“kasbiy pedagogika” fan sifatida


O‘z- o‘zini tekshirish uchun savollar


Download 0.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/222
Sana09.01.2022
Hajmi0.91 Mb.
#265294
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   222
Bog'liq
kasbiy pedagogika

O‘z- o‘zini tekshirish uchun savollar:
1. Kasb ta’limi o‘qituvchisining lavozim vazifalari nimalardan iborat?
2. O‘qituvchining ta’limni rejalashtirish bo‘yicha vazifalari nimalardan iborat?
3. O’qituvchining nazorat va baholash bo‘yicha vazifalari nimalardan iborat?
4. O‘qituvchining metodik ishlari nimalardan iborat?
5. Jamoaviy uslubiy ish shakllari sirasiga nimalar kiradi?
6. Uslubiy ishlarni rejalashtirishda qanday talablarga asoslanish mumkin?
5.3. KASB TA’LIMI DUAL TIZIMI
Reja:
1. Kasb-hunar ta’imini bevosita ishlab chiqarish jarayonlari bilan
bog‘lash.
2. Ta’limni ishlab chiqarish orqali amalga oshirish shakllari turlari.
3. O‘rta-maxsus, kasb-hunar ta’limi bitiruvchilar ishlab chiqarish
moslashuvchanligi.
1. Kasb-hunar ta’imini bevosita ishlab chiqarish jarayonlari bilan bog‘lash
Jahonda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarning ijobiy tomonlarini hisobga olib
hayotga tatbiq qilish bizning asosiy siyosatimizdir. Bu borada hamkorlikning o‘rni
muhim.  Kadrlar tayyorlashda eng avvalo so‘nggi paytlarda bizning hayotimizga kirib
kelayotgan mehnat bozori talablari tushunchasini hisobga olish muhim o‘ringa ega.
Mehnat bozori xalq xo‘jaligining turli sohalari uchun malakali kadrlarni talab
qiladi. Unda oddiy mutaxassisdan, to yirik tashkilotchi rahbarlargacha barchasi uchun
talab o‘zi egallab turgan lavozimiga mos malakaga ega bo‘lishi hisoblanadi. Kasbiy
malakaga ega bo‘lish esa Respublikamizda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, oliy
ta’lim, oliy ta’limdan keyingi ta’lim va malaka oshirish orqali amalga oshiriladi.
Mamlakatimiz mustaqilligi fuqarolarimizga o‘zining malakasini oshirishga faqatgina
Respublikamiz hududida emas, balki jahonning barcha joylaridagi ta’lim
muassalarida xalqaro hamkorlik orqali erishish imkoniyatini yaratib berdi. Biz bu
borada Germaniya ta’lim muassasalari tajribasi haqida to‘xtalmoqchimiz.
Germaniyada yoshlar ikki turdagi kasb-hunarga tayyorlanadi. Aksariyat
yoshlar o‘zlari tanlagan kasb-hunar tayyorgarligini qishloq xo‘jalik yoki sanoat
tashkilotlarida, savdo-sotiq sohalarida, boshqarmalarda, sog‘liqni saqlash
muassasalarida, advokatura idoralarida, devonxonalarda yoki jamoat xizmati
?


120
joylarida oladi. Ayni paytda o‘qish davomida o‘quvchilar kasb-hunar maktablariga
qatnab nazariy bilimga ega bo‘ladi.
Germaniyada kasb — hunar ta’limining dual tizimini quyidagicha rasmda
ifodalash mumkin (7-chizma)
Qator ixtisosliklar, masalan, sog‘liqni saqlash yoki ijtimoiy sohalarda o‘qish
faqat bitta maktabda olib boriladi (maxsus ta’lim muassasasida yoki maxsus kasb-
hunar maktablarida). Bu maktab kasb-hunarga o‘qitish deb ataladi. Hozirgi paytda
yoshlar orasida ofis (idora) xodimi ixtisosligi bo‘yicha o‘qitiladigan kasb-hunar
maktablarida o‘qish ishtiyoqi kuchli bo‘lib, ularda tanlov asosida amalga oshiriladi.
 Ayni paytda metallarga ishlov berish, qurilish va mehmonxona, restoran
xizmat sohalari bo‘yicha o‘qish uchun o‘rinlar bemalol. Shuni qayd qilish lozimki,
barcha kasb-hunarli yoshlar davr talabiga ko‘ra o‘z bilim malakalarini doimiy oshirib
borishlari zarur.
Germaniya Federativ Respublikasida aksariyat yoshlar deyarli tengqurlarning
to‘rtdan uch qismi ishlab chiqarish kasb-hunar ta’limini o‘taydilar. Ular o‘zlari
tanlagan kasb-hunarlarini korxona sharoitiga maksimal yaqinlashtirilgan sharoitda
«dual tizim» asosida egallaydilar.
7-chizma

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling