“kasbiy pedagogika” fan sifatida
O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi o‘quv muassasalari turlari va ulardagi
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
kasbiy pedagogika
3. O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi o‘quv muassasalari turlari va ulardagi
ta’lim -tarbiya jarayoni “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunning 6-moddasiga binoan ta’lim muassasalarining maqomi quyidagicha belgilangan: - Ta’lim muassasasini akkreditatsiyalash vakolatli davlat organi tomonidan attestatsiyaga asosan amalga oshiriladi; - Ta’lim muassasasi yuridik shaxs bo‘lib, qonun xujjatlarida belgilangan tartibda barpo etiladi. Nodavlat ta’lim muassasasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda davlat akkreditatsiyasidan o‘tgan paytdan boshlab yuridik shaxs dars va ta’lim faoliyati bilan shug‘ullanish huquqiga ega bo‘ladi; - Ta’lim muassasasi qonun xujjatlariga muvofiq ishlab chiqilgan ustav asosida faoliyat ko‘rsatadi; - Ta’lim muassasasi attestatsiya natijalariga binoan davlat akkreditatsiyasidan mahrum etilishi mumkin; - Ta’lim muassasalari o‘quv-tarbiya majmualariga hamda o‘quv-ilmiy ishlab chiqarish birlashmalari va uyushmalariga birlashishga xaqli; - Ta’lim muassasalari ustavda belgilangan vazifalariga muvofiq pulli ta’lim xizmatlari ko‘rsatish, shuningdek tadbirkorlik faoliyatining boshqa turlari bilan shug‘ullanishga xaqli. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi o‘quv muassasalari ham yuqorida ko‘rsatilgandek ta’lim muassasasi maqomiga ega. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tegishli tarmoq DTSlar asosida o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi o‘quv muassasalarida amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasida o‘rta maxsus, kasb- hunar ta’limi o‘quv muassasalarining quyidagi turlari faoliyat ko‘rsatadi. 1. Akademiy litseylar. 2. Kasb-hunar kollejlari. Bu ta’lim muassasalarida yoshlarga majburiy o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi beriladi. Umumiy o‘rta ta’lim negizida muddati uch yil bo‘lgan majburiy o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi uzluksiz ta’lim tizimidagi mustaqil turdir. O‘rta maxsus, kasb- 63 hunar ta’limi yo‘nalishi – akademik litsey yoki kasb-hunar kolleji o‘quvchilar tomonidan ixtiyoriy tanlanadi. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling