“kasbiy pedagogika” fan sifatida


Download 0.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet203/222
Sana09.01.2022
Hajmi0.91 Mb.
#265294
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   222
Bog'liq
kasbiy pedagogika

Umumiy o‘rta ta’lim. To‘qqiz yillik (I—IX sinflar)  o‘qishdan iborat umumiy
o‘rta ta’lim majburiydir. Ta’limning bu turi boshlangach ta’limni (I-IV sinflar), o‘rta
ta’lim (V- IX sinflar)ni  qamrab oladi hamda o‘quvchilarning fanlar asoslari bo‘yicha
muntazam bilim olishlarini, ularda bilim o‘zlashtirish ehtiyojini, asosiy o‘quv-ilmiy
va umummadaniy bilimlarni, milliy va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan
ma’naviy-axloqiy fazilatlarni, mehnat ko‘nikmalarini, ijodiy fikrlash va atrof-muhitga
ongli munosabatda bo‘lishni va kasb tanlashni shakllantiradi. Umumiy o‘rta ta’lim
tugallanganidan keyin ta’lim fanlari va ular bo‘yicha olingan baholar ko‘rsatilgan
holda davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi attestat beriladi.
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limning umumiy o‘rta ta’lim bilan izchilligi va
integratsiyasini ta’minlash uchun quyidagilar zarur:
- maktabning I—IX sinflari doirasida sifatli umumiy o‘rta ta’lim olishni
ta’minlovchi davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqish va joriy etish, bunda akademik
litseylar va kasb-hunar kollejlaridan oldin va  keyin olinadigan ta’lim dasturlari bilan
mantiqiy bog‘liqlikligi hamda biri birini takrorlamasligini  hisobga olinishi lozim;
- ta’lim berishning ilg‘or pedagogik texnologiyalarini, izchilligi va
integratsiyasi ta’minlangan zamonaviy o‘quv-uslubiy majmualarni yaratish hamda
o‘quv-tarbiya jarayonini didaktik jihatdan ta’minlash.

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling