“kasbiy pedagogika” fan sifatida
Muhim kompetentlik mazmuni
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
kasbiy pedagogika
Muhim kompetentlik mazmuni
7-jadval Kompetensiya Kompetentlik mazmuni Ijtimoiy O‘ziga javobgarlikni olish, oldiga qo‘yilgan maqsadga erishish yo‘lida o‘z qiziqishlarini ishlab chiqish va jamiyat talablariga uyg‘unlashtira olish Kommunikativ Og‘zaki va yozma muloqot texnologiyalarini o‘zlashtirganlik, shuningdek, kompyuter dasturlari va internet tizimi bilan ishlay olish Axborotchilik Axborot resurslari, texnologiyalari, olingan axborotlarga o‘z munosabatini bildira olish yoki pedagogik ishlov berib o‘quvchilarga tushunarli holga yetkaza olish Maxsus Kasbiy vazifalarni mustaqil va ijodiy bajarishda o‘zi va o‘zgalar ishini obektiv baholash. Kognitiv Muntazam ravishda o‘zining kasbiy mahoratini oshirishga tayyorgarlik, shaxsiy imkoniyat- larini dolzarblashtirish va amalga joriy etish, mustaqil ravishda bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirish qobiliyati, o‘zini doimo rivojlantirishga intilishi va shu kabilar. Professionalizm (kasbiy yetuklik)ning eng yuqori darajasi kasbiy mahorat hisoblanib, u kasbiy faoliyatning mohirlik cho‘qqilarini zabt etishni ko‘zda tutadi. Boshlang‘ich (elementlar) kasb-hunar ta’limi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida, qisqa muddatli maxsus o‘quv kurslarida ma’lum tor ixtisoslikni egallashga imkon beradi. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi umumiy o‘rta ta’lim negizida o‘quvchilarning kasb-hunarga moyilligi, tanlagan kasbi bo‘yicha bir yoki bir necha ixtisoslikni egallashni ta’minlaydigan o‘qish muddati uch yillik ta’limdir. Oliy kasb-hunar ta’limi - yuqori malakali mutaxassislarni ikki (bakalavriat va magistratura) bosqichda tayyorlaydi. Kasb-hunar ta’limining tarixan vujudga kelishi va rivojlanishi quyidagi omillar bilan asoslanadi: 25 - mehnat sohalarining bo‘linishi, jismoniy va aqliy kasblar sonining ortishi; -urbanizatsiya, ya’ni jamiyat rivojlanishida shaharlar rolining oshishi; -fan-texnika taraqqiyoti va ilg‘or ishlab chiqarish texnologiyalarining yaratilishi hamda tezkorlik bilan amaliyotga joriy etilishi kabilar. Ijtimoiy institut sifatida kasb-hunar ta’limi tizimi quyidagi uch asosiy vazifani bajaradi, bular: ta’limiy (ta’lim, tarbiya berish, shaxsni rivojlantirish), iqtisodiy (mehnat bozorida raqobatlasha oladigan kichik mutaxassis kadrlar tayyorlash) va ijtimoiy-madaniy (ijtimoiy faol, mustaqil holda izlanuvchan faoliyat ko‘rsatuvchi ma’naviy yetuk shaxsni shakllantirish). Bu vazifalar kasb-hunar ta’limining rivojlanish tarixida minglab yillar davomida shakllangan. Sharq pedagogik tafakkuri antologiyasi, Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati va xalq hunarmandchiligi tarixiga oid manbalar tahlili bunga misol bo‘la oladi. Bu haqda X.X.Tilashev, A.Ismoilov, M.M.Hayrullayev, I.Xusanxo‘jayev, N.Boboyev, B.G.G‘ofurov, A.X.Qosimjonov, M.X.Xursandov, X.F.Rashidov, D.A.Zohidova, X.Homidiy va ko‘plab shu kabilar vatandosh olimlar tomonidan nashr ettirilgan ishlarda muhim ma’lumotlar keltirilgan. Shu o‘rinda Rossiyada tashkil etilgan dastlabki ta’lim muassasalari qatoriga Pyotr I tomonidan tashkil etilgan navigatsiya maktabi, artilleriya maktabi (1712), harbiy feldsherlik maktabi (1754), san’at bilim yurti (1783), o‘qituvchilar seminariyasi (1786) kabilarni ko‘rsatish mumkinligi rus pedagog olimi V.D.Purin tomonidan ta’kidlangan. Shunday qilib, XIX asrning o‘rtalariga kelib, bir qancha rivojlangan mamlakatlarda ta’limning mumtoz (klassik) umumiy va oliy turiga qo‘shimcha yangi yo‘nalishini shakllantirish muammosi kelib chiqdi. Y.A.Komenskiy, Djon Lokk, J.J.Russo va D.Didro kabilar ham maktab o‘quv rejalariga amaliy bilimlarni kiritish zaruriyatini ko‘rsatib o‘tganlar zero, hozirgi paytda kasb-hunar ta’limi global, umumjahon xarakterga ega bo‘lgan hodisa sifatida e’tirof etilmoqda. Shuningdek, yaxlit kasb-hunar ta’limi tizimining paydo bo‘lish tarixi mehnat qurollari ishlab chiqishga tirikchilik buyumlari, talablarini ortib borishi bilan bog‘liq. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling