“kasbiy pedagogika” fan sifatida
O‘rta-maxsus, kasb-hunar ta’limi
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
kasbiy pedagogika
O‘rta-maxsus, kasb-hunar ta’limi. Umumiy o‘rta ta’lim negizida o‘qish
muddati uch yil bo‘lgan majburiy o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi uzluksiz ta’lim tizimidagi mustaqil turi bo‘lib unda - akademik litsey yoki kasb-hunar kollejida o‘qish yo‘nalishi o‘quvchilar tomonidan ixtiyoriy tanlanadi. Akademik litsey davlat ta’lim standartlariga muvofiq o‘quvchilarning imkoniyatlari va qiziqishlarini hisobga olgan holda ularning jadal intellektual rivojlanishi, chuqur, sohalashtirilgan, tabaqalashtirilgan, kasbga yo‘naltirilgan ta’lim olishini ta’minlaydi. Bu ta’lim turida o‘quvchilar o‘zlari tanlab olgan ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha (gumanitar, texnika, agrar va boshqa sohalar) bilim saviyalarini oshirish hamda fanni chuqur o‘rganishga qaratilgan maxsus kasb-hunar ko‘nikmalarini o‘zlarida shakllantirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar va bu ko‘nikmalarni biror bir oliy ta’lim muassasalarida davom ettirish yoki mehnat faoliyatida qo‘llashlari mumkin. Kasb-hunar kolleji tegishli davlat ta’lim standartlari doirasida o‘quvchilarning kasb-hunarga moyilligi, bilim va ko‘nikmalarini chuqur rivojlantirish, tanlab olingan kasb-hunar bo‘yicha bir yoki bir necha ixtisosni hamda tegishli o‘quv fanlaridan chuqur nazariy bilim olish imkonini beradi. Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining bitiruvchilariga ta’limning keyingi bosqichlarida o‘qishni davom ettirish yoki egallangan ixtisos va kasb-hunar bo‘yicha mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi diplom beriladi. 186 O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi jarayonida umumiy o‘rta ta’limning kasbiy ta’lim bilan izchilligi va integratsiyasini ta’minlovchi integratsiyalashgan bilim, amaliy ko‘nikma va malakalar berish uchun quyidagilar zarur: - umumiy o‘rta ta’lim negizida ta’limni davom ettiruvchi akademik litseylar va kasb-hunar kollejlar faoliyat ko‘rsatishining normativ bazalarini ishlab chiqish va joriy etish; - o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi o‘quv muassasalari uchun umumiy o‘rta ta’lim va oliy ta’lim bilan izchilligi va integratsiyasini ta’minlovchi ta’lim va kasb- hunar dasturlari, o‘quv-uslubiy majmualar ishlab chiqish; - akademik litseylarning o‘quvchilari mehnat faoliyati ko‘nikmalarini egallashlari uchun ixtisoslashtirilgan va integratsiyalashgan dasturlar ishlab chiqish va joriy etish. Kasb ta’limining oliy ta’lim ta’lim bilan integratsiyasini ta’minlashga “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunda belgilab berilgandek, ta’lim tizimi barcha bo‘g‘inlarining uzluksizligi asos bo‘ladi. Uzluksiz ta’lim tizimining bir bo‘g‘ini bo‘lgan o‘rta-maxsus, kasb-hunar ta’limi va oliy ta’limning uzluksizligi, izchilligi hamda o‘zaro integratsiyasi davlat ta’lim standartlari doirasida, tegishli ta’lim dasturlarining izchilligi asosida ta’minlanadi. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling