“kasbiy pedagogika” fan sifatida
Kasb-hunar ta’limi mazmunini tanlash mezonlari
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
kasbiy pedagogika
2. Kasb-hunar ta’limi mazmunini tanlash mezonlari
Kasb-hunar ta’limi ta’lim muassasalaridagi pedagogik jarayon, o‘quvchilarning imkoniyatlari va qiziqishlarini hisobga olgan holda, ularning jadal intellektual kasbga yo‘naltirilgan ta’lim olishiga, kasb-hunarga moyilligi, bilim va ko‘nikmalarini chuqur rivojlantirish, tanlab olingan kasb-hunar bo‘yicha bir yoki bir necha ixtisosni egallash imkonini berishga qaratilgan o‘qituvchi va o‘quvchilarning birgalikdagi faoliyatini, ta’lim oluvchilarning bilim, amaliy ko‘nikma va malakalarni egallash hamda ularni amaliyotga qo‘llashni o‘z ichiga qamrab oladi. Samarali o‘qitishning muhim shartlari: ta’lim oluvchilarning qiziqish faoliyatining aktivligini o‘quv jarayonining sifati deb qarash lozim. Bu esa o‘z navbatida ta’lim oluvchining o‘qishga bo‘lgan munosabatini, uni samarali o‘zlashtirishga, bilim va malakasini oshirishga intilishi, o‘z navbatida mehnat qilishga bo‘lgan irodaviy jihatlarni rivojlantirishga va olgan bilimlaridan estetik qoniqishga olib keladi. Fanning nomi: 1. Tushuntirish xati. 2. Fanning maqsadi: 3. Fanning mazmuni. 4. Namunaviy mavzular rejasi. 5. O’qitish vositalari. 61 Ta’lim oluvchining xarakteriga mos ravishda ularning bilim egallashga intilishi va aktivligi darajalari turlicha bo‘ladi. Lekin shu bilan birga ta’lim oluvchilar passiv bo‘lsa, o‘qitish jarayonini amalga oshirish qiyin kechadi. Ta’lim oluvchining berilayotgan bilimlarni qabul qilish aktivligi uning shaxs sifatida shakllanishiga ham ta’sir ko‘rsatadi. Natijada ta’lim oluvchida o‘z-o‘ziga, mehnatiga, boshqa shaxslarga, jamiyatga, ishlab chiqarishga, atrof muhitga munosabati shakllanib boradi. Talim jarayoni samaradorligiga ta’sir qiluvchi eng muhim omillardan biri o‘quv materialining ma’zmuni va uning to‘g‘ri tanlanishi. Beriladigan bilim mazmuni o‘quv dasturi, Davlat ta’lim standartida belgilangan bo‘lib, uning tarkibini ijtimoiy – iqtisodiy maqsadlar, davlat buyurtmasi, pedagogik tizim belgilaydi. Pedagogik jarayon faqat ta’limning mazmunliligiga emas, balki uning qonuniyligiga ham ta’sir ko‘rsatadi. a) pedagogik jarayonning maqsadi va vazifalariga qarab mazmun belgilanmasa, ta’lim oluvchilarning o‘zlashtirishlari qiyin kechadi va pedagogik jarayondagi nazariya bilan amaliyot orasida bog‘liqlik yo‘qoladi. b) guruhdagi o‘quvchilarning shaxsiy imkoniyatidan kelib chiqib o‘qituvchi pedagogik jarayonning o‘zaro bog‘liqligini buzmagan holda dasturga mantiqiy o‘zgartirishlar kiritib ta’lim maqsadiga erishiladi. Ko‘pincha o‘quv jarayonining sifati butun pedagogik jarayonidan samaradorlikka bog‘liq. Yangi demokratik jamiyat qurish jarayonida ta’limning mazmunini tanlashda jamiyat ehtiyojlaridan kelib chiqib quyidagilarga amal qilinadi: ¨ ilmiy bilimlarni yetakchi roli to‘g‘risidagi qoidaga; ¨ insoniyatning madaniy-ma’rifiy merosi boyliklarini, umuminsoniy qadriyatlarini egallab olish haqidagi «Milliy dastur» ko‘rsatmalari; ¨ tarbiyalanuvchi shaxsni barkamol avlod qilib rivojlantirish, iymon- e’tiqodini, ilmiy dunyoqarashini tarkib toptirish; ¨ ilmiy hayot bilan, yangi demokratik jamiyat qurilishi tajribasi bog‘liqligi haqidagi qoidaga; ¨ ta’limning bir maqsadga qaratilganligi; ¨ ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplariga va didaktik prinsiplarga muvofiqligiga. Shu nuqtai nazardan ta’lim mazmunining tuzilishi quyidagi tamoyillarga asoslanadi: 1. Ta’lim mazmunining davlat ijtimoiy-kasbiy rivojlanishi yo‘nalishlariga bog‘liqlik tamoyili. 2. Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash tamoyili. 3. Fanlararo kompleks aloqalar tamoyili. 4. Kasblarga yo‘naltirish tamoyili. 5. Ta’lim mazmunini tanlashda ustuvor va o‘zgaruvchan qismlarga bo‘lib tanlash tamoyili. 6. Ta’lim mazmunini unifikatsiyalash va tabaqalashtirish tamoyili. Yangi demokratik jamiyat qurayotgan Respublikamizda ta’limning mazmuni quyidagi yo‘llar bilan takomillashtirish nazarda tutiladi: 62 ¨ Fan- texnika taraqqiyotidagi va tajribadagi eng yangi muvaffaqiyatlarni aks ettirish orqali; ¨ ikkinchi darajali va ortiqcha murakkablashtirilgan materialdan qutilish, yangi eng zarur materiallarni ta’lim mazmuniga kiritish orqali ; ¨ o‘rganilayotgan fanlar ro‘yxatini va materiallar hajmini aniqlash hamda o‘quvchi-yoshlar, albatta, o‘zlashtirib olishi kerak bo‘lgan malaka va ko‘nikmalarning optimal hajmini belgilash orqali; ¨ o‘quv fanlariga oid asosiy tushunchalarni va yetakchi g‘oyalarni juda ham aniq bayon qilish orqali; ¨ o‘quvchilarni yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanib, kompyuter savodxonligi, zamonaviy texnika va texnologiyalar sohasidagi va boshqa bilimlar bilan qurollantirish hamda shu texnologiyalardan foydalanish ko‘nikmalari hosil qilish orqali. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling