O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi o‘quv muassasalari turlari va ulardagi ta’lim -tarbiya jarayoni
“Ta’lim to‘g‘risida” gi qonunning 6-moddasiga binoan ta’lim muassasalarining maqomi quyidagicha belgilangan:
Ta’lim muassasasini akkreditasiyalash vakolatli davlat organi tomonidan attestasiyaga asosan amalga oshiriladi;
Ta’lim muassasasi yuridik shaxs bo‘lib, qonun xujjatlarida belgilangan tartibda barpo etiladi. Nodavlat ta’lim muassasasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi belgilagan tartibda davlat akkregasiyasidan, o‘tgan paytdan boshlab yuridik shaxs dars va ta’lim faoliyati bilan shug‘ullanish xuquqiga ega bo‘ladi;
Ta’lim muassasasi qonun xujjatlariga muvofiq ishlab chiqilgan ustav asosida faoliyat ko‘rsatadi;
Ta’lim muassasasi attestasiya natijalariga binoan davlat akkreditasiyasidan maxrum etilishi mumkin;
Ta’lim muassasalari o‘quv-tarbiya majmualariga hamda o‘quv-ilmiy ishlab chiqarish birlashmalari va uyushmalariga birlashishga xaqli;
Ta’lim muassasalari ustavda belgilangan vazifalariga muvofiq pulli ta’lim xizmatlari ko‘rsatish, shuningdek tadbirkorlik faoliyatining boshqa turlari bilan shug‘ullanishga xaqli.
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi o‘quv muassasalari ham yuqorida ko‘rsatilgandek ta’lim muassasasi maqomiga ega. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tegishli tarmoq DTS lar asosida o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi o‘quv muassasalarida amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasida o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi o‘quv muassasalarining quyidagi turlari faoliyat ko‘rsatadi.
Akademiy litseylar.
Kasb-hunar kolleji.
Bu ta’lim muassasalarida yoshlarga majburiy o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi beriladi.
Umumiy o‘rta ta’lim negizida muddati uch yil bo‘lgan majburiy o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi uzluksiz ta’lim tizimidagi mustaqil turdir. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi yo‘nalishi – akademik litsey yoki kasb-hunar kolleji o‘quvchilar tomonidan ixtiyoriy tanlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |