“kasbiy pedagogika” fan sifatida


Uzluksiz ta’lim tizimida kasb-hunar ta’limiga qo‘yiladigan talablar


Download 0.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/222
Sana09.01.2022
Hajmi0.91 Mb.
#265294
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   222
Bog'liq
kasbiy pedagogika

2. Uzluksiz ta’lim tizimida kasb-hunar ta’limiga qo‘yiladigan talablar
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997 yil 29 avgustdagi IX
sessiyasida qabul qilingan «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash
Milliy dasturi» asosida O‘zbekiston Respublikasi taraqqiyotida xalqning boy
ma’naviy salohiyati va umuminsoniy qadriyatlariga hamda hozirgi zamon
madaniyati, iqtisodiyoti, ilmi, texnikasi va texnologiyasining so‘nggi yutuqlariga
asoslangan mukammal ta’lim tizimi barpo etilmoqda. Ta’limning «O‘zbek modeli»
dunyoga keldi, bu model xalqaro miqyosda eng obro‘li mutaxassislar tomonidan tan
olinmoqda.
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi olish maqsadida har kim umumiy o‘rta ta’lim
asosida akademik litseyda yoki kasb-hunar kollejida o‘qishning yo‘nalishini ixtiyoriy
ravishda tanlash huquqiga ega.
Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari egallangan kasb-hunari bo‘yicha
ishlash huquqini beradigan hamda ta’limni navbatdagi bosqichda davom ettirish
uchun asos bo‘ladigan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi beradi.


8
Akademik litsey o‘quvchilarning intellektual qobiliyatlarini jadal o‘stirishni,
ularning chuqur, tabaqalashtirilgan va kasblarga yo‘naltirilgan bilim olishlarini
ta’minlaydigan uch yillik o‘rta maxsus o‘quv yurtidir.
  
Kasb-hunar  kolleji o‘quvchilarning  kasb-hunarga  moyilligi,  mahorat va
malakasini chuqur rivojlantirishni, tanlangan kasblari bo‘yicha bir yoki bir necha
ixtisos olishni ta’minlaydigan uch yillik o‘rta masus, kasb-hunar o‘quv yurtidir.
«Ta’lim to’g’risida»gi qonun va “Kadrlar tayyorlash Milliy  dasturi”ni amalga
oshirishning asosiy maqsadi: o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi o‘quv yurtlarida tubdan
islox qilingan, o‘tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to‘la xalos
etilgan ta’lim asosida, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma’naviy
va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash.
Ushbu maqsadni, amalga oshirish quyidagi vazifalarni hal etish orqali
bajariladi:
  - «Ta’lim to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga muvofiq, o‘rta
maxsus, kasb-hunar talimi tizimini islox qilish, davlat va nodavlat o‘rta maxsus, kasb-
hunar ta’lim muassasalari hamda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi va kadrlar
tayyorlash sohasida raqobat muhitini shakllantirish negizida o‘rta maxsus, kasb-hunar
ta’lim tizimini yagona o‘quv-ilmiy-ishlab chiqarish majmui sifatida izchil
rivojlantirish orqali ishchi-mutaxassislar tayyorlashni  ta’minlash;
  -o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi va o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lgan
mutaxassislar tayyorlash tizimini jamiyatda amalga oshirilayotgan yangilanish,
rivojlangan demokratik huquqiy davlat qurilishi jarayonlariga moslash;
 -o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lgan mutaxassislar tayyorlash tizimi
muassasalarini oliy ma’lumotli, yuqori malakali mutaxassislar bilan ta’minlash,
pedagogik faoliyatning nufuzi va ijtimoiy maqomini ko‘tarish;
-o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lgan mutaxassislar tayyorlash tizimi va
mazmunini mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy   taraqqiyoti  istiqbollaridan, jamiyat
ehtiyojlaridan, fan, madaniyat, texnika va texnologiyaning zamonaviy yutuqlaridan
kelib chiqqan holda  qayta qurish ;
   
-  uzluksiz  ta’lim  va  kadrlar  tayyorlash  tizimiga  byudjetdan  tashqari
mablag‘lar, shu jumladan chet el investisiyalari jalb etishning real mexanizmlarini
ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish;
   
-  kadrlar  tayyorlash  sohasida  o‘zaro  manfaatli  xalqaro  hamkorlikni
rivojlantirish.
Kasb-hunar kollejlari jihozlanganlik darajasi, pedagogik tarkibning
tanlanganligi, o‘quv jarayonining tashkil etilishi jihatidan yangi tipdagi ta’lim
muassasalari hisoblanadi. Ular bir yoki bir necha zamonaviy kasb-hunarni egallash
hamda tegishli o‘quv fanlaridan chuqur nazariy bilim olish imkonini beradi.
 Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida ta’lim olish o‘quvchilarga o‘z
bilimlarini chuqurlashtirish va tanlagan ixtisosliklariga ega bo‘lishni ta’minlaydi.

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling