Kasbiy faoliyatda internet texnologiyalarini qo’llash Provayder, Brauzer, Internet Explorer brauzeri


Download 17.45 Kb.
Sana20.10.2023
Hajmi17.45 Kb.
#1713097
Bog'liq
ATKFQ 7-ma\'ruza


Kasbiy faoliyatda internet texnologiyalarini qo’llash
Provayder, Brauzer, Internet Explorer brauzeri
Internet qidiruv tizimlari
Internet ijtimoiy tarmoq xizmatlari
Internetda interaktiv xizmatlar

Internet XX asrda kashf etilgan telekommunikatsion va kompyuter tarmoqlari majmuasidir. Uning tarixi 1960-yillardagi AQSH ilmiy markazlaridan biri bo’lgan RAND CORPORATION korxonasi birinchi marta butun mamlakatni qamrab oladigan markazlashmagan kompyuter tarmog’ini yaratishni taklif qilgandan boshlanadi. Bu loyihaning maqsadi harbiy muasassalar, ilmiy va o’quv markazlari kompyuterlarini bir tarmoqqa birlashtirib boshqarishni markazlashtirish edi. Maqsad yadro quroli hujumiga ham tarmoqning bir nechta qismi ishdan chiqqan holda ham ishlash faoliyatini saqlab qoladigan sistemani yaratish edi. Bunday sistemani tarmoqlar soni ko’p bo’lgandagina amalga oshirish imkoni bo’lar edi. Shunday qilib internetga asos solindi.


1964-yil 4 ta tarmoqdan iborat AQSHning eng nufuzli tekshirish institutlarida joylashgan “ARPANET” tarmog’i yaratildi. XX asrning 70-yillarda bu tarmoq ancha o’sdi. Endi tarmoqning tuzilishi unga xohlagann kompyuterlarni ulash imkonini berdi. 1974-yilda tarmoqlarni birlashtiruvchi TCP/IP protokoli tuzildi va tarmoqning rivojlanishiga asosiy turtki boldi. Chunki tarmoqqa ixtiyoriy kompyuterni ulash imkoniyati yaratildi. 1983-yilda ARPANET- INTERNET deb atala boshlandi va juda kuchli bir-biri bilan bog’langan kompyuterlar va tarmoqlar to’plamidan iborat sistemaga aylantirildi. 1980-yillar internetning keskin burilish davri bo’ldi.
Internet provayderi haqida malumot.
Provayder- bu xizmat ko’rsatish tashkiloti. Agar biror bir mahalliy tarmoq bevosita tarmoqqa ulangan bo’lsa, u holda mazkur tarmoqning har bir ishchi stansiyasi Internetga ulanishi mumkin. Internetga mustaqil ulangan kompyuter ham mavjud. Ular HOST kompyuter deb ataladi. Tarmoqqa ulangan har bir kompyuter o’z adresiga ega va uning yordamida dunyoning istalgan nuqtasi bilan istalgan mijoz o’rin topa oladi. “Uz” domeni 1995-yil internet tarmog’ida ro’yxatga olindi. 1997-yildan boshlab O’zbekistonda internet provayderlari ishga tushirildi. Hozirgi kunda O’zbekistonda 900 dan ortiq internet provayderlari mavjud. Bu provayderlarning nomi va manzillari quyidagilar:
Uzpak-www.uzpak.uz
Sarkortelekom-www.sarkortelekom.uz
Uznet-www.uznet.uz
2001-yilda O’zbekistonda dastlabki internet sahifasi ishga tushirildi.
BRAUZER- lotincha “brauzer”-- ko’rsatish, ko’rishni ta’minlash degan ma’noni bildiradi
Eng birinchi brauzer CERN hodimi Ten Bernesli tomonidan kashf qilingan Mosaic brauzeridir. Dunyoda eng ko’p foydalaniladigan brauzerlar Netscape Communication va internet-explorer brauzerlaridir.
Download 17.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling