Kasbiy psixologiya fanining predmeti
Ijtimoiy normalar, sanksiyalar va shaxs
Download 470.53 Kb.
|
Kasbiy psixologiya fanining predmeti
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ijt i m o iy t a ‟ si r l ar n i n g s h a xs t o m o
Ijtimoiy normalar, sanksiyalar va shaxs
Ijtimoiy norma - shaxs hayotida shunday kategoriyaki, u jamiyatning o`z a‘zolari xulq - atvoriga nisbatan ishlab chiqqan va ko`pchilik tomonidan e‘tirof etilgan harakatlar talablaridir. Hozirgi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat va bozor munosabatlari sharoitidagi raqobat muhiti shaxsdan bir vaqtning o`zida qator qobiliyatlar va malakalarni talab qilmoqdaki, ayniksa, yoshlar o`zgaruvchan sharoitlarga tezroq moslashish uchun ba‘zan bir-biriga zid xislatlarni ham xulqda namoyon qilishga majbur bo`lishmoqda. Masalan, yosh oila boshligi, talaba, ota - onalarga moddiy jihatdan qaram bo`lmaslik uchun, bir vaqtning o`zida ham itoatkor, intizomli talaba va ishdan keyin esa - chaqqon va uddaburon, tadbirkor, tijoratchilik bilan shug`ullanishga majbur bo`lishi mumkin. Bu holat tabiiy, shaxsdan kuchli iroda, doimiy intiluvchanlik va o`z ustida muttasil ishlashni talab qiladi. Ijtimoiy ta‟sirlarning shaxs tomonidan anglanishi Ijtimoiy normalar, sanksiyalar, rollar ijtimoiy mexanizmlar sifatida shaxs xulq-atvorini ma‘lum ma‘noda boshqarib, muvofiqlashtirib turishga yordam beradi. Lekin insonning komilligi, uning axloq - ijtimoiy normalar doirasidagi maqbul harakati uning o`ziga ham bog`liqdir. SHaxsning o`zi, o`z xulq-atvori xususiyatlari, jamiyatdagi mavqeini tasavvur qilishidan hosil bo`lgan obraz - «Men» - obrazi deb atalib, uning qanchalik adekvatligi va reallikka yaqinligi shaxs barkamolligining mezonlaridan hisoblanadi. Kasb tanlash jarayoni ijtimoiy ahamiyat kasb etsa-da, lekin uning ortida jismoniy individual (yakkahol) shaxs turadi. Holbuki shunday ekan, har bir kasb tanlovchi shaxsiyatiga individual munosabatni amalga oshirish zarur. Buning uchun kasb tanlovchining yosh va jins xususiyatlariga binoan kasb maorifini amalga oshirish maqsadga muvofiq. Bunda birinchi navbatda shaxsning kasbiy ehtiyoji, motivi, layoqati, qiziqishi va qobiliyatini hisobga olish darkor. Aks holda umumiy xususiyatli yo`llanma, ko`rsatma ijobiy natijaga olib kelmaydi, chunki individuallik o`ziga xos talablarni taqozo etadi. Hatto oddiy kasb maorifi ham turlicha yondashuvni talab qiladi, binobarin, uni qondirmasdan turib tub maqsadga erishib bo`lmaydi. Kasbiy saralashda pedagoglar, psixologlar, fiziologlar, tibbiyot xodimlari va ishlab chiqarish xodimlarning ishtiroki. Turli kasblarning konkret shaxs oldiga qo`yadigan talablari. Haydovchi, muhandis, chilangar, qishloq xo`jalik xodimi, temirchi, kosib va boshqa kasblarning shaxs ruhiyatiga qo`yadigan talablari. Kasbiy saralashda shaxslarning anotomik xususiyatlarini hisobga olish. Ruhiy sifatlarni e‘tiborda tutish haqida ma‘lumot berish. Bosh miya asab tolalarining qo`zg`aluvchanligi va tormozlanuvchanligi haqida tushunchalar berish. Kasbga saralashda shaxs xarakteri, temperamenti va boshqa shaxsiy sifatlarning tutgan o`rni. Kasbga saralashda kasbning shaxsiyatga hamda shaxsiy sifatlarning kasb mohiyatiga ta‘siri masalalari. Bilimlarga mayl va qiziqishlar turlicha namoyon bo`ladi: faol, sust, chuqur, tor, astoydil, yuzaki. Mayl va qiziqishlar kasb tanlashda juda muhim, ammo yoshlarning mayl va qiziqishlari kasb-hunarlar kabi shu darajada ko`p va turfaki, ularni tanlayotgan kasbga qanchalik o`yg`unligi haqidagi savolga birdaniga javob berish qiyin. Umumiy tarzda yoshlarning nazariy sohalar, amaliy faoliyat, ijtimoiy tashkilotchilik ishlari, sport, turli ko`ngilxushliklarga bo`lgan qiziqish va mayllarni ko`rsatish mumkin. Tabiiyki, bolalarda qanday qiziqish va mayllarni o`rganish va shakllantirish kerak degan savol tug`iladi. Bu savolga javob topish uchun mavjud kasb-hunarlarning, aniqrog`i, har bir bolani qiziqtirgan kasbning kishilardan talab qiladigan jahatlarini yaxshi bilish kerak. Bu talablar mehnat qurollari, turi, maqsadi, faoliyatning shart-sharoitlaridan kelib chiqadi. Jamiyatdagi insoniyat olamida kasb-hunar ko`p bo`lishiga qaramay, ularni mehnat qurollari, ob‘ektlariga ko`ra, besh turga turkumlash mumkin (muqovalarga qarang): Odamlar bilan ishlash ektakchi bo`lgan sohalar – bu turni biz shartli ravishda «Inson+inson» deb belgilaymiz. Bu turdagi kasb egalari asosan insonlar bilan muloqatda bo`ladi, ya‘ni ularning faoliyatida odamlar asosiy o`rinda turadi. Aslida hamma narsa inson uchun qilinadi. Ammo odamlar insoniyatga turli yo`l bilan bevosita va bilvosita xizmat qiladilar. Birinchi turdagi kasblar bevosita xizmat turiga kiradi. Texnik jihozlar, asbob-uskunalar bilan mehnat qilinadigan kasblar «Inson + texnika». Bu turdagi kasblarga qiziqqan yoshlar fizika, ximiya, elektrotexnika sohalari bo`yicha laboratoriya amaliyotlarini o`tkazishni xush ko`radilar. Har xil modellar tuzish, loyihalash, oilada maishiy texnika asboblarini ta‘mirlashga ishqiboz bo`ladilar. O`smirlar va hayvonot dunyosi bilan bog`liq sohalar. «Inson + tabiat». Bu turdagi kasblarga qiziqqan bolalar tabiat bag`rida bo`lishni sevishadi. Turli jonivorlar boqishni, ekinlarni parvarish qilishni yoqtirishadilar. Botanika, biologiya, zoologiya fanlarini havas bilan o`rganishadi. Belgilar tizimi, turli ramzlar bilan bog`liq sohalar. «Inson + ramzlar». Bu turdagi kasblar ishqibozlari turli hisoblash ishlari, chizmalar chizish, kartografiklar tuzish, obrazlar, ramzlar vositasida mulohaza qilish maylida bo`lishadi. Atrofni ko`zatishni sevishadi, turli tarqoq ma‘lumotlarni bir tartibga keltirishga intilishadi. Badiiy obrazlar bilan ish ko`radigan sohalar. «Inson + badiiy obrazlar». Badiiy obrazlar bilan ish ko`radigan soha ishqibozlari xayolparastroq bo`lishadi. Rasm chizish, turli jihozlash ishlari, raqsni yaxshi ko`radilar. Kasbiy ma‘rifat ta‘limi tizimida mehnat qilayotgan pedagoglar bolalarda ana shu besh turdan qaysi biriga qiziqish yoki mayllari borligini aniqlab, ularni rivojlantirib borishlari kerak. Mayl va qiziqishlarni shakllantirishda sinfdan tashqari ishlar, muzeylar, hayvonot bog`i, botanika bog`i, korxonalarga, tabiat bag`riga sayohatlar uyushtirish ham samarali natijalar beradi. O`quvchilarda kasb-hunarga mayl va qiziqish uyg`otish, ularni shakllantirish hamda o`stirish ota-onalar bilan hamkorlikda olib borilsa kutilgan natijalarga erishish mumkin. Shaxsning mutaxassis sifatida shakllanish jarayoni xususida mualliflik qarashlari keltirilgan. Ilgari ishlab chiqilgan shaxsning mutaxassis sifatida shakllanishi yosh xususiyati va ish stajiga bog‘liq degan qarashlardan farqli ravishda muallif tomonidan shaxsning kasbiy mahorati bu parametrlarning funksiyasi hisoblanmasligi, aksincha individning kasbiy shakllanishining qaysi bosqichida ekanligiga qarab aniqlanishini ko‘rsatib bergan. Kasbiy faoliyatni turli darajada o‘zlashtirgan mutaxassislar haqidagi tasavvurlar, qolaversa, kasbiy shakllanish mezonlarining tavsifi keltirib o‘tilgan. Malakali kadrlar tayyorlash tizimini uzluksiz ravishda rivojlantirish ehtiyoji va turli ishlab chiqarish sohalarida ko‘p yillik ish staji bilan faoliyat yuritayotgan shaxsning o‘z imkoniyatlarini to‘liq amalga oshirmasligi shaxsni har tomonlama kasbiy faoliyatda o‘zini namoyon qilishi muammosini yuzaga keltirdi. Bu muammolarni hal qilmasdan turib kelgusi kasbiy faoliyatdagi muvaffaqiyatli sifatli ta‘limni va rejalashtirishni amalga oshirish mumkin emas. Bu muammoning amaliy ahamiyati uni turli fan doiralar qatorida psixologiya doirasida ham o‘rganishni muhimligini ko‘rsatib berdi. Kasbiy shakllanish jarayonini o‘rganishdagi qiyinchiliklar qobiliyatlar va kasbiy qobiliyatlarning ishni bajarishning muayyan bir usuliga asoslangan normativ faoliyatga yo‘naltirilganligidadir. Shuning uchun ham kasbiy yetuklik darajasi ajratib ko‘rsatilmaydi, balki faqatgina yosh xususiyati va mutaxassis sifatida yuritilayotgan vaqt inobatga olinadi. Shaxsning kasbiy shakllanishi masalasi ko‘pgina mualliflar tomonidan tadqiq qilingan. Bu inson taraqqiyotida tez-tez uchraydigan jarayondir. Ko‘pincha mutaxassis shaxsining to‘la taqlil qilish tushib qoladi, shaxsning kasbiy shakllanish bosqichi esa hayot yo‘li bosqichi bilan muvofiq tarzda ko‘rib chiqiladi. Shuning uchun vaqt doirasida qatiy chegaralanib qoladi. Ijtimoiy sohalarda faoliyat yurituvchi shaxsning kasbiy shakllanishini o‘rganishda insonning imkoniyatlarini to‘liq ochib beruvchi sub‘ekt va ijtimoiy muhit orasidagi turli ijtimoiy aloqalar tipiga ahamiyat berish muhimdir. Har bir ijtimoiy aloqalarning yana odamovilik va muloqotchanlik kabi kichik tiplarga bo‘linishi biz uchun muhim ahamiyatga egadir. Birinchi tipda sub‘ekt o‘zini ―topgan‖, o‘zida va faoliyatida o‘zini o‘zgartirishni hoxlamasligi bilan tavsiflanadi. Ikkinchi tip esa sub‘ektning o‘zini o‘zi ―qidirishi‖ bilan izohlanadi. Bu o‘tish, oraliq holat hisoblanadi. Individ (yoki jamiyat) bir shaklni tark etib jamiyatning boshqa yuqori darajasiga erishadi. Garmonik aloqalar uchun sub‘ekt yaxlit shaxs sifatida namoyon bo‘ladi, u sub‘ekt-predmet tartibi - rolli niqob sharti bilan belgilanadi. Bu yerda inson ―taraqqiyotning absolyut harakati holatida‖ bo‘ladi. Keyinchalik shaxsni kasbiy shakllanishi borasidagi qarashlarga S.L.Rubinshteyn ishlari asos bo‘lib xizmat qildi. S.L.Rubinshteyn insonning hayotga munosabatini ifodalovchi ikki usulni ajratib ko‘rsatgan. Birinchi usul - bu insondagi barcha munosabatlar to‘liq emas, balki alohida hodisalariga munosabat doirasiga kiruvchi hayotdir. Bunday munosabatda inson hayot sub‘ekti hisoblanmaydi, shu bilan birga undan alohida ham bo‘lmaydi. Bu yerda hayotning o‘zi ―tabiiy jarayon sifatida‖ namoyon bo‘ladi, inson hayot tarzi bilan uni to‘ldiradi. Ijtimoiy hayot insonni o‘rniga sub‘ekt sifatida namoyon bo‘ladi. Bu yerda axloq, beayblik, yomonlik qilmaslik, tabiiylik, insonning tabiiy holati sifatida namoyon bo‘ladi va shu bilan bir qatorda bu yerda yaxshilik va yomonlik o‘zaro bog‘liqdir. Bu usul insonning hayoti o‘zidan o‘zi kechadigan hayot-avtomat aloqalariga kiruvchi xususiyat sifatida tavsiflanadi. Ikkinchi usul ichki refleksiyani namoyon bo‘lishi bilan bog‘liq bo‘lib, u ―hayotning bu uzluksiz jarayonini to‘xtatib qo‘yishi, uzib qo‘yishi mumkin va insonning g‘oyalar dunyosidan chiqarib yuboradi. Inson g‘oyalar dunyosidan tashqaridagi pozisiyani egallaydi. ―Bunday refleksiyaning namoyon bo‘lishi hayotiy qadriyatlar tizimini aniqlash bilan bog‘liqdir. S.L.Rubinshteyn aynan shu holat bilan voqelikning yangi usuliga o‘tish imkoniyatini bog‘laydi. Bevosita aloqalarni uzish va ularni yangi negizlar asosida tiklash ikkinchi usulga o‘tish bilan yakunlanadi. Shu vaqtdan boshlab ―ruhiy bo‘shliqqa, axloqiy skeptizmga, axloqiy beqarorlikka yoki boshqa - yangi anglangan sharoitda axloqiy inson hayotini qurishga yo‘l ochila boshlaydi‖. Sanab o‘tilgan fenomenlar yangi usulning mavjudligini tavsiflamaydi, balki, shaxs ilgarigidek yashash imkoniyati yo‘q bo‘lgan vaziyatda qolganda o‘zining beqaror ―Men‖ tizimini buzilishlardan saqlab qola olmasligini anglatadi. Bu vaziyat ba‘zida ―o‘zini safarbar etish‖ holati deb nomlanadi. Biroq bu holatni o‘zining namoyon bo‘lishiga ko‘ra o‘zini o‘zi safarbar etish deb nomlab bo‘lmaydi: tabiatdan, boshqalardan alohida tarzda anglanmagan voqelikni yo‘qotish mumkin emas. Shunchaki, birinchi usulda turmush tarzining hayot- avtomatdan ajratilmaganligi hech qachon axloqiy beqarorlikni keltirib chiqarmaydi. Hayotiy faoliyat modusi - bu insonning tashqi dunyo bilan o‘zaro hamkorligini, inson turmush tarzi qanday tuzilganligini aniqlab beruvchi ko‘pgina munosabatlarning o‘zaro bog‘liqligini to‘liq xarakteridir. hayotiy faoliyat modusi faqatgina inson turmush tarzini turli voqeliklarga munosabatini ifodalab qolmasdan, balki individning turli individual qobiliyatlarini ham faollashtiradi. Uning ta‘sir ostida shaxs qadriyatlari, ehtiyojlari sohasi va boshqalar shakllanib boradi. Turli hayotiy faoliyat moduslaridagi munosabatlar tizimi haqidagi tushunchalarning mazmuni quyidagi jadvalda keltirilgan. Turli hayotiy faoliyat moduslaridagi shaxs munosabatlari tizimi Shaxs munosabatlari Egalik qilish modusi Ijtimoiy intilishlar modusi Xizmat qilish modusi O‘ziga munosabat Boshqalarga munosabat Ishga munosabat Jangari, `changalzor qonunlari‖ asosida yashovchi. Ishbilarmon: ―sen-menga, men-senga‖. Tartibli. Muqitga bog‘liqlik, ―qurbon‖ tamoyili. Qizqanchiqlik, raqobat, antogonizm. ―Ko‘z bo‘yamachilik‖. Taqdir va yaratganning irodasi. Muhabbat. Mas‘uliyat, ijodkorlik. Egalik qilish modusida predmet yoki boshqa insonlarga egalik qilish nazarda tutiladi. Bu tip ehtiyojlari muayyan bir davr ehtiyojlari bilan hamohangdir. Ular kamchilik, yetishmovchilik sifatida yuzaga keladi. Nimagadir yoki kimgadir egalik qilish ehtiyoji inson ehtiyojlarining begonalashgan shaklidir. Bu modusda individga tegishli bo‘lmagan barcha narsalar ular tomonidan vosita darajasigacha ko‘tariladi. Kasbiy faoliyat san‘at darajasigacha ko‘tariladi va shaxsning zaruriy ishtiroki natijasiga ko‘ra predmetli yoki to‘liq predmetli ko‘rinishlarga ajratiladi. Shunga muvofiq tarzda, hech qanday faoliyat motivga ega emas, chunki hech qanday motivning o‘zi yo‘q, faqatgina muayyan faoliyatga egalik qila olinsa bo‘ldi.Bu bosqichda ham boshqalar singari ikkita chiziqni ajratib ko‘rsatish mumkin, ulardan biri kasbni endi o‘zlashtirayotgan insonlarga xosdir. Bu shunday holatki, bunda shaxs muayyan bir bosqichni bosib o‘tgan, lekin yuqoriroq darajaga erishmagan. Birinchi chiziq o‘zining natijasiga ko‘ra ikkita imkoniyatga ega. Ulardan biri - bu keyingi bosqichga (ijtimoiy intilishlar modusiga) o‘tish. Ikkinchisi - bu bosqichda izlanish va `to‘xtab qolish‖dan bosh tortishdir. Shaxsning kasbiy shakllanishini boshqa vektori inson allaqachon o‘zini ―topganligi‖, uning o‘zini va o‘z faoliyatini o‘zgartirishni istamasligi bilan yakunlanadi. Shaxs faoliyatga nisbatan o‘z ehtiyojlarini qondiruvchi vosita sifatida qaraydi. Download 470.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling