Kasbiy kompetensiyalarni baholash maqsadlari


Download 27.53 Kb.
bet1/2
Sana08.01.2022
Hajmi27.53 Kb.
#247749
  1   2
Bog'liq
kompitensiya



K
 

ompetentlikni baholashda alohida olingan biror-bir layoqatlilik darajasini emas, balki inson tomonidan shaxsiy ahamiyatga ega bо‘lgan maqsadlarga erishish uchun sarf qilinadigan uzoq vaqt davomida turli xildagi vaziyatlarda namoyon qilinadigan kompetentliklarning tо‘liq tо‘plamini nazarda tutish kerak bо‘ladi. Bunda inson duch kelgan muayyan vaziyat uning rivojlanishiga, qadriyatlarining shakllanishiga va yangi kompetentliklarni egallashiga bevosita ta’sir etadi.

Kompetentlikning mavjudligi inson mehnatining natijasiga qarab aniqlanadi. Har bir mutaxassisning kompetentlilik darajasi, uning bajargan ishi shu kasbiy faoliyatning yakuniy natijasiga qо‘yiladigan talablarga qay darajada javob berishiga qarab belgilanadi. Kompetentlik – kasbiy tayyorgarlikning umuman yangi sifati bо‘lib, uning о‘ziga xos tomonlari shuki, kompetentli mutaxassisning bilimlari tezkor va harakatchan bo‘lib, ular doimo yangilanib turadi. Muammoning mazmunini tushunishning о‘zi yetarli bо‘lmay, uni  jihatdan maqbul usullar bilan yecha bilish kerak, shu bilan birga, kompetentlik maqbul yechimlarni tanlay bilish, qarorni asoslab bera olish, notо‘g‘ri yо‘llarni chiqarib tashlash, ya’ni tanqidiy fikrlay olishni taqozo etadi[1].

Kasbiy kompetensiyalarni baholash maqsadlari. Kasbiy kompetensiyalarni baholash mezonlarini ishlab chiqishdan maqsad muayyan kasbiy faoliyat uchun zarur hisoblanadigan kompetensiyalarni muhimlik darajasiga kо‘ra belgilab olish, real holatlarni baholay olish va kompetensiyalarni mavjud bо‘lgan darajasidan talab etiladigan darajaga olib chiqishdir. Ta’lim oluvchilarning kasbiy kompetensiyalarini baholash ta’lim sifatini nazorat qilish va boshqarishning asosiy – tayanch bо‘g‘imi hisoblanadi va uning maqsadi:

−     kasbiy kompetensiyalarning mavjud bо‘lgan darajasining standart talablarida belgilangan darajaga mosligini aniqlash;

−     bitiruvchi egallagan kompetensiyalarining ish beruvchi muassasalar talablariga mosligini aniqlash;

−     bitiruvchilarning mustaqil ravishda kasbiy faoliyat yurita olish imkoniyatlarini aniqlashdan iborat.



Kasbiy kompetensiyalarni baholash sifatini oshirish prinsiplari. Kasbiy kompetensiyalarni baholash metodikalariga kо‘ra baholash quyidagi ishonchlilik va yetarlilik prinsiplariga mavofiq bо‘lishi kerak: ishonchlilik – baholash bevosita baholash obyektiga, ya’ni baholanayotgan kompetensiya elementiga tegishli bо‘lishi kerak; yetarlilik – baholashda kompetensiyaning baholanayotgan elementlari namoyon bо‘ladigan faoliyatning muhim jihatlarini kо‘rsatish uchun yetarli miqdordagi dalillardan foydalanish zarur. Baholashda aniq va tushunarli parametrlarga asoslangan, kasbiy vazifalarni hal etish natijalarini belgilaydigan atamalar orqali ifodalanishi va kompetensiyalarning sifatini, ya’ni о‘zlashtirilganligini bildiruvchi aniq xulosalarga asoslanishi kabi mezonlarga muvofiq ravishda amalga oshirilishi kerak.

Bо‘lajak kasb ta’limi о‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyalarini baholashda asosiy e’tiborni kompetensiyalarning alohida elementlari mavjudligiga emas, kasbiy vazifalarni hal eta olish layoqatlarini namoyon qila bilishga qaratish lozim. Baholash uchun beriladigan topshiriqlarni real kasbiy vazifalarning imitatsiyasi kо‘rinishida shakllantirish maqsadga muvofiq bо‘ladi, bunda kasbiy masalalarni hal etish jarayonida namoyon bо‘ladigan kompetensiyalarning turli elementlarining rivojlanganlik darajasi baholanadi[2]. Bundan tashqari, baholash natijalari bо‘yicha xulosalar bо‘lajak mutaxassisning aniqlangan malakalari kasbiy (funksional) vazifalarni bajara olish uchun yetarli darajadami, yо‘qmi degan savolga javob berishi zarur. Agar yetarli bо‘lmasa, qanday rivojlantiruvchi chora­tadbirlarni amalga oshirish orqali kasbiy kompetensiyalarni talab darajasiga kо‘tarish mumkinligi tо‘g‘risida aniq tasavvurga ega bо‘lish lozim.

Kasbiy kompetensiyalarni baholashning asosiy shakllari umumiy kompetensiyalarni baholash shakllaridan farq qiladi. Bu kasbiy kompetensiyalar elementlarini baholash kо‘rsatkichlarining о‘ziga xosligidan kelib chiqadi. Yuqorida ta’kidlanganidek, ta’lim oluvchilarning kasbiy muammolarni muvaffaqiyatli hal eta olish qobiliyatlarini rivojlantirish uchun real kasbiy muammoli vaziyatlarga о‘xshash topshiriqlar ishlab chiqish zarur.

Bо‘lajak kasb ta’limi о‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini baholash metodlari nazoratlar va testlardir. Ta’lim oluvchilarning kasbiy kompetensiyalarini baholashda о‘tkaziladigan nazoratlarning an’anaviy ta’lim tizimidagi nazoratlardan asosiy farqi shuki, kasbiy kompetensiyalarni baholashda bilim va kо‘nikmalarning mavjudligi emas, balki о‘zlashtirilgan bilim va kо‘nikmalarni amaliy faoliyatdagi vaziyatlarda qо‘llay olish layoqatlari orqali baholanadi. Shu sababli testlar faqat pedagogik, metodik, texnik-texnologik amaliy topshiriqlarga qо‘shimcha sifatida ishlatiladi. Nazoratlar quyidagicha о‘tkazilishi mumkin: og‘zaki muloqot layoqatlarini aniqlash maqsadida og‘zaki shaklda; ta’lim natijalariga baho berish uchun og‘zaki savollar orqali intervyu shaklida; (audit — tinglamoq, ta’lim oluvchini tinglash va nutqini talqin qilish orqali kompetensiyalariga baho berish maqsadida audit shaklida; nazariy bilimlarni tushunganligi va ularni amalda qо‘llay olishini baholash maqsadida yozma (yoki test) shaklda. Nazoratlar turli xil savollarni о‘z ichiga olishi mumkin, ya’ni savollar orqali quyidagi talablar qо‘yilishi mumkin: qisqa javoblar berish; bir nechta javobdan tо‘g‘risini tanlash va asoslab berish; tuzilmali savollarga esse tipidagi mufassal javoblarni yozish. Tuzilmali savollar biror­bir masala bо‘yicha chuqurlashtirilgan bilimlarni aniqlashni kо‘zda tutadi. Esse tipidagi mufassal javoblarni talab etuvchi savollar ham biror­bir masala bо‘yicha chuqurlashtirilgan bilimlarni baholash hamda muhokama qilish, taqqoslash, tahlil qilish, baholash yoki muammoning yechimini izlab topish kabi kognitiv kompetensiyalarni aniqlashni kо‘zda tutadi. Ular tuzilmali savollardan javobning kengroq bо‘lishi bilan farqlanadi. Nazoratlar kompetensiyalarni namoyish qiladigan amaliy mashg‘ulotlarga qо‘shimcha tarzda о‘tkazilishi mumkin.




Download 27.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling