Kasbiy faoliyatda motivlarning turlari


Download 32.47 Kb.
bet4/4
Sana10.02.2023
Hajmi32.47 Kb.
#1183283
1   2   3   4
Bog'liq
KASBIY FAOLIYATDA MOTIVLARNING TURLARI

elementar ustanovkalar (set) – oddiy, kundalik ehtiyojlar asosida ko’pincha ongsiz tarzda hosil bo’ladigan ustanovkalar. Ularni o’zgartirish uchun moddiy shart-sharoitlarni va odamdagi ehtiyojlar tizimini o’zgartirish kifoya.


  • ijtimoiy ustanovkalar (attitud) – ijtimoiy vaziyatlar ta’sirida ijtimoiy obyektlarga nisbatan shakllanadigan ustanovkalar. Ularni o’zgartirish uchun ijtimoiy shart-sharoitlar va shaxsning ularga nisbatan baho va munosabatlari tizimini o’zgartirish kerak.





    • ba’zaviy ijtimoiy ustanovkalar – ular shaxsning umumiy yo’nalishini


    belgilaydi, hayotiy yo’nalishlari mohiyatidan kelib chiqadi, ularni o’zgartirish
    e’tiqodlar va dunyoqarashlarni o’zgartirish demakdir.



    • qadriyatlar tizimi – ular avlodlararo muloqot jarayonining mahsuli


    sifatida jamiyatda qadr-qimmat topgan narsalarga nisbatan ustanovka. Masalan, sahih hadislar shunday qadriyatlardir, biz ularni tanqidsiz, muhokamalarsiz qabul qilamiz, chunki ular ham ilohiy, ham eng buyuk insonlar tomondan yaratilgan va avloddan avlodga o’z qadrini yo’qotmay kelayotgan qadriyatlardir. Amerikalik olim G.Ollport ustanovkalar orasida ijtimoiy ustanovkani alohida o’rganib, uning uch komponentli tizimini ishlab chiqqan.




    • Kognitiv komponent – ustanovka obyektiga aloqador bilimlar, g’oyalar,tushuncha va tasavvurlar majmui;


    • Affektiv komponent – ustnovka obyektiga nisbatan subyekt his qiladigan


    real hissiyotlar (simpatiya, antipatiya, loqaydlik kabi emosional munosabatlar);




    • Harakat komponenti – subyektning obyektga nisbatan real sharoitlarda


    amalga oshirishi mumkin bo’lgan harakatlari majmui (xulqda namoyon bo’lish).
    Bu uchala komponentlar o’zaro bir-birlari bilan bog’liq bo’lib, vaziyatga qarab u
    yoki bu komponentning roli ustivorroq bo’lishi mumkin. Shuni aytish lozimki,
    komponentlararo monandlik bo’lmasligi ham mumkin. Masalan, ayrim talabalar
    talabalik burchi va tartib-intizom bilan juda yaxshi tanish bo’lsalarda, har doim ham unga rioya qilavermaydilar. “Tasodifan dars qoldirish”, “jamoatchilik joylarida tartibni buzish” kabi holatlar kognitiv va harakat komponentlarida uyg’unlik yo’qligini ko’rsatadi. Bu bir qarashda so’z va ish birligi tamoyilining turli shaxslarda turlicha namoyon bo’lishini eslatadi. Agar odam bir necha marta bila turib, ijtimoiy xulqqa zid harakat qilsa va bir necha marta qaytarilsa, u bu holatga o’rganib qoladi hamda ustanovkaga aylanib qolishi mumkin. Shuning uchun ham biz ijtimoiy normalar va sanksiyalar vositasida bunday qarama-qarshilik va tafovut bo’lmasligiga yoshlarni o’rgatib borishimiz kerak. Bu shaxsning istiqboli va faoliyatining samaradorligiga bevosita ta’sir ko’rsatadi.

    Xulosa qilib aytganda, shaxsning ustanovkalariga nisbatan ijtimoiy-psixologik yondoshuv, bizga uni ma’lum guruhlarning a’zosi, aniq shart-sharoitlarda o’ziga o’xshash shaxslar bilan muloqotga kirishuvchi konkret subyekt-subyekt yoki obyektobyekt tushunchalari mohiyatini anglash imkoniyatini beradi.
    Download 32.47 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling