o‘stirish lozim. O‘quvchi, talaba tafakkur jarayonida voqelikni ta’lil qilishni va taqqoslashni, bilimlarning o‘zlari uchun tushunarli sohalaridagi sabab-xulosalar chiqarishni o‘rganadilar, ya’ni oddiy, so‘ngra esa ancha murakkab tushuncha hamda fikr-mulohazalar hosil qilishni bilib oladilar. Ta’limda o‘qituvchi bilim berish bilan cheklanmaydi, u o‘quvchilarning fikrlash faoliyatiga ham rahbarlik qiladi, o‘quvchilarda ishdagi mustaqillik, ijodkorlik qobiliyatlarini o‘stiradi va shu tariqa o‘rganilayotgan narsaning ongli ravishda o‘zlashtirib olinishga erishiladi. Materialni idrok qilishlari va tushunib olishlari bilan birga, uni puxta esda saqlab qolishlari to‘g‘risida ham am’o‘rlik qiladi. O‘qituvchi o‘quvchi-talabaning bilish faoliyatlarini tashkil qilish maqsadida o‘quv ishlarini olib borar ekan, avvalo ta’lim jarayoni orqali uch vazifani, ya’ni bilim berish orqali uch maqsadni hal qilishi lozimligini unutmasligi kerak. Bu maqsadlar o‘qituvchi va o‘quvchilar faoliyatini birlashtiradi. Ta’limiy maqsad - o‘kuv materiallarining mazmunini bilish, ya’ni ushbu fanga tegishli ilmiy bilimlarni o‘zlashtirish va amaliyotga tadbiq qila olishdir. Tarbiyaviy maqsad - fan asoslarini o‘zlashtirish orqali uning mazmunida yotgan oyalar, dunyoqarashlar ta’sirida o‘zining shaxsiy sifatlarini, imoneotiqodlarini shaqllan- tirishdir. Rivojlantiruvchi maqsad - ta’lim jarayoni ta’sirida shaxsning aqliy kamolotini bilish qobiliyatini, o‘qishga, me’natga bo‘lgan munosabatini rivojlantirishdan iborat. Bu maqsadlarni amalga oshirish natijasida o‘quvchi - talabada mustaqil ishlash isteododi paydo bo‘ladi. Uni o‘ylashga o‘rgatadi, ta’lim jarayonida tafakkur hukmronlik qiladi. Ta’lim turli bosqichlarda amalga oshadi. Birinchi bosqich — o‘quv materiallarini idrok qilishdan iborat. Bunda o‘quvchi-talaba ta’limning mazmuni bilan tanishib, o‘zining bilish vazifalari nimalardan iborat ekanini tushunib oladi. Bunda sezgi, idrok, tasavvur kabi jarayonlar faol ishtirok etadi. Ikkinchi bosqich — ular o‘quv materiallarini tushunib ola-dilar, uning mohiyatini anglaydilar va umumlashtiradilar. Natijada ularda yanga bilimlar paydo bo‘ladi. Buning uchun ular analiz, sintez, taqqoslash, xulosa chiqarishdan foydalanadilar. Uchinchi bosqnch — yangi bilimlar, mashqlar, mustaqil ishlar, o‘qituvchining qo‘shimcha izo’lari orqali musta’kamlanadi. To‘rtinchi bosqichda — ular o‘zlashtirib olgan bilimlarini imkoniyatga qarab amaliyotga tadbiq qiladilar. Bularni bilish orqali o‘qituvi ta’lim-tarbiya jarayonini samarali boshqarishi mumkin. SHuning uchun o‘quv jarayonining hamma bosqichlarida o‘qituvchi etakchilik va boshqaruvchilik rolini o‘ynaydi. YUqoridagi fikrlardan xulosa chiqaradigan bo‘lsak, o‘qitish jarayoni biliish faoliyatining muhim tarmog‘i sifatida qator vazifalarni bajaradi. Jumladan: o‘quvchi va talabalarda bilim, ko‘nikma va malakalarni hosil qiladi; ularda dunyoqarashni, ishonch va eotiqodlarini o‘stiradi; yoshlarni muayyan darajada o‘qimishli, madaniyatli, tar- biyali kishilar bo‘lib etishlariga, qobiliyat va isteododlarini o‘stirishga erishiladi. Bu vazifalarni muvaffaqiyatli hal etish uchun o‘qituvchida o‘z kasbiga layoqat bo‘lishi lozim. Layoqatlilik pedagogik me’natni muvaffaqiyatli bajarishga qodir bo‘lishdir. Bu avvalo, pedagogok kasbning ijtimoiy roli va zaruriyatini yaqqol tasavvur qila olishida ko‘rinadi. Bundan tashqari o‘qituvchi, o‘quvchiga o‘z faoliyati oboekti sifatida qiziqib qarashi, uning e’tiyoj va xususiyatlarini tushuna bilishi lozim. Bundan tashqari o‘qituvchi ta’lim jarayonida har bir o‘quvchi talabaning bilimi va tarbiyalanganlik darajasini aniqlay olishi va hisobga olishi, o‘quv materiallarini to‘g‘ri tanlay bilishi, ta’lil qila olishi va umumlashtira bilishi pedagok mahorat uchun zarur bo‘lgan ta’lim usullari, vositalari va shaqllarini mukammal bilish, o‘quvchiga nisbatan talabchan bo‘lish pedagogik vaziyatga qarab ulardan o‘rinli foydalana olish, ta’lim natijalarini dastlabki va keyingi ko‘rsatkichlar bilan taqqoslash, ta’lil qilish va xulosalash kabilar. Xullas, o‘qituvchi keng ko‘lamdagi didaktik bilimlar, pedagogik mahoratga ega bo‘lishi lozim. SHundagina o‘qituvchi, kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablari darajasida ta’lim jarayonini tashkil qiladi va boshqaradi


Download 164.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling