Kasbiy pedagogika” fan sifatida Reja: “Kasb ta’limi pedagogikasi” fanining maqsad va vazifalari


Download 389.03 Kb.
bet110/128
Sana07.02.2023
Hajmi389.03 Kb.
#1173587
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   128
Bog'liq
MA

Uslubiy kengash - odatda uslubiy kengash har oyda o‘z yig‘ilishlarini o‘tkazishi rejalashtiriladi. Uslubiy kengash pedagogik kengashga bo‘ysunadi va kasb-hunar kollejlarida olib borilayotgan uslubiy ishlarni muhokama etadi. Unda o‘qituvchilar tomonidan yaratilgan uslubiy tavsiyalar, qo‘llanmalar, ma’ruza matnlari, majmualar, dars ishlanmalari kabilarni amalga joriy etish masalalarini muhokama etib xulosalar beradi. Ilg‘or pedagogik tajribalarni o‘rganish, umumlashtirish va ommalashtirish maqsadida yosh o‘qituvchilarga uslubiy yordam ko‘rsatadi.
Uslubiy komissiyalar – har bir kafedra qoshida tashkil etiladi. Ularning asosiy vazifasi tayyorlov yo‘nalishlari bo‘yicha kichik mutaxassislar tayyorlashda davlat ta’lim standartlari asosida ta’lim shakllari, metodlari va vositalarini tanlashga oid uslubiy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Shuningdek, ularda o‘qituvchilarning ijodiy ishlari muhokama etilib, amaliy ko‘mak ham beriladi.
Seminarlar, seminar-treninglarning maqsadi – o‘qituvchilar, muhandis-pedagoglar tomonidan o‘quvchilar shaxsini rivojlantirishga oid pedagogik-psixologik, fiziologik, gigiyenik, estetik va texnik bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashlariga amaliy yordam ko‘rsatishdan iborat. Odatda seminar mavzulari pedagogik jamoaning talab va ehtiyojlarini hisobga olgan holda shakllantiriladi va amalga oshiriladi. Seminar-treninglarning amaliy ahamiyati shundan iboratki, u o‘qituvchilar, muhandis-pedagoglarga dolzarb muammolarni tezkor hal etishga imkon beradi.
Ilmiy-amaliy konferensiyalar - ilmiy ish natijalari, ilg‘or pedagogik va ishlab chiqarish tajribalarini ommaviy muhokama etib, ularni amalga joriy etishga oid qarorlar qabul qilish maqsadida o‘tkaziladi.
Shu o‘rinda konferensiyalar aniq mavzular, muammolar, yo‘nalishlar bo‘yicha tashkil etilib, o‘tkazilishi ta’kidlash zarur.
Pedagogik o‘qishlar – ayni zamonda dolzarb bo‘lgan muammolarni ommaviy tarzda muhokama qilish maqsadida o‘tkaziladi.
Pedagogik o‘qishlarda eng dolzarb va maqbul yechim berilgan deb tan olingan ma’ruzalar viloyat, respublika pedagogik o‘qishlariga tavsiya qilinadi. Respublika miqyosida tan olingan ma’ruzalar esa ilg‘or tajribalar sifatida umumlashtirilib, amaliyotga tatbiq etish uchun tavsiya etiladi.
Yuqorida zikr etilgan uslubiy ishlar an’anaviy xarakterga ega bo‘lib, hozirgi kunda ular bilan birga noan’anaviy deb e’tirof etilayotgan quyidagi uslubiy ishlardan ham keng ko‘lamda foydanilmoqda:

Download 389.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling