Kasbiy nutqning qo‘llanilish sohalari


Download 39.53 Kb.
bet1/12
Sana18.12.2022
Hajmi39.53 Kb.
#1031232
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Kasbiy nutqning qo‘llanilish sohalari.1


Kasbiy nutqning qo‘llanilish sohalari.
Nutq – tildagi mavjud ifoda vositalaridan foydalangan holda real likka aylangan fikr bo‘lib ikki xil ko’rinishda namoyon bo‘ladi: 1. ICHKI NUTQ O‘qituvchi ongida hosil bo‘ladigan, hali amalga oshmagan til ele ment laridan tashkil topgan, kishining og‘iz ochmasdan fikrlashi, mulo haza yuritishi, o‘ylashi ichki nutqdir. 2. TASHQI NUTQ. (оg’zаki): mоnоlоg, diаlоg, yozmа: dоklаd, rеfеrаt, аnnоtаtsiya vа bоshqаlаr.
Nutq texnikasi: nafas olish, tovush, diksiya, ritmika Pedagogik texnikaning tarkibiy qismlaridan biri o‘qituvchining nutq malakalarini, ya’ni savodli gapirish, o‘z nutqini chiroyli va tushunarli, ta’sirchan qilib bayon etish, o‘z fikr va his tuyg`ularini so‘zda aniq ifodalash malakalarini egallashdan iborat. O‘qituvchining nutq madaniyatiga ega bo‘lishi, to‘g`ri nafas olishni ishlab chiqishi eng katta – eng asosiy qiymatdir. Og`zaki nutq mahoratini yuksaltirish, nafaqat hikoya va tushuntirish, balki urg`u berilgan so‘z ham pedagogik ta’sir usullaridan yaxshiroq foydalanishga imkon yaratadi. Nafas olish organizmga hayot bag`ishlovchi fiziologik funktsiyani bajaradi. Shu bilan birga u nutq energiya bazasi bo‘lib ham hisoblanadi. Nutq so‘zlayotganda nafas olish – fonatsion nafas olish deyiladi (rengo-tovush). Kundalik hayotdagi nutq asosan dialog shaklida bo‘ladi. Shuning uchun ham nafas olish ortiqcha qiyinchilik tug`dirmaydi. Dars davomida o‘qituvchi juda ko‘p gapiradi, yangi mavzuni tushuntiradi, ma’ruza o‘qiydi. Nutq so‘zlashda qaysi mushaklarning ishtirok etishiga qarab nafas olish bir nechta turga bo‘linadi.
O’qituvchining nutq malakasini shakllantirish yo’llari Ongli ravishda ovozni mashq qildirish uzoq, muntazam va individual davom etadi. Ko‘p olimlar olib borgan tadqiqotlari shuni ko‘rsatadiki, past ovoz o‘quvchilar tomonidan yaxshi idrok etiladi. Past ovoz ularga yuqori ovozga nisbatan yoqadi. Yuqori ovoz o‘quvchilarni ham, o‘qituvchining o‘zini ham tez charchatib qo‘yadi. O‘qituvchi kasb kasalliklarining 40, 2 foizini ovoz kasalliklari tashkil etadi. Ovoz kasalligining sabablari: a) yuqori ovozda gapirish; b) ovoz apparatlaridan to‘g`ri foydalanmaslik; v) ovoz gigiyenasiga amal qilmaslik; g) ovoz apparatining tug`ma kamchiliklaridir. Turli xil ovoz kasalliklarining oldini olish maqsadida ishdan so‘ng pedagog 2 3 soat davomida kam va sekin gapirishi kerak. 3 4 soat dars berishdan so‘ng bir soat ovoz apparatlariga dam 16 berish kerak.
Agar martabaga yetmaganlarning suhbat odobi nechta deb so‘rasalar, bu ham sakkizta deb aytgil. Birinchidan, so‘ramaguncha gapirmasin. Ikkinchidan, gapirayotganda ovozini baland ko‘tarmasin. Uchinchidan, gapirayotganda o‘ngu so‘liga qaramasin. To‘rtinchidan, g‘arazli va kinoyali gaplarni ga­pirmasin. Beshinchidan, qattiq gapirmasin va betgachoparlik qilmasin. Oltinchidan, (pushaymon bo‘lmaslik uchun o‘ylab gapirsin. Yettinchidan, odamlar gapini bo‘lib so‘z qotmasin. Sakkizinchidan, ko‘p gapirmasin. Chunki ko‘p gapirish aqli noqislik belgisidir. Oz bo‘lsa ham soz gapirishni shior etsin. Agar qaysi til bilan so‘z so‘zlaysan deb so‘rasalar, sidqu-sadoqat tili bilan deb aytgil. Agar so‘zni qaysi quloq bilan eshitasan deb so‘rasalar, qabul qulog‘i bilan aytgil. Agar so‘z senikimi yoki sen so‘znikimi deb so‘rasalar, aytgil: men so‘zniki va so‘z menikidir, chunki so‘z insonlik daraxtining mevasidir. Daraxtni mevadan, mevani esa daraxtdan ajratib bo‘lmaydi. Voiz Koshifiy mana shu tarzda asarning oltinchi bobining ikkinchi faslida ma’raka tuzuvchi so‘z ahli, ya’ni notiqlar haqida ma’lumot berib, ularni uch toifaga ajratadi: «birinchi toifa – maddohlar, g‘azalxonlar va saqqolar (meshkobchilar). Ikkinchi toifa – xossago‘ylar (dorifurushlar) va bisotandozlar (ko‘rgazmachilar). Uchinchi toifa – qissa so‘ylaguvchilar va afsona aytuvchilar. Ularning har birining fazilatlari haqida so‘z yuritib, adab shakllarini birma-bir ko‘rsatib, nutq so‘zlaganlarida me’yorni saqlash lozimligini bir necha bor takrorlaydi. O‘rta Osiyo notiqligining o‘ziga xos xususiyati uning xalq ommasi hayotining turli jabhalarini qamrab olganligida edi. O‘sha davr nutqiy san’at ustalarining nadimlar, qissago‘ylar, masalgo‘ylar, badihago‘ylar, qiroatxonlar, muammogo‘ylar, voizlar, go‘yandalar, maddohlar, qasidaxonlar deb yuritilganliklari ham slumdan dalolat beradi. Tajriba shuni ko‘rsatadiki, muomala odobini saqlash nihoyatda og‘ir va mas’uliyatli vazifa. Garchi uning umuminsoniy va milliy qoidalari mavjud bo‘lsa ham, u har bir kishida ularning o‘zligini ko‘rsatuvchi alohida fazilat sifatida namoyon bo‘ladi. Shuning uchun ham bir vaziyatdagi muomala jarayoni ikkinchi holatda qaytarilmasligi mumkin. Har qalay, biz odobning umuminsoniy aqidalaridan xabardor bo‘lishimiz zarur. Muloqot jarayonida har ikki omil – til va tildan tashqaridagi omillar baravar ishtirok etganligi hamda birdek ahamiyatga ega bo‘lganligi uchun bu o‘rinda ularni ajratishga harakat qilmaymiz. Asosiy e’tiborni jarayonning o‘ziga qaratamiz. Tushunishimizcha, nutq odobining zarur sharti yoshi, jinsi, jamiyatda tutgan mavqeidan qat’i nazar, suhbatdoshlar o‘rtasidagi samimiy munosabat va hurmat-ehtirom bo‘lib hisoblanadi. Mana shu omillar bo‘lgan joyda so‘zlovchining o‘z shaxsini ustun qo‘yishiga, suhbatdoshini mensimasligiga, fikrini ortiqcha ovoz va harakatlar bilan ifoda etishiga o‘rin qolmaydi. Bunday paytlarda, odatda, suhbat ijobiy yakunlanadi. Faqat shu narsani ta’kidlash mumkin bo‘ladiki, suhbat jarayonida ohang juda katta vazifani bajaradi. Kayfiyat qanday bo‘lishdan qat’i nazar bu jarayonda eng ma’qul ohangni tanlash so‘zlovchini maqsadiga erishtiradi. So‘zlarni aniq-ravshan talaffuz qilish, muloyim va mayin ovoz bilan hovliqmasdan gapirish tinglovchida hamisha so‘zlovchini tushunishga harakat qilish istagini paydo qiladi. Birgina o‘tiring so‘zini turli ohangda talaffuz qilish bilan vaziyatga qarab iltimos, talab, maslahat, ogohlantirish, buyruq, jerkish kabi ma’nolarni ifoda etish mumkinShuning uchun ham gapirganda ohangga ehtiyot bo‘lish lozim. Mustaqillikdan keying o‘tgan davrda muomala jarayonidagi ayrim til birliklariga munosabat o‘zgardi

Download 39.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling