Kotlet qiymasidan tayyorlaoadigan taomlar
Kotlet qiymasidan qilinadigan mahsulotlar qovurib, dinilab va toblab
pishiriladi. Mahsulotlar ko'pchigan, mazali va shirali bo'lishi uchun ular suzib
berish oldidan ikki tomoni qovuriladi hamda qovurish javonida maromiga
yetkaziladi. Mahsulotlarning tayyor bo'lganligi (pishganligi) sirtida oq pufakchalar
paydo bo'lishidan bilinadi; mahsulotlarning o'rtasidagi harorat 90 °C dan past
bo`lmasligi kerak. Kotlet qiymasidan tayyorlangan mahsulotlarga issiqlik bilan
ishlov berilganda vazni 19 % kamayadi. Suzib berishda mahsulotlar ustiga eritilgan
sariyog', go' sht shirasi yoki qayla quyib beriladi.
20-rasm. Qiyma turlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |