“kasbiy pedagogika” fan sifatida


O‘z- o‘zini tekshirish uchun savollar


Download 0.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/222
Sana09.01.2022
Hajmi0.91 Mb.
#265294
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   222
Bog'liq
kasbiy pedagogika

O‘z- o‘zini tekshirish uchun savollar:
1. Kasb-hunar ta’limining dolzarb pedagogik muammolari nimalardan iborat?
2. Ilmiy pedagogik tadqiqotlar qanday guruhlarga ajratiladi?
3. Fundamental ilmiy tadqiqotlarning mazmunini izohlang.
4. Amaliy xarakterdagi ilmiy tadqiqotlarni tushuntiring.
5. Metodik ishlanmalar yoki amaliyotga yo‘nalgan tadqiqotlarning mazmuni.
6. Pedagogik tadqiqot metodlarini aytib bering.
1.6. KASB-HUNAR TA’LIMINING HUQUQIY-ME’YORIY ASOSLARI
Reja:
1. Kasb-hunar ta’limining huquqiy-meyoriy asoslarini qamrab olishi.
2. O‘zbekiston Respublikasininng ta’lim  tizimi va kasb-hunar
pedagogikasining metodologik asoslari.
3. Tasniflagichdan foydalanish.
1.
Kasb-hunar ta’limining huquqiy-meyoriy asoslari qamrab olishi
Ta’lim - bilim berish, malaka va ko‘nikma hosil qilish jarayoni, kishini
hayotga, mehnatga tayyorlashning asosiy vositasidir. Ta’lim jarayonida ma’lumot
o‘zlashtiriladi va tarbiya amalga oshiriladi.
Ta’lim tor ma’noda o‘qitish tushunchasini anglatadi. Lekin u faqat turli o‘quv
yurtlarida o‘qitish jarayonigina emas, balki hayot, oila, mahalla, ishlab chiqarish
jamoasi va shu kabi sohalarda ham ma’lumot o‘zlashtirish jarayonidir.
Kasb-hunar ta’limining metodologik asosini dialektik bilish nazariyasi tashkil
etadi. Shu o‘rinda kasb-hunar ta’limi pedagogikasida keng ko‘lamda qo‘llaniladigan
ba’zi bir asosiy tushunchalarga baholi qudrat izoh berib o‘tish lozim. Chunki
ishlatilayotgan tushuncha mohiyatini bilmasdan ta’lim-tarbiya ishida samaraga
erishib bo‘lmasligi hayotiy haqiqatdir.
Kasb – ish-faoliyatning ma’lum tajriba, tayyorgarlik talab etadigan turi, sohasi.
Kasb-hunar sirlarini egallashga umumilmiy, umumkasbiy, maxsus ma’lumotlar
?


35
hamda amaliy hatti-harakat usullari va shaxsiy fazilatlarini o‘zlashtirish orqali
erishiladi.
Kasb o‘ziga mehnat faoliyatining tor doirasi bilan tavsiflanuvchi ixtisosliklarni
mujassamlashtiradi. Ba’zi kasblar o‘ziga bir qancha ixtisosliklarni qamrab olishi ham
mumkin. Masalan, o‘qituvchilik kasbi o‘qitiladigan o‘quv predmetlariga binoan:
umumta’lim, umumtexnik, maxsus fanlar bo‘yicha o‘qituvchiliklariga bo‘linishini
ko‘rsatishning o‘zi kifoya. Kasb va ixtisoslik shaxsning muntazam ravishda ma’lum
turdagi ish bilan shug‘ullanish metodlarini o‘zlashtirib borishni ifodalaydi.
Metod  iborasi (yunoncha – methodos – tadqiqot yoki bilish yo‘li, nazariya,
ta’limot ma’nosini anglatadi) voqelikni bilish, o‘zlashtirish, o‘zgartirish usullari
majmuasidir. Metod aslida insonning amaliy faoliyati negizida vujudga kelgan.
Metodika - pedagogikaning o‘qitish qonuniyatlari, qoidalari, tashkil etish
shakllari, amalga oshirish va natijalarini nazorat qilib baholash metod hamda
vositalarini o‘zida mujassamlashtiruvchi fan tarmog‘idir. N.S.Sayidaxmedov fikricha,
“metodika o‘quv jarayonini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar
majmuasidir. Metodikadan ko‘zlangan maqsad predmet mavzulariga oid
nazariyalarni, aniq hodisalar tekisligiga ko‘chirishdir”
2
Metodologiya – “metod” va “logiya” iboralarining birligida bilish faoliyati
usuli, vositalari va mantiqiy tartibi haqidagi ta’limot ma’nosini anglatadi. Demak,
metodologiya har qanday faoliyatning zaruriy tashkiliy komponentidir. Shu jihatdan
metodologik bilimlar, eng avvalo, muayyan faoliyat turlarining mazmuni va
izchilligini o‘ziga qamrab olib, odat hamda meyorlar shaklida, ikkinchidan, amalda
bajariladigan faoliyatning ta’siri sifatida yuzaga chiqadi. Har ikkala holda ham
bilimning asosiy  vazifasi bilish jarayonini tartibli ravishda amalga oshirish yoki biror
ob’ektni amaliy o‘zgartirishdan iborat.
Demak, kasb-hunar ta’limi pedagogikasi ijtimoiy hayotning ma’lum sohasida
faoliyat ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan bilim, amaliy va shaxsiy fazilatlarni
shakllantirish qonuniyatlari, qoidalari, shakl, metod va vositalari hamda mazmuni
haqidagi pedagogikaning muhim tarmog‘idir.
Ta’lim ilm berish va tarbiyalashni o‘ziga qamrab olib, Respublikaning aql-
zakovat va ilm borasidagi kuch-quvvatini rivojlantirish, jamiyat, oila va davlat
oldidagi o‘z mas’uliyatini anglaydigan, har jihatdan barkamol, erkin shaxsni
shakllantirish maqsadini ko‘zlaydi. Shuning uchun ham u ustuvor soha hisoblanadi.

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling