Kasbiy pedagogika” fan sifatida Reja: “Kasb ta’limi pedagogikasi” fanining maqsad va vazifalari


Uzluksiz ta’lim tizimida o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi quyidagi talablar asosida tashkil etiladi va rivojlantiriladi


Download 389.03 Kb.
bet3/128
Sana07.02.2023
Hajmi389.03 Kb.
#1173587
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   128
Bog'liq
MA

Uzluksiz ta’lim tizimida o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi quyidagi talablar asosida tashkil etiladi va rivojlantiriladi:
- akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari faoliyat ko‘rsatishining normativ bazalarini ishlab chiqish va joriy etish;
soha uchun oliy ta’lim muassasalarining, ishlab chiqarish, fan va madaniyat sohasining mutaxassislarini jalb etgan xolda yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlashni, shu jumladan chet ellarda tayyorlash va qayta tayyorlashni tashkil etish;
- o‘rta maxsus, kasb-hunarta’limi o‘quv muassasa­lari uchun ta’lim va kasb-hunardasturlari, o‘quv-uslubiy majmualar ishlab chiqish;
- akademik litseylarning o‘quvchilari mehnat fao­liyati ko‘nikmalarini egallashlari uchun ixtisoslashtirilgan dasturlar ishlab chiqish va joriy yetish;
- kasb-hunarkollejlarida tayyorlanadigan mutaxassislarga nisbatan ixtisos va kasb- hunar, malaka talablarining ro‘yxatini ishlab chiqish.


3. “Kasbiy pedagogika” fanining boshqa fanlar bilan aloqasi
O‘zbekiston Respublikasida kasb ta’limi o‘qituvchilarini tayyorlash pedagogika institutlari va universitetlari hamda boshqa barcha oliy o‘quv yurtlarining kasb ta’limi fakultetlarida amalga oshiriladi.
Kasb ta’limi o‘qituvchilarini tayyorlash o‘quv rejasida gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy, matematik va tabiiy-ilmiy, umumkasbiy, ixtisoslik, qo‘shimcha va tanlov fanlari bloklaridagi fanlarni o‘qitish orqali amalga oshirish nazarda tutilgan. Umumkasbiy fanlar blokini psixologik-pedagogik, loyihalash - konstruktorlik - texnologik, ekspluatasion (Xizmat ko‘rsatish), konstruktorlik kurslariga ajratish mumkun.
Kasb ta’limi o‘qituvchnlarining psixologik-pedagogik jixatdan tayyorgarligi psixologik-pedagogik turkumdagi yoshlar fiziologiyasi va gigiyena, psixologiya, pedagogika kasb ta’lim pedagogikasi, pedagogik mahorat, pedagogik texnologiyalar, kasb ta’limi metodikasi, kasb tanlashga yo‘llash kabi fanlarni o‘zaro bog‘liqliqda o‘rganishda amalga oshadi.
Kasb ta’limi o‘qituvchisini tayyorlashda «Kasb ta’lim pedagogikasi» ixtisoslashtiruvchi fanlardan biridir. Bu fan boshqaa fanlar (pedagogika, psixologiya, kasb ta’limi metodikasi, kasb tanlashga yo‘llash va xokazolar)ni takrorlamaydi, balki ular bilan yakin bog‘lanishda bo‘ladi. Shu sababli «Kasb ta’lim pedagogikasi» fanini boshqa psixologik-pedagogik turkumdagi fanlarsiz u fanlarda olgan bilimlarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Ayrim psixologik-pedagogik turkumdagi fanlarni o‘rganmasdan, ulardagi bilimlarni egallamasdan turib «Kasb ta’lim pedagogikasi» fanini chuqur o‘zlashtirib bulmaydi.
Bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchisi «Kasb ta’lim pedagogikasi» fanini o‘rganar ekan, u quyidagi bir qator fanlarni o‘rgangan, u fanlardan chuqur bilimga ega bo‘lgan bo‘lishi kerak:
- umumiy psixologiyaning obekti, vazifalari. Psixologiya tabiiy va ijtimoiy fan sifatida. Psixika, haqida tushuncha, psixikaning oriyentirovka qiluvchanlik va boshqaruvchanlik vazifasi. Bosh miya va psixika. Psixika va ong. Psixologiya va falsafa. Sharq mutafakkirlarining psixologik qarashlari.
Muloqot psixologiyasi va nutq. Diqqat va uning turlari. Sezgi va idrok. Xotira va xayol. Tafakkur. Muammoli vaziyat va uni hal qilish. Temperament, uning o‘ziga xos xususiyatlari kabi masalalarni o‘rganuvchi umumiy psixologiya faninini;
- yosh va pedagogik psixologiyaning predmeti, uning rivojlanish tarixi, Sharq mutafakkirlarining qarashlari. yosh psixologiyasidagi maktablar. yosh psixologiyasini o‘rganish metodlari. Ta’lim mazmuni va psixik taraqqiyot. yoshning umumiy xarakteristikasi. yosh taraqqiyotini davrlashtirish.
Maktabgacha yosh davri xarakteristikasi. Kichik maktab yoshi davri psixologiyasi. O‘smir psixologiyasi, o‘spirin psixologiyasi. Ta’limni va bilimlarni o‘zlashtirishni boshqarish psixologiyasi. Ta’lim va aqliy taraqqiyot. Tarbiya metodlari va formalari. Bo‘lg‘usi o‘qituvchi shaxsi sifatlari. Pedagogik qobiliyat: nazariya va amaliyot kabi masalalarni o‘rganuvchi yosh va pedagogik psixologiya fanini;
- pedagogika fani, uning predmeti, metodologiyasi, ilmiy-tadqiqot obekti, metodlari.
«Ta’lim to‘grisidagi Qonun» va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi». Ta’limning uzviyligi va uzluksizligi. Uzluksiz ta’lim. Pedagog kadr tavsifnomasi. Pedagogika fanining maqsadiga ko‘ra tarmoqlari, boshqa fanlar, shu jumladan falsafa, psixologiya fanlari bilan aloqasi. Pedagogik antropologiY. Shaxs, ta’lim va tarbiY. Xorijiy mamlakatlardagi tarbiyaga qisqacha izoh. Yagona pedagogik jarayon. Didaktika – ta’lim nazariyasi. Didaktikaning vazifalari. Ta’limning rivojlanish yo‘nalishlari (konsepsiyasi): uzluksiz ta’lim konsepsiyasi, texonologizasiya konsepsiyasi, ta’lim paradigmalari.
Didaktik prinsiplar(tamoyillar). O‘qitish jarayoni, o‘qitishning ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi vazifalari. Ta’limning psixologik, fiziologik asoslari. Ta’limda ilmiylik, izchillik, muvofiqlik, ijodiylik va boshqa prinsiplar. Ta’lim jarayonida motivasiY.
Ta’lim metodlari, vositalari va texnologiyalari. Umumiy va xususiy metodlar. O‘quvchilarni mustaqil fikrlashga qaratilgan metod va texnologiyalar. Metod tanlash va motivasiY. O‘quv adabiyotlari va ularning turlari. Elektron o‘quv adabiyotlari.
Ta’lim turlarining o‘ziga xos xususiyatlari. Pedagogik texnologiyalar. Ta’lim shakllari. Ta’limni tashxis etish.
Tarbiya nazariyasi. Tarbiya jarayoni, muhiti(sosium), tarbiya prinsiplari, tarbiyaga qo‘yiladigan talablar. Tarbiya metod va texnologiyalari. Milliy tarbiya masalasi. Tarbiya turlari. Tarbiya va milliy g‘oY. Tarbiya va ma’naviyat. Oila tarbiyasi.
O‘zbekistonda maktab, maorif, ta’lim va tarbiyaning rivojlanish tarixi. Mustaqillik davrida ta’lim va tarbiY. Jahonning rivojlangan mamlakatlarida pedagogik fikrlarning xususiyatlari kabi masalalarni o‘rganuvchi pedagogika nazariyasi va tarixi fanini;
- kasbiy ta’limda pedagog faoliyatining umumiy tavsifi: maqsadga yo‘naltirilganlik, o‘quv motivasiya va rag‘batlantirish; yangi bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish; pedagogik loyihalarni amalga oshirishda shakl, metod va vositalarni optimallashtirish;

Download 389.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling