Kasbiy pedagogika” fan sifatida Reja: “Kasb ta’limi pedagogikasi” fanining maqsad va vazifalari


O‘zbekiston Respublikasininng ta’lim tizimi, shu jumladan kasb-hunar pedagogikasining metodologik asoslari


Download 389.03 Kb.
bet18/128
Sana07.02.2023
Hajmi389.03 Kb.
#1173587
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   128
Bog'liq
MA

2. O‘zbekiston Respublikasininng ta’lim tizimi, shu jumladan kasb-hunar pedagogikasining metodologik asoslari
-O‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi;
-O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni;
-O‘zbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi Qonuni.
Shuningdek, buyuk mutafakkirlar va olimlarning ta’lim-tarbiya haqidagi g‘oyalari, hukumat qarorlari, farmon va farmoyishlar kabilar.
Konstitusiya mohiyati va mazmuni boshqa ijtimoiy fanlarni o‘rganish davrida chuqur o‘rganganilishi bois, uning bevosita ta’lim-tarbiya bilan takomillashib boruvchi hujjat ekanligini e’tirof etish zarur.
Mustaqil O‘zbekistonning “Ta’lim to‘g‘risida”gi ilk Qonuni 1992 yil 2 iyuldan amalga joriy etilgan bo‘lib, u VII bo‘lim 44 moddadan iborat edi.
Amaldagi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun 1997 yil 29 avgustda qabul qilingan bo‘lib, 34 ta moddadan iborat. Bu qonunga binoan respublikamizda shu paytgacha hech bir mamlakatda avval ishlab chiqilmagan va amalga joriy etilmagan “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonuni ham O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisi 1X sessiyasida 1997- yil 29-avgust kuni qabul qilindi. Bu qonun quyidagi bo‘lim va fasllardan tashkil topgan.
Bo‘lim. Umumiy qoidalar. Muammolar va kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish omillari:
rivojlanishning erishilgan darajasi;
kamchiliklar va muammolar;
isloh qilish omillari.
Milliy dasturning maqsadi vazifalari va uni ro‘yobga chiqarish bosqichlari:
2.1. Dasturning maqsad va vazifalari;
2.2. Dasturni ro‘yobga chiqarish bosqichlari.
Kadrlar tayyorlashning milliy modeli.
3.1. Shaxs;
3.2. Davlat va jamiyat
3.3. Uzluksiz ta’lim;
3.3.1. Uzluksiz ta’limni tashkil etish va rivojlantirish prinsiplari;
3.3. 2. Uzluksiz ta’limni isloh qilish yo‘nalishlari;
3.3. 3. Uzluksiz ta’lim tizimi va turlari: maktabgacha ta’lim; umumiy o‘rta ta’lim; o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi; oliy ta’lim; oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim; kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash; maktabdan tashqari ta’lim;
3.4. Kadrlar tayyorlash tizimida fan;
3.5. Kadrlar tayyorlash tizimida ishlab chiqarish;
IV. Kadrlar tayorlash tizimini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari:
4.1.Ta’limning uzluksizligini ta’minlash;
4.2. Pedagog va ilmiy pedagog kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirish;
4.3. Ta’lim jarayonini mazmunan isloh qilish;
4.4. Ma’naviy axloqiy tarbiya va ma’rifiy ishlar;
4.5. Iqtidorli bolalar va iste’dodli yoshlar;
4.6. Ta’lim tizimini boshqarish;
4.7. Kasb ta’limi tizimi sifatini nazorat qilish tizimini shakllantirish;
4.8. Ta’lim tizimini moliyalash;
4.9. Moddiy-texnika ta’minoti;
4.10. Ta’lim tizimini yaxlit axborot makoni monitoringini vujudga
keltirish;
4.11. Ta’lim xizmati ko‘rsatish bozorini rivojlantirish;
4.12. Ta’lim sohasida ijtimoiy kafolatlarni ta’minlash hamda bu
sohani davlat tomonidan qo‘llab- quvvatlash;
4.13. Fan va ta’lim jarayonlari aloqalarini rivojlantirish;
4.14. Ishlab chiqarish va ta’lim tizimi integrasiyalashuvini
rivojlantirish;
4.15. Ta’lim bilan kadrlar tayyorlash sohasidagi xalqaro hamkorlik;
V. Dasturni ro‘yobga chiqarishga doir chora-tadbirlar.
Yuqorida keltirilgan qisqa jumlalar mazmuni umuman respublikamiz ta’lim tizimi, shuningdek kasb-hunar ta’limining ham metodologik asosi ekanligiga ishoradir. Kasb-hunar ta’limining metodologik asoslarisiz uning maqsadi, vazifalari, mazmuni, tashkil etish shakllari, metod va vositalari, ishtirokchilari natijalari hamda bu jarayonga ta’sir etuvchi boshqa omillarni asosli o‘rganish mumkin emas. Kasb ta’limining metodologik asoslari uning meyoriy hujjatlarini aniqlashga imkon beradi.
Ma’lumki, bo‘lajak kichik mutaxassislarni tayyorlash ishi bevosita davlat va jamiyatning talab hamda ehtiyojlariga asoslanib, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim tizimidagi tayyorlov yo‘nalishlari kasblar va ixtisosliklar tasniflagichida o‘z ifodasini topadi. Amaldagi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limidagi tayyorlov yo‘nalishlari kasblar va ixtisosliklar umumiy davlat tasniflagichi (2006y) O‘zbekiston Respublikasida texnikaviy, iqtisodiy va ijtimoiy axborotlarni tasniflash va kodlashtirish bo‘yicha yagona tuzilma tarkibiga kiradi va Vazirlar Mahkamasining “Uzluksiz ta’lim tizimi uchun davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqish va joriy etish to‘g‘risida”gi 1998 yil 5-yanvardagi 5-sonli qarori asosida ishlab chiqilgan. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari tayyorlov yo‘nalishlari kasblar tasniflagichining tasniflash obektlari hisoblanib, unda tayyorlov yo‘nalishlari nomi, kodi va shu tayyorlov yo‘nalishlari turkumiga kiruvchi kasblar nomi va kodi hamda ixtisosliklar ro‘yxati keltirilgan.
Tasniflagichda ta’lim haqidagi meyoriy hujjatlarni indeksasiyalash maqsadida foydalaniladigan ta’limning halqaro standart tasniflash kodlari ham keltirilgan.
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limidagi tayyorlov yo‘nalishlari kasblar va ixtisosliklar umumdavlat tasniflagichini joriy etish oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi standartlari bilan birga tasniflagichlarni ishlab chiqish va yuritish tartibiga RST O‘z. 6. 01.02 95 ga muvofiq ravishda amalga oshiriladi.
Tasniflagich o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi o‘quv yurtlari bitiruvchilarini ish bilan ta’minlovchilar, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limida Davlat ta’lim standartlari o‘quv rejalari, dasturlari va boshqa meyoriy hujjatlarni ishlab chiqaruvchilar ta’lim muassasalari rahbarlari, respublika va mahalliy boshqaruv tashkilotlar mutaxassislari, vazirliklar, muassasalar va boshqa respublikamiz xo‘jaliklarini rivojlantirishda faoliyat ko‘rsatayotgan subektlar uchun mo‘ljallangandir. Tasniflagich kasb-hunar kollejlari va boshqa tashkilot hamda muassasalarning qaysi vazirlikka, qarashliligidan va mulkchilik shaklidan qat’iy nazar aynan qo‘llanilishi shart.
Tasniflagichda quyidagi tariflar qo‘llanilgan: tayyorlov yo‘nalishlari, kasblar va ixtisosliklarning umumdavlat tasniflagichi (TYKIUT), O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi o‘quv muassasalarida kichik mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha tayyorlov yo‘nalishlari, kasblar va mutaxassisliklarning tizimlashtirilgan ro‘yxati.
Malaka mutaxassisning kasbiy tayyorgarlik darajasi, undagi ma’lum ishni bajarish uchun zarur bo‘lgan bilimning aniq, tez fursatda, talab darajasida bajarilishidir.
Mutaxassisning malakasini belgilovchi ko‘rsatkich bo‘lib, u haqida toifa yoki diplomning mavjudligi hisoblanadi.
- nazariy va amaliy bilimlar majmuasiga kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalarga;
- mazkur jamiyatda o‘zining muvaffaqiyatli hayot darajasini ta’minlaydigan umumiy va kasbiy madaniyat, ijtimoiy ahamiyatli xususiyatlar va shaxsiy fazilatlarga ega bo‘ladi.
Kasbiy faoliyat sohasi (KFS) kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalarning qo‘llanish doirasidir, uning nomlanishi iqtisodiy sohalar nomlari bilan moslashtirilgan
O‘MKHT ta’lim muassasalaridagi tayyorlov yo‘nalishlari aniq kasbiy faoliyat sohasida mutaxassislarga kasbiy ta’lim berish doirasidir. Mutaxassislar kasbiy faoliyatining aniq sohasi bo‘yicha tayyorlov yo‘nalishlari nomi mehnat faoliyatining mazmuni va xususiyati orqali aniqlanadi.
Kasb – ish- faoliyatning ma’lum tajriba, tayyorgarlik talab etadigan turi, sohasi.
Ixtisoslik – ilm- fan, texnika, san’at sohalarida aniq bir mutaxassislik.
O‘MKHT tayyorlov yo‘nalishlari va kasblar kodi kasbiy faoliyat sohalariga muvofiq kasblar va ixtisosliklar bo‘yicha tayyorlov yo‘nalishlari ixtisoslashtirilgan ro‘yxatining raqamli belgisidir.
Ikkinchi raqam-bilim sohasi kodi;
Uchinchi raqam-ta’lim sohasi kodi;
To‘rtinchi va beshinchi raqamlar-tayyorlov yo‘nalishi kodi;
Oltinchi va yettinchi raqamlar-mutaxassislik kodi
Uzluksiz ta’lim tizimidagi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi va oliy ta’lim (bakalavriat)da uzviylikni ta’minlash maqsadida o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limidagi tayyorlov yo‘nalishlari kodlari oliy ta’limning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari kodlariga moslashtirilgan.



Download 389.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling