“kasbiy pedagogika” fan sifatida
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
kasbiy pedagogika
Ideal pedagog
13-jadval Mutaxassis Ishchi Inson Pedagogika nazariyasini bilish, pedagogik mahoratga ega bo‘lish, psixologiyani bilish, ta’lim-tarbiya texnologiyalarini qo‘llay olish malakasiga ega bo‘lish, mehnatni oqilona tashkil eta bilish malakasi. Ishga muhabbat, o‘quvchilarni sevish. Insonga ishonch. Pedagogik qobiliyat, umumiy aql-zakovat, sabr- toqat, kelajakka ishonch. O‘zini tuta bilish, izlanuvchanlik, reaksiyalarining aniq va tezligi, ko‘ngilchanlik, bolalarni tushunish, bolalar bilan ishlash, xohishi, nutqining aniq va ishonchliligi, talabchanligi, adolatlilik, to‘g‘ri so‘zlik, tashkilotchilik malakasi, muloqotga kirishuvchanlik, birovlarni tinglay olishlik. Maqsad qo‘yib unga erisha olish. Muntazam va rejali ravishda malakasini oshira borish, mehnat unumdorligini oshirishga intiluvchanlik. Ijodkorlik qobiliyati: har tomonlama ma’lumotlilik, mantiqiy fikr yuritish, kelajakka ishonch. Ishlash ishtiyoqi. Ishiga (kasbiga) sadoqat, jamoada ishlash malakasi, tirishqoqlik, tartib- intizomlilik, faollik, ishlab chiqarish vaziyatlariga yo‘naltirilganlik, ishlarni taqsimlay olish malakasi. Javobgarlikni o‘ziga olishga tayyorgarlik. Yuqori axloqiy sifatlar jamoatchilik hayotida faol ishtirok etish. Faol hayotiy nuqtai nazar (pozitsiya), har doim va har qachon shaxsiy o‘rnak, davlat qonunlariga hurmat, milliy g‘urur, vatanparvarlik, vatanini himoya qilishga tayyorlik, mustahkam sog‘lik, sog‘lom hayot tarzi, insonparvarlik, ma’naviylik, muloqotga kirishuvchanlik, oqillik, o‘ziga nisbatan talabchanlik va tanqidiy munosabatda bo‘lish. Kasbiy ta’lim o‘qituvchisi ko‘p ixtisoslik va mutaxassisliklarga ega. Ta’lim sohasida “mutaxassislik” tushunchasi (iborasi) ta’lim yo‘nalishi va mazmunini o‘zida aks ettiruvchi kategoriya sifatida qaraladi. Mehnat sohasida esa u kasb-hunar doirasida mehnatning yo‘nalishi va o‘ziga xos mazmuni deb talqin etiladi. Ta’lim sohasida mutaxassislik eng avvalo, mutaxassis faoliyati turi va uning mehnati qo‘llanish sohasini ko‘rsatadi. Masalan, avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish mutaxassisligi bo‘yicha ma’lumot olish, ma’lum kasbiy vazifalarni bajarish imkonini beruvchi bilim, ko‘nikma va malakalar hamda shaxsiy fazilatlarni o‘zlashtirishni anglatadi. Pedagogik faoliyat ijtimoiy maxsus ko‘rinish bo‘lib, insoniyat jamiyati tomonidan to‘plangan bilim, tajriba, madaniyat, shuningdek, o‘quvchilarni rivojlantirish uchun yaratilgan shart-sharoitlari avloddan avlodga uzatishga yo‘naltirilgandir. Kasbiy pedagogik faoliyat maxsus tashkil etilgan ta’lim muassasalarida kechadi (amalga oshiriladi) va o‘quvchilar shaxsini rivojlantiradi. 86 Pedagogik faoliyatning maqsadi o‘quvchilarning imkoniyatlari, jamiyat va davlatning mutaxassis kadrlarga bo‘lgan talab hamda ehtiyojlarini hisobga olgan holda shakllantiriladi. Bir tomondan, u turli ijtimoiy, etnik guruhlar va yaxlit jamiyatning, ikkinchi tomondan, alohida shaxslarning moyilligi, ehtiyojlari, qiziqishlari va intilishlarini o‘zida ifodalaydi. Pedagogik faoliyatning asosiy ob’ektlari sifatida quyidagilarni ajratib ko‘rsatish mumkin: Ta’lim-tarbiya muhiti, ta’lim-tarbiya beruvchi jamoa, o‘quvchilar faoliyati va ularning individual o‘ziga xos xususiyatlari. Pedagogik faoliyatning maqsadi bevosita quyidagi ijtimoiy pedagogik vazifalar yechimini topish bilan bog‘liq: tarbiyaviy mehnatni shakllantirish; o‘quvchilar faoliyatini tashkil etish; tarbiyalovchi jamoani tuzish; shaxsiy sifat va fazilatlarni rivojlantirish. Kasbiy pedagogik faoliyat - bu integrativ faoliyat bo‘lib o‘ziga psixologik, pedagogik va ishlab chiqarish texnologik komponetlarni qamrab oladi. Kasbiy pedagogik faoliyatning asosiy maqsadi o‘quvchilarni kasb-hunar sir-asrorlariga o‘rgatish va shaxsiy rivojlanishlarini ta’minlashdan iborat. Kasbiy pedagogik faoliyat jarayonida eng kamida quyidagi ikki turdagi munosabatlar sodir bo‘ladi: Pedagogning pedagogik ta’sir vositasi va predmetiga nisbatan munosabatlarni ifodalovchi sub’ekt-ob’ekt munosabatlari; pedagogik o‘zaro tasir jarayonidagi sub’ekt-sub’ekt munosabatlari. Pedagogik o‘zaro ta’sir maqsadlarini amalga oshirish o‘z navbatida o‘quvchilarga ta’sir ko‘rsatish vositalari va usullarini tanlash hamda qo‘llash bilan bog‘liq. Mavjud bilimlarga asoslangan holda, pedagog vositalar va o‘z xatti-harakat usullarini qiyoslaydi. Pedagogik masalalar yechimini topish usullarini tanlab, o‘qituvchi har bir o‘quvchining individual sifatlarini mo‘ljallashi, jamoadagi shaxslararo munosabatlar xususiyatlarini, jihozlanganlik darajasini, pedagogik jarayon davomiyligini hisobga olishi zarur. Bundan pedagogik masalalarning yechimini topish ko‘p jihatdan o‘qituvchi shaxsiga va uning kasbiy mahoratiga bog‘liqlishi kelib chiqadi. O‘quvchining kasbiy rivojlanishi kasbiy pedagogik faoliyatning asosiy natijasidir. Pedagogning kasbiy layoqati muhim shaxsiy komponentdir. U integrativ xususiyatga ega bo‘lib, mutaxassisning ishchanlik va shaxsiy fazilatlarini o‘zida mujassamlashtiradi hamda bilim, ko‘nikma malaka va tajribalar darajasida o‘z ifodasini topadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling