Kasbi azaldan hunarmandlar,kulol maskani sifatida e’tirof etilgan
Download 15.91 Kb.
|
Kasbi tuman 20-maktab tadbilar bayonnomasi
Kasbi tuman 20-maktabda 21-oktabr O’zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kuniga bag’ishlab o’tkazilgan tadbir bayonnomasi 2022-yil 18-oktabr Kasbi tumanidagi 20-maktab hovlisi erta tongdan uzgacha kurinish tus olgan. Sababi,bugun bu maktabda katta bir tadbir ya’ni 21-oktabr O’zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kunning 33-yilligiga atab tadbir rejalashtrilgan. Tadbir shiori “Ona tiliga muhabbat-yuksak ma’naviyat belgisi” deb nomlandi.Til kishilar urtasidagi muloqot vositasi,bu dunyoda inson til orqali zaboni orqali ajralib turadi. Soat 10:00 suhandonu,san’atkorlar, tasvirchi-yu sozandalar bilan tadbir boshlandi. Tadbirda tuman Hokimligi mutasaddilari,tuman hokimining Yoshlar siyosati masalalari bo’yicha o’rinbosari B.Eshonqulov,tuman Hokimligi maslahatchisi J. Mamatov,tuman Xalq ta’limi va tuman Madaniyat bo’limi vakillari ishtirok etishdi. Kasbi azaldan hunarmandlar,kulol maskani sifatida e’tirof etilgan. Tadbir faqat til bayrami bilan cheklanib qolmasdan ko’rgazmalar ham tashkil etildi. Va yana Prezidentimiz ilgari surgan 5 tashabbus ga oid ko’rgazmalari yig’ilganlarga mamnun bo’ldi. O’’quvchilar tomonidan tayyorlab kelingan turli millat va elatlarning madaniyatini uzida namoyon etilgan sahnaviy chiqishlar, mehmonlaru ustozlar olqishiga sazovor buldi. Tadbir so’ngida,tadbir davomida faolli ko’rsatgan o’quvchilar, tuman hokimligi tomonidan tayyorlangan tashakkurnomalar va kitoblar to’plami bilan taqdirlandilar. Maktab direktori: O’.Suvonov MMIBDO’: N.Narzullayev Kasbi tuman 20-maktabda 18-noyabr O’zbekiston Respublikasi Davlat bayrog’I qabul qilinganligining 31-yilligiga bag’ishlab o’tkazilgan tadbir bayonnomasi Davlat ramzlari Davlatning belgisi,kuch qudratini namoyon etadigan belgilardir.Bayroq,Gerb ,Madhiya bu uchta ramzlar davlatning borligini va qudratini namoyon etadigan uchta jihatdir.
Kasbi tuman 20-maktaning Informatika fani o’qituvchisi O.Abdurasulov tomonidan maktabning 9-B sinf o’quvchilari o’rtasida o’tkazilgan Zakovat intellectual bellashuvi bayonnomasi Informatika va axborot texnologiyalari hozirgi shiddat bilan rivojlanib borayotgan davrdagi eng zaruriy bilimlarni beradigan fandir. XXI asr Axborot texnologiyalari asri sifatida e’tirof etilgani ko’pchilikka ma’lum.Hozirgi kunda zamonaviy axborot texnologiyalarsiz inson hayotini tasavvur etishi qiyinligi bor haqiqat. Bellashuv tarzida tashkil etilgan Zakovat musobaqasida o’quvchilar 2 guruhga bo’lindilar. 1-guruh Algoritmchilar guruhi 2-guruh esa o’zlariga Operatorchilar guruhi deb nom qoyishdi. Guruh sardorlari, navbat bilan tayyorlab kelingan savollarni tanlab ularga guruh a’zolari bilan bamaslahat javob qaytardilar. Yakuniy hisobga ko’ra Operatorlar guruhi 4:2 hisobda ustunlikka erishdilar va Zakovat bellashuvining g’olibiga aylanishdi. Maktab direktori: O’.Suvonov MMIBDO’: N.Narzullayev Informatika fani O’qituvchisi: O.Abdurasulov Download 15.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling