“kasbiy pedagogika” fan sifatida
Tasniflagichdan foydalanish
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
kasbiy pedagogika
3. Tasniflagichdan foydalanish
- hududiy bandlik dasturlarini ishlab chiqish; - milliy va hududiy mehnat bozorlarida ijtimoiy mehnat sohasidagi jarayonlarini ta’minlash va tartibga solish; - ish kuchining samaradorligini va ish kuchiga ketayotgan sarflarni aniqlash; - mehnatga haq to‘lashni tartibga solish va meyorlashtirishni takomillashtirish; - xalq xo‘jaligining kadrlarga bo‘lgan ehtiyojini aniqlash va asoslangan uzluksiz ta’lim dasturini ishlab chiqish; - mehnat statistikasi sohasida axborotning xalqaro miqyosda taqqoslanishini ta’minlash. Tayyorlov yo‘nalishlari, kasblar va ixtisosliklarning tasniflagich ro‘yxati bo‘lib, u qo‘shimchalar va o‘zgartirishlar kiritish uchun ochiqdir. Amaldagi tasniflagida zarur hollarda tasniflagichga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi Markazi tomonidan amalga oshiriladi deb ko‘rsatilgan. 39 Kichik mutaxassislar quyidagi lavozimiy vazifalarni bajarishlari ko‘zda tutiladi: - kompyuter va boshqa texnikalardan, texnikaviy va fizikaviy fanlar sohasida foydalanish usullarini qo‘llash bilan bog‘liq texnik-texnologik topshiriqlarni bajarish; - texnik jihoz va transportlarni ishlatish. - mashinalar, mexanizmlar, qurilmalar, moslamalar hamda muhandislikka oid texnik jihozlar va asboblarga texnik xizmat ko‘rsatish hamda ta’mirlash, metall konstruksiyalarni o‘rnatish, dastgohlarni o‘rnatish va boshqa ishlarni amalga oshirish; - xom ashyo qazib olish va qayta ishlash, metallurgiya, qurilish binolari va inshootlarni ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish sohasida o‘z kasbiy bilimlarini tatbiq etish; - bosish (qoliplash) ishlarini bajarish; - oziq-ovqat, to‘qimachilik mahsulotlari, yog‘och va metall buyumlar, shu jumladan badiiy hunarmandchilik buyumlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash; - bolalar bog‘chasi va boshlang‘ich maktablarda ta’lim va tarbiya ishlarini amalga oshirish; - sog‘liqni saqlash, gigiyena, insonlarga g‘amxo‘rlik qilish, qishloq joylarda o‘simlik va hayvonlarni parvarish qilish, yetishtirish bo‘yicha zarur ishlarni amalga oshirish; - kadrlarni tanlab olish, joy-joyiga qo‘yish va ularning ijtimoiy ta’minoti, soliqqa tortish va turizmga aloqador davlat xizmatlari, buxgalteriya hisobi, huquqiy, statistik, ish yuritish korxonalarini boshqarish va tijorat. Moliya va savdo-sotiq sohasidagi bilimlarni texnik qo‘llash bilan bog‘liq ma’muriy va ishlab chiqarish vazifalarini bajarish; - ijtimoiy masalalar bo‘yicha yordam ko‘rsatish va maslahat berish; - sport va boshqa qiziqarli tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazish, madaniyat va san’at sohasida ijodiy faoliyat ko‘rsatish, diniy marosimlarni o‘tkazishda aholiga yordam ko‘rsatish va shu kabilar. Bu vazifalarni bajarish uchun tabiiyki, kichik mutaxassis ma’lum hajmdagi va darajadagi bilim (ko‘nikma va malaka) hamda shaxsiy fazilatlarni o‘zlashtirishi zarur bo‘ladi. Mutaxassis egallagan lavozimidagi vazifalarni talab darajasida bajarishi uchun zarur va yetarli bilim hamda shaxsiy fazilatlar davlat ta’lim standartlarida o‘z ifodasini topadi. Amaliyotga kasb-hunar ta’limining davlat standartini kiritishdan asosiy maqsad uni yangi huquqiy va tashkiliy metodik asosda reintegratsiya etishdir. Kasb- hunar ta’limini standartlashtirishning nazariy asosi akademik S.Y.Batishev tomonidan ishlab chiqilgan: bosqichli ta’lim nazariyasi; tayyorlov yo‘nalishlari, kasblar va ixtisosliklarni guruhlash nazariyalari tashkil etadi. Kasb-hunar ta’limi davlat standarti yaqin kelajakda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimida faoliyat ko‘rsatishi va rivojlanishini majmuaviy belgilab beruvchi yechim sifatida xizmat qiladi. Pedagogik manbalarda kasb-hunar ta’limi davlat standarti quyidagicha talqin etiladi: bo‘lajak kichik mutaxassislar egallashi zarur va yetarli bo‘lgan mazmun darajasi va ko‘lami; o‘quvchilarning maksimal o‘quv yuklamasi hajmi, bitiruvchilarning kasbiy tayyorgarlik darajasiga qo‘yilgan talablar va hokazo. 40 Kasb-hunar ta’limi davlat standartining mohiyati uning ichki va tashqi aloqalari tahlil etilsagina to‘liq ochilishi mumkin, standartlarning tashqi aloqalari eng avvalo ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarda o‘z ifodasini topadi, bundan standart ijtimoiy buyurtmani talablar shaklida o‘zida ifodalovchi me’yoriy hujjat ekanligi kelib chiqadi. Kasb-hunar ta’limi standartining ichki aloqadorligi esa uni o‘zaro aloqador va ta’sirdagi elementlardan tashkil topgan mustaqil tizim sifatida qaralganda namoyon bo‘ladi. Standartni tashkil etuvchi elementlarning xususiyatlari, o‘zaro aloqadorligi uning mohiyatini ochib berishga imkon beradi. Ijtimoiy-iqtisodiy tizimda standartning rolini tushunish uchun uning vazifalarini bilish muhimdir. Lo‘nda qilib aytganda, standart nima uchun va kimga kerak? Birinchidan, o‘qituvchilar va o‘quvchilar uchun o‘zlarining hamkorlikdagi faoliyatlarini tashkil etish uchun, ikkinchidan, kasb-hunar ta’limi tizimi rahbarlari va nazorat qilish mexanizmini shakllantirish uchun; uchinchidan, bandlik idoralari xodimlari uchun, ishga joylashtirish va qayta tayyorlash ishlarini rivojlantirish maqsadida; to‘rtinchidan, ijtimoiy hamkorlar uchun, ya’ni ish beruvchilar, kasaba uyushmalari va barcha mehnat munosabatlari bilan shug‘ullanuvchilar uchun; beshinchidan, yaqin va uzoq chet el hamkorlarimiz uchun, xalqaro mehnat bozorida inson huquqlarini erkin o‘zaro ta’sirini ta’minlash uchun zarur. Shunday qilib, kasb-hunar ta’limi davlat standarti o‘ziga xos kasbiy ta’lim sifatini boshqarish mexanizmi bo‘lib xizmat qiladi. Buning uchun u kasbiy ta’lim sifati bilan bog‘liq ko‘plab komponentlarni qamrab olishi kerak. Keng ma’noda kasb-hunar ta’limining sifati jamiyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish vazifalariga qanchalik mos kelishi bilan aniqlanadi. Fan-texnika taraqqiyoti bilan bog‘liq holda kasb-hunar ta’limi o‘quv-meyoriy hujjatlari tez o‘zgaruvchanlik xususiyatiga ega. Malaka darajasi aniq shaxsning kasbiy mahoratini xarakterlaydi. Malaka darajasi shaxsning o‘qib o‘rganganligiga bog‘liq, demak, uni ob’ektiv ravishda baholash mumkin bo‘lgan o‘lchamlar: hajmi, sifat daraja ko‘rsatkichlariga ega bilim va shaxsiy fazilatlar bo‘lishi mumkin. Kasb qanchalik murakkab bo‘lsa, unga mos holda kasb-hunar sirlarini o‘zlashtirish uchun shuncha ko‘p vaqt talab etiladi. Mehnatning intellektual darajasi aqliy va manual (jismoniy) faoliyatning o‘zaro munosabatini ko‘rsatadi. Ilmiylik darajasi esa mehnat faoliyatining texnik-texnologik jihatlari bilan bevosita bog‘liqligini ko‘rsatadi. Ko‘p funksiyalilik mehnatning murakkabligi, turli xildagi vazifalarni bajarishi bilan xarakterlanadi. Mehnat faoliyati algoritmining murakkabligi faqatgina turlicha emas, balki bir paytning o‘zida parallel ravishda aqliy va manualni bajarilishi bilan xarakterlanadi. Stereotip kasb-hunar darajasida mahsulli va mahsulsiz faoliyatlarning o‘zaro nisbatida namoyon bo‘ladi. Boshqacha qilib aytganda, Davlat ta’lim (tarmoq) standarti (DTS) mutaxassisliklarning yozma modeli bo‘lib, kasbiy tayyorgarlik darajasiga qo‘yilgan talablarni hamda shaxsiy fazilatlarni o‘ziga qamrab oladi. Uni quydagicha tasvirlash mumkin (1-chizmaga qarang). Rasmdan ko‘rinib turibdiki DTS va TTS ko‘p vazifali hujjat bo‘lib, ish beruvchilar, bandlik xizmati, vazirlik va tashkilotlar, ilmiy metodik tashkilotlar, o‘quv muassasalari, fuqarolar uchun mo‘ljallanadi. DTS asosida quyidagilar amalga oshiriladi: ta’lim mazmuni tanlab olinadi va shakllantiriladi; 41 o‘quv dasturlashtirish va metodik hujjatlar, ta’lim vositalari ishlab chiqiladi; ta’lim natijalariga qo‘yilgan talablar shakllantiriladi; kasbiy tayyorgarlik sifatini nazorat qilish tizimi ishlab chiqiladi; ta’lim muassasasi attestatsiya qilinadi; kasbiy maslahat, kasbga yo‘naltirish, kasbiy tanlash ishlari tashkil etiladi; mutaxassislarning malakasini oshirish shakllari aniqlanadi; DTSning o‘zi esa tasniflagich asosida ishlab chiqiladi; DTSni ishlab chiqishni tashkil etish. DTSning amaliy muhimligini hisobga olib, uni quyidagi tartibda ishlab chiqish tavsiya etiladi: mualliflik jamoalarini tuzish; alohida bo‘limlarni ishlab chiqish, ularni dastlabki baholash va o‘zgartirishlar kiritish; DTS loyihasini tuzish uni ekspert baholash; yakuniy ishlov berish, tahrirlash, rasmiylashtirish va tasdiqlash. DTSni ishlab chiqish bo‘yicha mualliflar jamoasiga amaliyotchilar, soha va pedagogika fani namoyondalari, mehnat bo‘yicha mutaxassislar, psixologlar, fiziologlar kiritilishi maqsadga muvofiq. DTS ustida ishlashning asosiy bosqichi ekspert baholash bosqichidir. Ekspert baholashning asosiy vazifasi xatolarni aniqlash, mohiyati, mazmuni, terminologik noaniqliklarini aniqlash va ularni kelgusida tuzatish yo‘llarini ko‘rsatishdir. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling