4) Adabiyotlar roʻyhatini rasmiylashtirishni tekshirish
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyhati ma’lum bir tartib asosida tuziladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlari;
2. Oʻzbekiston Respublikasi Farmonlari;
3. Oʻzbekiston Respublikasi hukumati qarorlari;
4. Me’yoriy aktlar, koʻrsatmalar;
5. Manbalar;
6. Davriy nashrlarda chop etilgan kitoblar, maqolalar.
Manbalar bibliografik qaydida quyidagilar koʻrsatiladi: muallif ismi va sharifi, kitob nomi, chop etilgan manzilgohi va chop etilgan yili. Agarda maqola jurnal (gazeta) da chop etilgan boʻlsa, jurnal (gazeta) nomi, tartib raqami va yili, beti keltiriladi.
5) Matnni imlo va stilistika nuqtai nazaridan tekshirish
Nazorat ishi ravon tilda aniq yozilgan boʻlishi va jalb etadigan koʻrinishga ega boʻlmog’i lozim. Soʻzlar qisqartirilishiga, faqat umumiy qabul qilinganlardan tashqari, shuningdek, xatoliklarga, tushunarsizliklarga, stilistik tafovutlarga yoʻl qoʻyilmaydi.
Nazorat ishi rahbarga taqdim etilishi holatida barcha taraflama maksimal darajada me’yoriga yetkazilgan boʻlmog’i lozim.
NAZORAT ISHINI BAHOLASH
Nazorat ishi ilmiy rahbar tomonidan baholanadi. Bunda quyidagi shartli ravishdagi koʻrsatkich va baholash mezonlari qoʻllanilishi mumkin:
Baholash koʻrsatkichlari
|
Baholash mezonlari
|
1.1. Nazorat ishi matni yangiligi
3 (uch)
|
- muammo va mavzu dolzarbligi;
- muammo qoʻyilishi yangiligi va mustaqilligi, muammo tahlili uchun tanlangan yangi jihatlar shakllantirilishi;
- muallif mavqei mavjudligi, mulohaza yuritishdagi mustaqilligi
|
1.2. Muammo mohiyati ochib berilishi darajasi
4 (toʻrt)
|
- nazorat ishi rejasining mavzuga mosligi;
- mavzu mazmunining nazorat ishi mavzusi va rejasiga mos kelishi;
- muammo asosiy tushunchalarining toʻliqligi va ochib berilishi doirasi;
- materiallar bilan ishlash uslub va usullari asoslanganligi;
- adabiyot bilan ishlash mahorati, materialarni tizimlash va tartiblashtirish;
- qarab chiqilayotgan masala boʻyicha har xil qarashlarni umumlashtirish, solishtirish boʻyicha koʻnikma, asosiy mulohaza va xulosalarni dalillash
|
1.3. Manbalarni tanlashni asoslanganligi
5 (besh)
|
- muammo boʻyicha ilmiy manbalarni doirasi, ulardan foydalanish toʻliqlik darajasi;
- muammo boʻyicha eng yangi manbani jalb etish (jurnalda chop etilgan, ilmiy ishlar toʻplamlari va boshqalar)
|
1.4. Rasmiylashtirish qoidalariga amal qilish
|
- foydalanilgan adabiyotlarga toʻgʻri havola qoʻyish;
- ifoda toʻg’riligi va madaniyati;
- muammo atamalari va tushunchalar apparatidan samarali foydalanish;
- nazorat ishi hajmiga qat’iy rioya qilish;
- rasmiylashtirish madaniyati: xat boshilarni ajratish
|
1.5. Ravonlik, savodlilik
|
- orfografik va sintaktik xatoliklar boʻlmasligi, stilistik tafovutlar yoʻqligi;
- xatoliklar, qisqartirilgan soʻzlar, umumiy qabul qilinganidan tashqari, boʻlmasligi;
- ilmiy tarz
|
Nazorat ishi 5 baho tizimda baholanadi va bilimni baholash quyidagicha amalga oshiriladi:
5 baho – «a’lo»
4 baho – «yaxshi»
3 baho – «qoniqarli»
2 baho – «oʻtmadi»
Do'stlaringiz bilan baham: |