Kasbiy ma’naviyat kursining predmeti reja
Ma’naviy-ma’rifiy taraqqiyot istiqbollari
Download 68.86 Kb.
|
1.KASBIY MA’NAVIYAT KURSINING PREDMETI
Ma’naviy-ma’rifiy taraqqiyot istiqbollari
“Yangi O‘zbekiston strategiyasi” kitobida bu boradagi savollarga javoblar mufassal bayon qilingan. Bugungi kunga kelib ma’naviy sohadagi voqelik va jarayonlarni huquqiy tartibga solish ishlarini yangi bosqichga ko‘tarish va bunda zamon talablarini, YAngi O‘zbekistonning mustahkam poydevorini qo‘yish ehtiyojlarini hisobga olish zarurati etilgan. SHu munosabat bilan O‘zbekistonning keyingi o‘n yilliklarga mo‘ljallangan milliy taraqqiyot strategiyasida ma’naviy-ma’rifiy islohotlarga alohida bo‘lim ajratilgani bejiz emas. Unda ushbu sohadagi serqirra faoliyatning mazmun¬mohiyati, maqsad muddaolari, ustuvor yo‘nalishlari va dolzarb vazifalari ochiq oydin ifodasini topgan. O‘z navbatida, bu YAngi O‘zbekistonni barpo etish jarayonining ma’naviy sohadagi o‘zgarishlari va innovatsiyalari dinamikasini to‘liq tasavvur etish imkonini beradi. Shuningdek, strategiyaning har bir yo‘nalishi va turli sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlarning qadr-qimmatini va amaliy natijalarini izchil o‘rganish, bu bilan bog‘liq huquqiy masalalarni zamon talablari nuqtai nazaridan talqin va tahlil qilish vazifalarini samarali hal etish imkonini yanada oshiradi. O‘z navbatida, bu tizimda keyingi yillarda amalga oshirish zarur bo‘lgan faoliyat ko‘lami va salmog‘i, ahamiyati va yo‘nalishlari, natijadorlikka erishish zarurati “O‘zbekistonning 2022–2032 yillarga mo‘ljallangan ma’naviy-ma’rifiy taraqqiyot strategiyasi”ni ishlab chiqishni hamda uni davlat siyosatining tarkibiy qismiga aylanishini taqozo etmoqda. Shuningdek, yaqin kelajakda butun mamlakatimiz fuqarolarining ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi hayoti, faoliyati va turmush tarzini ifodalaydigan yaxlit hujjatlar majmui — “O‘zbekiston jamiyatining ma’naviyat kodeksi”ni ishlab chiqish va uni amaliyotga joriy etish chora¬tadbirlarini ko‘rish lozimligidan dalolat beradi. Bu jihatdan, barcha hududlar va tashkilotlarda keng jamoatchilik, xususan “Aholi orasida ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini yanada optimallashtirish bo‘yicha harakatlar dasturi”ni ishlab chiqish va uni amaliyotga joriy etish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Ayni sa’y-harakatlar jamiyatimiz ma’naviy hayotining dinamik o‘zgarishlari mexanizmlarini takomillashtirish va ushbu jarayonning samaradorligini yanada oshirishga yordam beradi. SHu munosabat bilan, aholining ta’lim tizimi bilan qamrab olinmagan qismida “YAngi O‘zbekiston strategiyasi” nomli keng qamrovli o‘quv-uslubiy va innovatsion ta’lim-tarbiya o’quv qo’llanmai loyihasini ishlab chiqish va uni tizimli amalga oshirish birinchi darajali vazifaga aylandi. O’quv qo’llanma bo‘yicha ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar, o‘quvlar va tarbiyaviy soatlar YAngi O‘zbekiston strategiyasi butun xalqimizning o‘ziga xos falsafasiga aylanishi, ijtimoiy tafakkuri va tarixiy xotirasidan mustahkam o‘rin egallashiga xizmat qilishi lozim. Ushbu yo‘nalishda Amalga oshirilayotgan islohotlar va yangilanishlarning natijadorligiga erishish imkoniyatlari mavjudligi shubhasizdir. Ushbu murakkab va serqirra jarayonda ma’naviy-ma’rifiy hayotning barcha jihatlari va odamlarning bu bilan bog‘liq tafakkur tarzi bir kunda va avtomatik tarzda o‘zgarib, yangilanib qolmaydi, albatta. Bugungi davrning ijtimoiy siyosiy ehtiyojlariga mos keladigan yangi ma’naviy tizim va tafakkur tarzi to‘la to‘kis oyoqqa turib oladi. Ma’naviyatshunoslikning sof «ichki» vazifalari ham mavjudki, ular bugungi kunning dolzarb vazifalari sirasiga kiradi. Ayniqsa, kasbiy ma’naviyatning tizimli, ilmiy xolislik bilan yo‘g‘irilgan nazariyasini yaratish va kasbiy fajliyatda ma’naviy munosabatlar madaniyatini shakllantirish muhim ahamiyatga ega. Ayni paytda kasbiy ma’naviyatning dolzarb muammolarini hal etish, shuningdek, kasbiy ma’naviyat kategoriyalarini tasniflashtirish, turkumlashtirish, kasb-kor madaniyatning nazariy jihatlarini ishlab chiqish, ayniqsa, kasb ma’naviyatining zamonaviy nazariy asoslarini yaratish kabi murakkab vazifalar ham o‘z yechimini kutmoqda. Kasbiy ma’naviyat ma’naviyatshunoslik tizimida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Chunki inson voyaga etib, bir kasbning boshini tutgach, o‘z kasbi doirasida odamlar bilan muntazam munosabatda bo‘ladi. Bu munosabat, bir tomondan, hamkasabalar davrasida ro‘y bersa, ikkinchi jihatdan, u kasb talabiga binoan uchrashadigan turli toifadagi odamlar bilan yuzaga keladi. Ayni paytda, kasbiy odob axloqiy madaniyatning eng yuksak shakllaridan biri; uning jamiyat ma’naviy hayotidagi o‘rni yuksak. Har bir jamiyatda muayyan guruhlar borki, egallagan kasblari ularni boshqa jamiyatdoshlariga nisbatan imtiyozli darajaga olib chiqadi. Ko‘pchilik jamiyat a’zolarining hayot-mamotlari, sog‘ligi, ma’naviy sog‘lomligi, huquqiy himoyasi, ilmiy salohiyatining namoyon bo‘lishi kabi omillar o‘shanday imtiyozli kasb egalarining o‘z kasbiy burch mas’uliyatini qay darajada his etishlariga, halollik va vijdon yuzasidan ish ko‘rishlariga bog‘liqligi hammaga ma’lum. Chunonchi, tabobat xodimini, jarrohni olaylik. Deylik, u har bir operatsiya kunida bir necha kishini hayotga qaytaradi; yuzlab odamlar uning yordamiga muhtoj, unga umid va ishonch, ilinj bilan qaraydilar. Bordi-yu, shaxsiy manfaat yo‘lida jarroh o‘z bemoriga xiyonat qilsa-chi, ya’ni, uni qasddan halok etsa-chi? Kim uni shunday qilmasligini kafolatlaydi? Yoki jurnalistni olaylik. U shaxsiy manfaati yo‘lida, kasbining kamyobligidan foydalanib, begunoh kishilarni ma’naviy azobga qo‘yishi, atayin jamiyat oldida sharmanda qilishi va shuning hisobiga o‘zining ba’zi bir muammolarini hal qilib olishi mumkin emasmi? Mumkin. Zero, to haqiqat yuzaga chiqquncha nohaq tanqidga uchragan shaxs qanchalar ruhiy istirob chekadi. Xo‘sh, jurnalistning shunday qilmasligini kim kafolatlaydi? Shu bois boshqalarning qo‘lidan kelmaydigan ishlarni bajara oladiganlar faoliyatida o‘zboshimchalik, manfaatparastlik, xudbinlik va kasbni suiiste’mol qilish singari illatlarga yo‘l qo‘ymaslik uchun, shuningdek, ular axloqiy darajasini yuksak bosqichda turishini ta’minlash maqsadida ko‘p hollarda o‘zaro qoidalar majmuyi yaratilgan. Bu qoidalar majmuyi, odatda, qasamyod yoki me’yorlar ko‘rinishini olgan. Uni buzish o‘ta odobsizlik va axloqsizlik, hatto jamiyatga xiyonat tarzida baholanadi. Bunday qasamyodlar juda uzoq tarixga ega. Misol tariqasida hozirgi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan Qadimgi Yunon hakimi Gippokrat (milodgacha V—IV asrlar) tomonidan qisqa va lo‘nda shaklda tuzilgan, tabobat xodimlari kasbiy odobi qonun-qoidalari jamlangan mashhur «Hippokrat qasami»ni keltirish mumkin. Tarixda o‘z dushmanini davolagan tabiblar ham ko‘p uchraydi. Chunonchi, qadimgi hind eposi «Ramayana»da (II asr) behush yotgan Lakshman boshida turgan devlar shohining xos tabibi kechinmalari shu jihatdan muhim. Tabib oldida ikki yo‘l bor edi: biri saltanat dushmanini muhtoj bemor sifatida davolash, ikkinchi yo‘l davolashdan bosh tortish bilan uni o‘limga mahkum etish. Tabib uzoq mulohazadan so‘ng tabiblik odobi qoidalariga bo‘ysunishni — Lakshmanni davolashni afzal ko‘radi. Zero, kasbiy odob qonun-qoidalari talabiga ko‘ra, bemor to‘shagi ustidagi tabib uchun do‘st yoki dushman degan tushunchalar o‘z ma’nosini yo‘qotadi, uning qoshida faqat tibbiy yordamga intizor, shafqatga muhtoj, zaif inson yotadi. Davolanib hayotga qaytgan Lakshman devlar mamlakatining tengsiz buyuk jangchisi va saltanat valiahti Indirjidni jangda halok etadi hamda tabib fuqaro bo‘lgan Lanka davlatining tanazzuliga yo‘l ochadi. Lekin kitobxon tabibni xiyonatkor yoki sotqin demaydi, aksincha, uning ma’naviy jasoratiga, halolligiga, kasbiy burchiga sodiqligiga hayrat bilan tasannolar o‘qiydi. Shuningdek, Sharqning buyuk notig‘i Husayn Voiz Koshifiyning «Futuvvatnomayi sultoniy yohud javonmardlik tariqati» nomli kitobida kasb etikasi va kasbiy odob muammolariga atroflicha to‘xtalib o‘tadi. Xususan, kitobning beshinchi bobining o‘n to‘rtinchi, o‘n beshinchi va o‘n oltinchi fasllari turli kasb egalari odobiga bag‘ishlangan. Masalan, o‘n to‘rtinchi fasl «Kasb-kor va savdo-tijorat odobi haqida» deb nomlanadi va umuman kasb egasi, ayni paytda, savdo-tijorat ahli odobi qonun-qoidalarini o‘zi ichiga oladi. Koshifiy yozadi: «Bilgilkim, hamma kasblarga birday taalluqli qisqacha qoida- adablar mavjud, shuningdek, har bir kasb uchun alohida odob ham bor. Agar barcha kasblar uchun zaruriy odoblar xulosasi nechta, deb so‘rasalar, sakkizta deb aytgil: birinchidan, o‘z kasbini haromdan, shubhali mol-mablag‘dan pok saqlasin. Ikkinchidan, rizq-ro‘zi zarurati uchungina kerakli kasb bilan shug‘ullansin, kasbni mol-dunyo to‘plashga sarflamasin. Uchinchidan, kasb obro‘ olish, yaxshi nom chiqarishning sababi, deb bilsin. To‘rtinchidan, moli harom odamlar (amaldorlar, poraxo‘rlar, qaroqchilar, o‘g‘rilar, qimorbozlar, kazzob do‘kondorlar) bilan muomala qilmasin...».1 Koshifiy sotuvchi odobi, xaridor odobi, xodimlar (xizmatkorlar) odobi, maddohlar odobi singari masalalarda ham xuddi shunday asosli fikrlar bildiradi. Garchand, «Futuvvatnomayi Sultoniy» javonmardlik (jo‘mardlik) tariqati darveshlariga atab yozilgan bo‘lsa-da, unda ilgari surilgan axloqiy tamoyillar va g‘oyalar umummintaqaviy, umuminsoniy qamrovga ega. Zero, buyuk forsigo‘y o‘zbek shoiri Pahlavon Mahmud ma’lum ma’noda yangilagan bu tariqat darveshlik xirqasini kiygan, lekin zarur bo‘lsa, barcha qurollar turini ishga solib, Vatan himoyasiga otlanishni birinchi galdagi vazifasi deb bilgan erkparvar insonlar sulukidir. Shu bois mazkur kitobda diniylik dunyoviylikdan ajratilmaydi, ular bir-birini to‘ldirishi bilan inson hayotini axloqiylashtiradigan, go‘zallashtiradigan hodisalar sifatida talqin etiladi. Javonmardlikning harbiylashtirilgan nasroniylar ritsarlik ordenlaridan farqi ham shunda. Koshifiy ilgari surgan axloqiy g‘oyalar hozirgi kunda ko‘p jihatdan o‘z ta’sir kuchini yo‘qotgan emas. Ayniqsa, uning tijoratchi, sotuvchi va xaridor odobiga doir qoidalarini zamonaviy bozorlarimiz, tijorat markazlarimiz va do‘konlarimiz devorlariga yozib qo‘yish ayni muddao bo‘lur edi. Shuni alohida ta’kidlash zarurki, kasb etikasida burch asosiy mezoniy tushuncha hisoblanadi. Chunki, burch, mohiyatan, jamiyat, davlat va shaxslarga nisbatan muayyan individdagi munosabat, ular oldidagi majburiyat. U vijdon, e’tiqod, mas’uliyat kabi tushunchalar bilan mustahkam bog‘liq. Umuman, hayotda insonning har bir xatti-harakati zamirida burch tushunchasi - burchga sadoqat yoki xiyonat yotadi. Rahbarlik odobi va uning axloqiy jihatlariga doir mana bu fikrlar g‘oyat ibratlidir: Oddiy kishilarning rahbarlarga munosabati ikki fuqaro o‘rtasidagi munosabatgina emas. Ayni paytda u jamiyatda qaror topadigan ma’naviy-ruhiy, siyosiy-axloqiy muhitni ham yaratadi. ... Haqiqiy rahbar odamlarning ko‘ngliga yo‘l topib, ularni ezgulikka, yaxshilikka, yaratishga da’vat etadi. Yuqorida keltirilganlardan ko‘rinib turibdiki, kasb ma’naviyati muammosi, ba’zilar o‘ylaganidek, kasbiy ma’naviyat fanining mayda masalalaridan emas. Uni har tomonlama o‘rganish, kasbiy erkinlik va kasbiy burch munosabatini tadqiq etish XXI asr ma’naviyatshunosligida muhim o‘rin egallajdi. Zero, kasbiy odob shaxs va jamiyat ma’naviyiy hayotida o‘zini amaliy axloq tarzida namoyon etuvchi ma’naviy hodisa sifatida baholanishi lozim. Ma’naviyatli inson – halol, kasbiga, oilasiga, sadoqatli, mas’uliyat va iroda sohibidir. Ma'naviyat har qanday faoliyatning va eng avvalo, kasbiy faoliyatning muhim va zaruriy qismidir. U mehnat xatti-harakatlarini boshqarish, uni kasbiy takomillashtirish, samarali, sifatli ishlashga yo'naltirish qobiliyati sifatida namoyon bo'ladi. Ma'naviyat faol hayotiy pozitsiyaga ham ta'sir qiladi, bu esa professionallikka intilishdan tashqari, ijodiy, mazmunli mehnatga qiziqishni shakllantirish va amalga oshirishda namoyon bo'ladi. Kasbiy yuksalish (gorizontal va vertikal) insonning maqsadli ekanligini, o'z ishining qadr-qimmatini, uning shaxsiyatining o'ziga xosligini tan olishni xohlashini ko'rsatadi, shuningdek, qobiliyatlarni amalga oshirish zarurati dolzarbligini ko'rsatadi. Ma’naviyat ham shundan iboratki, inson o‘z ishidan nafaqat moddiy qoniqish hosil qiladi, balki o‘z kasbiga chinakam sodiq bo‘ladi, uni doimo takomillashtirib boradi. Shu bilan birga, kasbiy faoliyat tabiiy va ijtimoiy muhitni insonparvarlashtirish, umumiy manfaatni ta'minlash, shaxsiy yoki guruh manfaatlarini ko'zlab atrof-muhitni buzmaslik uchun uni o'zgartirishga hissa qo'shishi kerak. O’quv qo’llanma NamDU barcha magistratura mutaxassisliklari 2-kurs talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ulardan kasbiy munosabatlarda ma’naviy qonun- qoidalarni bilish, kasbiy faoliyatda yuksak madaniyatli, mas’uliyatni anglash, kasbga halol munosabatda bo’lish, kasbiy axloq qoidalarini bilish, jamoada va kasb taqozosi bilan boshqa inasonlar bilan munosabatlarda qo’llay olish talab etiladi. Shuningdek, kasbiy munosabatlarda halollik va mas’uliyat jamiyat uchun ham, kasb sohibi uchun ham muvaffaqqyat garovi ekanligini bilish ko’nikma xosil qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Yangilanayotgan O’zbkistonda rivojlangan demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etishda har bir kasb soxibi o‘z xizmat vazifalarini kasb axloqi normalariga asoslangani holda ado etishlari sog’lom muxit omilidir. O’quv qo’llanma mashg‘ulotlari talabalarni yo‘naltirish, ya’ni ularda fundamental bilim va zururiy amaliy ko‘nikmalarning shakllantiriish maqsadida olib boriladi. O’quv qo’llanma Kasbiy ma’naviyat kursi orqali talabalarda ilmiy kasb am’naviyatiga doir bilim, ko‘nikmalarni shakllantirish va keyinchalik kasbiy faoliyatlarida ulardanfoydalanish uchun zamin yaratadi. Ushbu xususiyat orqali magistrantlar kasb sohibi sifatida kasbiy munosabatlar ma’naviyatini o’zlashtiradilar. Kasbiy ma’naviyat o’quv qo’llanmai magistrantlarga kasbiy faoliyatlari jarayonida mas’uliyat, burch, vijdon, hushmuomalalik, kamtarlik, kasbga sadoqat, halollik, kabi xususiyatlarning ahamiyatini talabalarga yetkazish va ularda, ushbu tushunchalarga nisbatan e’tiqodni shakllantirish o’quv qo’llanmaning asosiy maqsadidir. Maqsadga erishish bir necha muhim vazifalarni amalga oshirishni talab etadi. Ular quyidagilardan iborat: • Magistrantlarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining«Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2021 yil 26 martdagi PQ-5040-son qarorining mazmunini yetkazish; • Magistrantlarni kasbiy faoliyatning ma’naviy jihatlarini anglab yetishlariga erishish; • Magistrantlarda kasb ma’naviyatiga oid tushunchalarni bilish va qo’llay olishiga erishish va h/k.. Download 68.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling