“kasbiy pedagogika” fan sifatida


O‘rta-maxsus, kasb-hunar ta’limi


Download 0.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet204/222
Sana09.01.2022
Hajmi0.91 Mb.
#265294
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   222
Bog'liq
kasbiy pedagogika

O‘rta-maxsus, kasb-hunar ta’limi. Umumiy o‘rta ta’lim negizida o‘qish
muddati uch yil bo‘lgan majburiy o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi uzluksiz ta’lim
tizimidagi mustaqil turi bo‘lib unda - akademik litsey yoki kasb-hunar kollejida
o‘qish yo‘nalishi o‘quvchilar tomonidan ixtiyoriy tanlanadi.
Akademik litsey davlat ta’lim standartlariga muvofiq o‘quvchilarning
imkoniyatlari va qiziqishlarini hisobga olgan holda ularning jadal intellektual
rivojlanishi, chuqur, sohalashtirilgan, tabaqalashtirilgan, kasbga yo‘naltirilgan ta’lim
olishini ta’minlaydi.
Bu ta’lim turida o‘quvchilar o‘zlari tanlab olgan ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha
(gumanitar, texnika, agrar va boshqa sohalar) bilim saviyalarini oshirish hamda fanni
chuqur o‘rganishga qaratilgan maxsus kasb-hunar ko‘nikmalarini o‘zlarida
shakllantirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar va bu ko‘nikmalarni biror bir oliy ta’lim
muassasalarida davom ettirish yoki mehnat faoliyatida qo‘llashlari mumkin.
Kasb-hunar kolleji tegishli davlat ta’lim standartlari doirasida o‘quvchilarning
kasb-hunarga moyilligi, bilim va ko‘nikmalarini chuqur rivojlantirish, tanlab olingan
kasb-hunar bo‘yicha bir yoki bir necha ixtisosni hamda tegishli o‘quv fanlaridan
chuqur nazariy bilim olish imkonini beradi.
Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining bitiruvchilariga ta’limning
keyingi bosqichlarida o‘qishni davom ettirish yoki egallangan ixtisos va kasb-hunar
bo‘yicha mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi diplom beriladi.


186
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi jarayonida umumiy o‘rta ta’limning kasbiy
ta’lim bilan izchilligi va integratsiyasini ta’minlovchi integratsiyalashgan bilim,
amaliy ko‘nikma va malakalar berish uchun quyidagilar zarur:
- umumiy o‘rta ta’lim negizida ta’limni davom ettiruvchi akademik litseylar va
kasb-hunar kollejlar faoliyat ko‘rsatishining normativ bazalarini ishlab chiqish va
joriy etish;
- o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi o‘quv muassasalari uchun umumiy o‘rta
ta’lim va oliy ta’lim bilan izchilligi va integratsiyasini  ta’minlovchi ta’lim va kasb-
hunar dasturlari, o‘quv-uslubiy majmualar ishlab chiqish;
- akademik litseylarning o‘quvchilari mehnat faoliyati ko‘nikmalarini
egallashlari uchun ixtisoslashtirilgan va integratsiyalashgan dasturlar ishlab chiqish
va joriy etish.
Kasb ta’limining oliy ta’lim ta’lim bilan integratsiyasini ta’minlashga “Ta’lim
to‘g‘risida”gi Qonunda belgilab berilgandek, ta’lim tizimi barcha bo‘g‘inlarining
uzluksizligi asos bo‘ladi.
Uzluksiz ta’lim tizimining bir bo‘g‘ini bo‘lgan o‘rta-maxsus, kasb-hunar
ta’limi va oliy ta’limning uzluksizligi,  izchilligi hamda o‘zaro integratsiyasi davlat
ta’lim standartlari doirasida, tegishli ta’lim dasturlarining izchilligi asosida
ta’minlanadi.

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling