5. Xavfsizlik texnikasi:
O’quv xonalarida uskunalarni joylashtirishda yong’in xavfsizligi, mehnatni muxofaza
qilish va sanoat sanitariyasining quyidagi talablariga rioya qilish lozim bo’ladi.
Xonalar inventar va uskunalar bilan ortiqcha to’ldirilib tashlanmasligi kerak.Dastgohlar,
stanoklar, mashinalar hamda dastgoh qatorlari o’rtasidagi o’tish joylari belgilangan norma
doirasida bo’lishi lozim.
Dastgohlar, stanoklar, mashinalar chekka qatori bilan ustaxona devorining o’rtasi 0,5
metrdan kam bo’lmasligi kerak.
Stanoklar oldida himoya ekrani va elektr blokirovka bilan ta’minlangan bo’lishi zarur.
Xona( kabinet)da qo’l yuvish, ustki kiyim va korjomalarni saqlash uchun ham sharoit
yaratilishi kerak .
Do'stlaringiz bilan baham: |