Kasbiy pedagogika” fan sifatida Reja: “Kasb ta’limi pedagogikasi” fanining maqsad va vazifalari
O‘MKHT da kichik mutaxassis tayyorlash tizimi
Download 389.03 Kb.
|
MA
3. O‘MKHT da kichik mutaxassis tayyorlash tizimi
Hozirgi ishlab chiqarishga kelayotgan mutaxassislarning uchdan bir qismi avval maktabda mehnat va kasbgacha tayyorlanmokdalar, keyin kasb- hunar kollej tizimida kichik mutaxassis darajasigacha tayyorgarlik ko‘rmokdalar. Buning vazifasi va sababini shu bilan izohlash mumkinki, jamiyatimiz rivojlanishining hozirgi bosqichida fan-texnika taraqqiyotining jadallashuvi kichik mutaxassislar turli soha va ularning tarmoqlari bo‘yicha madaniy texnik-texnologik saviyasini oshirishga, ularning tayyorgarligini tubdan yaxshilashga e’tiborni kuchaytirishga taqozo etmoqda. "Ta’lim to‘g‘risida"gi qonun va qarorlar, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlaridagi har bir kichik mutaxassis mehnatining mazmunini tubdan o‘zgartirishni talab qilmokda. Ularning aqliy va jismoniy faoliyati elementlari o‘rtasidagi nisbat ancha o‘zgarmoqda. Hozirgi zamon kichik mutaxassis mehnati intellektual mazmun bilan tobora boyimoqda va ilmiy asosda tashkil topmoqda. Aqliy hamda amaliy ishlarning o‘zaro uzviy bog‘lanishi bilan xarakterlanmoqda. Kichik mutaxassis o‘z vazifalarini bajarishlari uchun shuningdek, ishlab chiqarishni amalga oshirishda ommaviy ravishda qatnashayotganlarida nazariy izlanishlari uchun chuqur va puxta bilimlarga ularni amalda qo‘llab olish mahoratiga ega bo‘lishlari kerak. Shunga ko‘ra, kichik mutaxassislarning hozirgi ishlab chiqarishda ishtirok etishlari murakkab va tez o‘zgaradigan aniq mehnat sharoitlarida chuqur bilimlarini ijodiy qo‘llashlarini talab qilmokda. Shuning uchun umumta’limiy va keng politexnik asosdagi kasb tayyorgarlikka ega bo‘lish majburiyati vujudga kelmokda. Bularning hammasi maktabdan boshlab kasb-hunar kollej tayyorgarchilikka kadrlar ta’limi tizimini jiddiy qayta qurish jarayoni o‘tmokda. Shuningdek, bu ish faqat bizda muayyan bilimlar majmuasini o‘zlashtirgan kishi sifatida emas, balki eng avvalo g‘oyaviy maqsadga, yuksak axloq va mehnat madaniyatiga ega bo‘lgan O‘zbekiston mustaqil davlat va jamiyat fuqarosi hamda faol quruvchisi sifatida tarbiyalangan insonning o‘zini umumiy kamol toptirish bilan ham bog‘likdir. Bu borada kasb ta’limi o‘kituvchisi mehnat ta’limi va kichik mutaxassisi tayyorgarlikning o‘zaro bog‘lanishining takomillashtirishning muhim yo‘nalishlaridan biri tayyor metodik tavsiyalar bo‘yicha ishlashdan metodik qo‘llanmalarning optimal variantlarini ongli ravishda tanlashga o‘tishdir. Tavsiya shaklidagi ana shu tajriba sinov qo‘llanma olimlar bajargan tadqiqotlarning, so‘nggi yillarda to‘plagan ilg‘or pedagogik tajribalarni umulashtirishning natijalari asosida tuzilgan. Mehnat va kichik mutaxassislik tayyorgarlik ta’limdagi o‘zaro bog‘lanishning maqsadga muvofiqligini kuchaytirish uchun har bir darsda ta’limning, O‘zbekistonning mustaqillik mafkura asosida shakllanayotgan ta’lim- tarbiyaning va ularni rivojlantirishning eng muhim vazifalari majmua hal qilishni ta’minlash kerak. Bu ish har bir darsning mazkur yo‘nalishdagi vazifalarini bosqichma-bosqich hal kilishni izchil yo‘lga qo‘yishni to‘g‘ri xulosalar chiqarishni taqozo qiladi. O‘zaro bog‘lanish qonunlari bo‘yicha tashkil etilgan dars mazmunida axborotlar hajmini oshirish uchun umumlashtirish natijalaridan foydalanish, o‘quvchilarni asosiy tushunchalarni ajratishga nazariy qoidalarni tuzishga, qo‘yilgan vazifalarni hal qilishning to‘g‘ri yo‘llarini izlashga yo‘naltirish kerak. Mehnat va kichik mutaxassislik tayyorgarlik ta’limdagi o‘zaro bog‘lanish bo‘yicha o‘quv operasiyalarini bajarish suratini tezlashtirish uchun ularni har bir mavzuda ishning har bir turida mustaqil ishlashda, o‘quvchilarning ham yoshiga, ham aqliy rivojlanishiga bog‘liq rasionalizatorlik faoliyatida anglab borish lozim. Download 389.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling