Mehnat ta’limi fani bo’yicha xonalarga qo’yiladigan talablar.
1.Pedagogik talablar :
Mehnat ta’limi o’qituvchisi talabchan bo’lishi kerak, nafakat o’z fani ilmiy asoslarini
mukammal bilishi, balki mehnat ko’nikmasi, malakasini puxta egallagan va uni o’quvchilarga
mahorat bilan o’rgata oladigan bo’lishi kerak.
Mehnat reja temasiga hozirlik ko’rishda o’qituvchi xar bir temaning maqsad va vazifasi
belgilaydi, temachalar umum mehnat bilim va ko`nikmalari mazmuni hamda darajasini
aniqlaydi, o’quvchilar tomonidan bajarilishi lozim bo’lgan amaliy ishlarning xarakter va
miqdorini belgilaydi, asta sekin murakablashib borishini hisobga olish kerak .
Fanlararo aloqa o’rnatish uchun, yan’ni o’quvchilarning fizika, ximya, matematika,
chizmachilik va boshqa darslarda olgan bilimlaridan foydalanish uchun mehnat ta’lim
o’qituvchisi boshqa fan o’qituvchilari bilan birgalikda tabiiy ilmiy fanlarining yigma – tematik
planini ishlab chiqadi.
Mehnat ta’limi o’qituvchisi texnik xujjatlarni, zarur ko’rgazma qurollari, plakatlar, sxemalar,
jadvallar, maketlar, modellar, buyumlarning na’munalarini tayyolaydi, jixozlarning texnikaviy
xolatini, o’quvchilarning ish joylari va ish asboblarini, shunindek o’quv ustaxona binoisini
hamda ularning xavfsizlik texnikasi, sanatariya talablariga mos jixozlanganligini tekshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |