Kasbiy mahorat va injenerlik ish yuritish fanidan mustaqil ishi
partiyadagi parametrlar va barcha dastur ta’minotlarini qulay
Download 28.3 Kb.
|
1 2
Bog'liqKasbiy mahorat va injenerlik ish yuritish fanidan mustaqil ishi
partiyadagi parametrlar va barcha dastur ta’minotlarini qulay tarzda va markazlashgan holda kiritish mumkin. Hisobotlar termoprinterga chiqariladi. «Ethernet» inter- feysi informator va tashqi hisoblash tizimi o‘rtasida ma’lu- motlarni almashtirish uchun standartlashtirilgan ma’lumot- larni ikkala yo‘nalishda uzatadi. Tanlangan funksiya va uning mazmuni grafik tarzida taqdim etilishi mashinani boshqarishni soddalashtiradi. Ishlab chiqarish guruh tarkibidagi bitta o‘rash moslamadan bir qancha seksiyalargacha barcha ma’lumot- larni jamlangan holda informatordan oladilar. Bular qatoriga o‘ram diametri, qayta o‘rash tezligi splayserning ishlash para- metrlari kiradi. Taranglovchi qurilma va ipning tarangligini rostlash uchun barcha ma’lumotlar ham markazlashgan holda informatorda amalga oshiriladi. Shu tufayli barcha o‘rash qismlari bir xil sozlanishi kafolatlanadi. Yana bitta muhim yangiligi shundan iboratki, talab etilgan kattalikni markazlashgan informator siyraklashtirish imkoniyatiga ega. Informator ipni qayta o‘rash jarayonida barcha ma’lumotlarni qayd qiladi va qayta ishlaydi. Har 2 sekundda o‘rash joyiga berilayotgan ma’lumotlar aniqligini ta’minlaydi. Mashinaning o‘zida oldindan aniqlangan kamchiliklar yetarliligi, ip tozalash elektron qurilmasi to‘g‘ri ishlayotganligi va o‘rashning ayrim joylarida doimiy o‘zgarishlar ro‘y berma- yotganligi aniqlanadi. Ish smenasi bayonnomasidagi muhim ma’lumotlar: - GFF — o‘rash joyida FIK, % da - RT — qayta o‘rash vaqti - CC — tozalash soni - KN — ulangan iplar soni - CY — umumiy yoqishlar soni - RL — qizil lampochkalar soni Ulardan tashqari, mashinaning har bir seksiyasi uchun FIK samarasining o‘rtacha qiymati va o‘rash vaqti, shuningdek ip tozalagichning harakatga kelish sonining absolut qiymati, ip uchlarini ulash, ishga tushirish va qizil lampalarning yonishlari soni ham mavjud. Axborotlarni qayta ishlash nuqtayi nazaridan «Avtokoner 338» oltita ishlab chiqarish guruhiga bo‘lingan. Ishlab chiqarish ma’lumotlari bayonlashtiriladi va barcha ishlab chiqarish guruhlari hamda alohida o‘rash qismi uchun indikatsiyaga grafik ko‘rinishida kiritiladi. Mashina ishlashi vaqtida naycha va o‘ram belgilangan sifat parametrlari asosida baholanadi. Xizmat ko‘rsatuvchi agar sifat ko‘rsatkich belgilangan me’yordan chiqib ketsa, ixtiyoriy vaqtda ishga tushirish mumkin. Bu shubhasiz o‘ramning yuqori sifatini kafolatlaydi. Ko‘rsatkichlarning stan- dartdan og‘ishi ish unumdorligining me’yoriy miqdorini baho- lashni taqozo etadi, bular ið tozalagichda kesishlar soni, ip uzi- lishi va to‘xtash vaqtidir. Ularning ruxsat etilgan me’yordan chiqishida muvofiqlik bayonnomaga kiritiladi. Undan tashqari informatorga differensirlangan xabarlar ip sifatini to‘liqroq baholash uchun ip tozalagichdan keladi. Informator: – berilgan parametrlar sifatiga bog‘liq ma’lumotlar va stan- dart qiymatidan mumkin bo‘lgan o‘zgarishni kirituvchi markaziy pult vazifasini bajaradi; – haqiqiy ko‘rsatkichlarni ro‘yxatga oladi va tahlil etadi; – kerakli ma’lumotlarni aniqlab avtomatni boshqaruvchi- ning jarayonga aralashishi zarurligini ko‘rsatadi. Avtokoner avtomati uzunlikni o‘lchash uchun CONOMETR asbobi bilan krestli o‘ram shpulyasini ip uzunligiga moslab tayyorlaydi.Bu CONOMETR tizimida ip yurgazgich barabanchasida aylanish chastotasini kontaktsiz hisoblash tufayli amalga oshiriladi. Bunda shpulyaga krestsimon o‘ralgan ip uzunligi, ip yurgizgich barabanchasining aylanish chastotasiga bog‘liqligidan foydalaniladi. Ko‘rinib turibdiki, CONOMETR tizimi a’lo darajada ish- laydi, masalan tandalash valiklari partiyasi uchun belgilangan ip uzunligi talab etilganda mashinani aniq o‘rnatishda shpu- lyarnikda o‘rtacha 1,5 % dan 2 % gacha tanlangan uzunlikdagi ip bo‘ladi. Elektron asbobsiz o‘lchashda shpulya diametri yutug‘i bo‘yicha to‘xtashda bu qiymat 6 – 10 % ni tashkil etadi. Nafaqat piltalab tandalashda, krestsimon o‘rash avtomatida o‘ralgan ip uzunligini o‘lchashda ham CONOMETRdan samarali foyda- laniladi. Iplarni boshqa korxonalarga sotish uchun tayyorlangan bobinalarda muvofiq uzunlikda bo‘lishi ularning sifat darajasini oshiradi. «Shlyafgorst» firmasi ma’lumotlarni serverda ishlashga mo‘l- jallangan tizim ishlab chiqdi. Bu tizim «Coner Pilot» nomini olgan bo‘lib, grafik shaklda tez va kerak vaqtda zarur ma’lumotlarni chaqirib beradi va tahlil qiladi. «Coner Pilot» korxona rahbari yozuv stoliga bevosita talab etilgan ma’lumotlarni taqdim etadi. Natijada bu ma’lu- motlarni qisqa vaqt ichida baholash imkoni bo‘lib, zarur bo‘l- sa, talab darajasidagi sifatni ta’minlash uchun samarali tad- birlar qabul qilinadi. Tizim standart operatsion «Windows NT» tizimida ishlaydi, yangi interfeysni o‘zlashtirish talab etilmaydi. Òizim modulli strukturaga ega. Standart bajarilishida u quyida keltirilgan hisobotlarni sichqonchaning oddiy harakati bilan rangli grafik va tekst ko‘rinishida beradi. Oliy sifatli to‘quv g‘altagini tayyorlashda kompyuter tizimlari To‘quvchilik korxonalarining samaradorligini aniqlovchi asosiy omillardan biri to‘quv g‘altagiga o‘ralgan tandaning sifati- dir. Sifatsiz tayyorlangan to‘quv g‘altagi dastgoh ish unumdor- ligini kamaytirishi mumkin. To‘quv g‘altaklari tandalash mashinalarida yoki ohorlash mashinalarida tayyorlanadi. Zamonaviy tandalash mashinalarining o‘ziga xos tomoni shundan iboratki, o‘ramaning shakllanish texnologik jarayonini uzluksiz avtomatik nazorat qilish va paydo bo‘lgan nosozliklarni tezda bartaraf etish mumkin. Buning uchun tandalash mashi- nalari shaxsiy kompyuter tizimlari bilan jihozlangan. Ular tanda iplarini tarangligini ravon (o‘zgarmas) va barcha iplarning tarang- ligini bir xil bo‘lishini ta’minlashi zarur. Shuningdek, tanda o‘ra- masi silindr shaklida va ularda iplarning uzunligi bir xil bo‘lishi ta’minlanishi zarur. Shveytsariyaning mashhur «Beninger» firmasida ishlab chiqarilgan «Ben Tronic» piltalab tandalash mashinasida o‘rnatilgan elektron tizim: markaziy rom, tandalash baraba- ni va to‘quv g‘altagiga ipni o‘rash pultlari yordamida boshqa- riladi. «Beninger» firmasining «Ben Tronic» tandalash mashina- sining markaziy boshqaruv pultiga tandalash omillari, ya’ni: pilta eni, uzunligi, tarangligi, o‘ralgan piltalar soni va hokazolar, tug- machalar yordamida kiritiladi. Kiritilgan ko‘rsatkichlar displeyda xohlagan vaqtda ko‘rsatilib, uni nazorat qilib turish va zarur bo‘lsa, o‘zgartirib turish imkoni bor. Kerakli tugmani bosib, o‘ralmay qolgan piltalar sonini tashqi ko‘zdan ke- chirib ko‘rish mumkin. Mashinaning elektron boshqaruv siste- masi samolyotsozlikda sinovdan o‘tgan. Markaziy boshqaruv pulti. Monitoring ekranidagi 1 – 10 tugmalar quyidagi vazifalarni bajaradi: 1-tugma ekrandagi birinchi ishga tushirilgan holatga qaytish vazifasini bajaradi; 2-tugmada ikki kishi va kalit rasmi keltirilgan. Bu tugmada mashinani ishga tushiruvchining nomi va paroli o‘rnatiladi; 3-tugmada mashinaning umumiy ko‘rinishi tasvirlangan. Bu tugma asosiy informatsiya olish tugmasidir. 3-tugma bosilganda ekranda ikki qator tugmachalar hosil bo‘ladi. Yuqoridagi tugmachalar yordamida o‘rnatiladigan qiy- matlar, pastkisidagi – rasmli tugmachalar yordamida jarayon- dan informatsiya olinadi. 4-tugma bosilganda, vaqt, kun, oy, yil o‘rnatiladi. 5-tugmada soat rasmi aks ettirilgan. Bu tugmacha tandalash va to‘quv g‘altagiga o‘rash uchun ketgan vaqtni ko‘rsatadi. 6-tugmada quti rasmi aks ettirilgan. Bu tugmacha yordamida mashinaning o‘zgarmaydigan ko‘rsatkichlari o‘rnatiladi. 7-tugmani bosish orqali mashina to‘g‘risida axborotga ega bo‘linadi, ya’ni mashina nomeri va h.k. ko‘rsatiladi. Markaziy boshqaruv pultining asosiy axborot olish tug- masi bosilsa, ekran pastida ikki qator tugmachalar hosil bo‘- ladi, yuqorigi qismida tandalash mashinasining umumiy ko‘ri- nishi; undan yuqoridagi tugmachalarda mashinada o‘rna- tiladigan asosiy omillar qiymatlari keltiriladi yoki o‘rnatiladi. Qiymatlar o‘rnatilgan oynacha tugmasi bosilsa, ekranda klavia- tura paydo bo‘ladi va klaviaturadagi sonlar yordamida qiymatlar o‘zgartiriladi. Zamonaviy to‘quv dastgohlarida axborot kommunikatsion texnologiyalar Zamonaviy kommunikatsion axborot texnologiyalari to‘quv dastgohida to‘qima shakllanish jarayonlarini nazorat qilish, rostlash, texnologik ko‘rsatkichlarni hisoblash, tahlil etish, na- zorat qilish amallarini avtomatlashtirdi. Bu esa nafaqat ayrim dastgohni, balki dastgohlar majmuasi, texnologik jarayonlar va to‘quv korxonalarini avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlarini yaratishga asos bo‘ladi. Zamonaviy mokisiz to‘quv dastgohlarida o‘rnatilgan shaxsiy kompyuterlar texnologik jarayonning borishi haqida ma’lumot- larni to‘playdi, umumlashtirib, displeyda yoki bosilgan holda chiqaradi. Unda qancha gazlama ishlab chiqarilganligi, tanda va arqoq iðlarining uzilganliklari, dastgohlar nima sababdan va qancha bekor turib qolganliklarini ko‘rsatadi. Barcha ko‘rsatkichlar rejadagiga taqqoslanadi. Ma’lumotlarni smena oxirida ham, boshqa vaqtda ham (talabga qarab) olish mumkin. Ular butun korxona bo‘yicha, sex, jihozlar komplekti yoki ayrim ish o‘rni bo‘yicha berilishi mumkin. To‘quv dastgohlarini elektron nazorat qurilma (datchik)lar, elektron tanda uzatish va taranglash mexanizmi, elektron mato rostlagichi, shoda ko‘taruvchi karetka va jakkard mashinalari bilan jihozlanishi mashina va mehnat unumdorligini oshirish bilan birga gazlama turini ko‘paytirdi. Turli to‘quv dastgohlarini avtomatik boshqarish ularning o‘ziga xosliklarini hisobga olgan holda tashkil etilgan. Masalan, Yaponiyaning mashhur firmasida ishlab chiqa- rilgan «JAT 610» rusumli pnevmatik to‘quv dastgohida arqoq tashlashni quyidagilar avtomat nazorat qilib, ma’lumotlarni kompyuterga uzatadilar: – a r q o q t a s h l a s h pnevmatik tizimni sozlash nazo- r a t c h i s i , u displeyga chiqarilgan gistogrammalarni tahlil etish asosida ishlaydi; – a x b o r o t u z a t u v c h i (IFC) n a z o r a t c h i arqoq tashlashni sozlash nazoratchisiga qo‘shimcha displeydagi diagrammalar vositasida arqoq ipining harakatini nazorat qiladi; – nosozlik haqida avtomatik xabar beruvchi – arqoq harakatida paydo bo‘lgan to‘sqinliklar, ip nuqsonlarini aniqlab xabar uzatadi yoki dastgoh to‘xtatiladi; – a v t o n a z o r a t c h i (APC) – purkagichdagi havo bosi- mini avtomatik rostlab, arqoq ipining harakatini rostlaydi; – a v t o n a z o r a t c h i (bosh APC) standart APCga qo‘- shimcha bo‘lib, butun pnevmozanjirda havo bosimini bobinada arqoq iði o‘ramlarining diametri o‘zgarishida rostlaydi. «Toyoda» dastgohida o‘rnatilgan qo‘shaloq «TARO» tizimi arqoq bilan bog‘liq bo‘lgan to‘qimadagi nuqsonlarni avtomatik ravishda bartaraf etishda quyidagi amallar bajariladi: – to‘qimaning nuqsoni bor qismidan arqoq iplari sug‘urib tashlanadi va dastgoh qaytadan harakatga keltiriladi; – o‘lchovchi rolik nuqson hosil qilgan arqoq uzunligini o‘lchab, hammasini chiqarib tashlaydi; – nuqson arqoq ipini sug‘urib tashlash tezligini o‘lchovchi rolikni harakatga keltiruvchi elektr motor orqali rostlanadi; Siquvchi rolikning bosimi qayta ishlanayotgan arqoq ipining yo‘g‘onligiga qarab o‘rnatiladi. Bu tizimning bitta nuqsonini bartaraf etish davri 10 – 20 sek. bo‘lib, dastgoh unumdorligining yuqori bo‘lishini ta’minlaydi. To‘quv dastgohlarida elektron mato va tanda rostlagichlar- ning o‘rnatilishi to‘qimani shakllanish zonasidan tortib olish, tanda iplarini uzatish va taranglash jarayonlarini avtomatik boshqarish va muqobillashtirish imkonini beradi. Elektron matorostlagichda mato tortuvchi valga mustaqil mikrodvigateldan harakat uzatish natijasida rostlagich bajaradigan vazifalar avtomatlashtirilgan. Ma’lumki, matorostlagich to‘qimaning shakllanish zona- sidan tortib olish va to‘qimaning kerakli arqoq bo‘yicha zichligini ta’minlaydi. Elektron matorostlagichda elektr dvigatelning harakat tezligi hisobiga erishiladi. Buning uchun dastgohda o‘rnatilgan shaxsiy kompyuter mikroprotsessoriga to‘qimaning arqoq bo‘yicha kerakli zichligi qiymati kiritiladi. Dastgohda ishlab chiqarilayotgan to‘qimaning arqoq bo‘yicha zichligining o‘zgarishi tanda iðlarining tarangligini o‘zgartiradi. Bu ikki parametrlarni uzviylashtirish elektron matorostlagichi va elektron tandarostlagichning kompyuter tizimi vositasida bosh- qariladi. Italiyaning «Somet» firmasida ishlab chiqarilgan «Super- Zksel» rusumli to‘quv dastgohida mato va tandarostlagichlarida to‘qimani arqoq bo‘yicha zichlik va tanda tarangligini «Somet» kompyuter tizimida rostlash uchun kerakli qiymatlar kiritilib nazorat etiladi. Bu ish quyidagi tartibda bajariladi: – maxsus tugmacha bosilib, tanda uzatish va to‘qima tortish dasturi chaqiriladi, kompyuter ekranida 1 menyu-beti paydo bo‘ladi; – kiritish kalitlaridagi A tugmacha bosilib, dasturga tanda iplarining «tarangligi» kiritiladi, E tugma bosilib, «to‘qima tortish» kiritiladi. To‘quv dastgohlarida turli to‘quv o‘rilishlarini ishlab chi- qarish imkoniyati ularda o‘rnatilgan homuza hosil qiluvchi mexanizm turiga bog‘liq. Eski texnologiya bo‘yicha o‘rnatilgan mexanik tarzda ishlovchi homuza hosil qiluvchi mexanizmlarida yangi o‘rilishni taxlash dasturi sozlash ko‘p vaqt va mehnat talab qiladi. Yangi yaratilgan elektron shoda ko‘taruvchi karetka va jakkard mashinalarda bu vazifalarni kompyuter tizimlari tez va kam mehnat sarflab bajaradi. Zamonaviy to‘quv dastgohlarida dasturlangan rangli arqoq iðlari tashlash tizimlari qo‘llanilmoqda. Masalan, «Somet» dastgohida bu dastur «Socos», ya’ni So – comet, CO – kompyuter, S- sistema qurilmasi bajaradi. Bu dastgohda «Socos» kompyuter tizimi bilan elektron rangli mexanizm yordamida arqoq ipini sakkiz xil rang tashlashi mumkin. Bu qurilma yordamida to‘quv dastgohida turli rangdagi hamma arqoq ipi quyidagi tartibda dasturlanadi: 1. Rang rapportini tanlash dasturi tugmachasini bosib, kom- pyuter ekranida 1-menyu beti chiqariladi. 2. Kiritish kalitlaridagi «B» tugmachasini bosilsa, ekranda yangi rapport nomlanishi chiqadi. So‘ngra YES tugmachasini bosish ekranda keyingi ikkinchi betni chiqaradi, unda Col – arqoq ipining rangini bildirib, Col – qo‘yilgan bir rangli Col 1 va Col 2 bo‘lib, ikki rangli va hokazo. Misollar: 0001 Col [EN] Bu holda dastgoh bitta rangli arqoq tashlashga dasturlangan bo‘ladi. Col 1 Col 2 Col 3 Col 4 [END] Bu dastur bo‘yicha dastgohda 5 xil rangli arqoq tashlanib, rang rapporti 5 ga teng naqsh ishlab chiqaradi. Rang rapporti katta bo‘lgan va rapportdagi rangli iplar soni turlicha bo‘lgan to‘qima ishlab chiqarish uchun siklik dasturlar tuziladi. Unda dastur FOR bilan boshlanib NEXT bilan tugal- lanadi. Dastur esa chaqirish operatorlaridagi F1, F2, F3, F4 va X tugmachalar bilan boshqariladi. Masalan, rang rapporti Rp=30a+20b+15c+10d uchun das- tur quyidagicha tuziladi: For 30 Col 1 NEXT FOR 20 Col 3 NEXT For 15 Col 3 NEXT
Col 4 [END] Rang rapporti kiritilgandan so‘ng maxsus tugmacha bosilib, ma’lumot saqlanadi va kiritilgan rapport tasdiqlanadi. Axborot kommunikatsion texnologiyalarining to‘quvchilik texnologiyalariga tatbiq etilishi, ayniqsa, gazlamalarni badiiy bezashda yirik naqshli to‘qimalarni ishlab chiqarishda mehnat va dastgoh unumdorliklarining oshishini ta’minlamoqda. Elektron Jakkard mashinalarida o‘rnatilgan zamonaviy mokisiz to‘quv dastgohlarida yirik naqshli to‘qimani badiiy bezashga tayyorlash va yangi tarkibini loyihalashda takomillashtirilgan avtomatik tizimlar „Riomo Sistems“ majmuasi keng qo‘llanilmoqda. Bu majmua tarkibida quyidagi tizimlar mavjud: – naqsh ko‘chirish (skanerlash) – dasturni dizayn tizimga o‘tkazish – «FOTOSHOP» tizimi; – to‘qimaning asosiy ko‘rsatkichlari (tanda va arqoq bo‘yicha zichliklari, rangli iplar soni, naqsh rapporti va b.) ni kirituvchi asosiy tizim «Diblook»; – naqshni qayta ishlash va tuzatuvchi tizim «CODWIN»; – o‘rilishlarni tanlash, yangi o‘rilishlarni tuzish, «Deccent» tilini tuzish, ya’ni kodlashni bajaruvchi «Josiki»; – yirik naqshli to‘qima va Jakkard mashinasini tavsiflovchi qiymatlar bilan jadval to‘ldiruvchi tizim «Parain»; – printerda to‘qima naqshlarini bosib chiqaruvchi «ImagPen»; – naqsh dasturi dbtp ning o‘rilish dasturi cgs ga o‘tkazuvchi tizimlar «Jtenwin», «Card Ediror» – «Cgs-dos»; – yirik naqshli to‘qimaning sinov namunasini ishlab chi- qish, disketga ko‘chirish. Foydalanilgan adabiyotlar: Tòquvchilik maxsus texnologiyasi va jihozlari ( E Olimboyev va boshqalar) Kasbiy mahorat va injenerlik ish yuritish fanidan òquv uslubiy qòllanma Internet saytlari: moodle.karsu.uz Tòquvchilik texnologiyasi, darslik Download 28.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling