Kasbiy tanlovning umymiy masalalari va uning tuzilishi. Kasbiy faoliyat va bilish jarayonlari. Kasbga yo‘


Kasb tanlashga yo‘llashning mohiyati va mazmuni


Download 0.63 Mb.
bet8/38
Sana06.11.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1750780
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   38
Bog'liq
2 МАЪРУЗА СИРТКИ

Kasb tanlashga yo‘llashning mohiyati va mazmuni.
Kasb tanlashga yo‘llash - bu har bir Shaxsning o‘ziga xos individual xususiyatlari va mehnat bozorining ehtiyojlarini hisobga olgan holda, o‘z kasbiy o‘rnini topishi uchun Shaxs ga ta’sir etishning ilmiy asoslangan shakl, usul va vositalar tizimidir. U insonning kasbiy kiziqishi va imkoniyatlari xamda jamiyatning aniq bir kasbiy faoliyat turiga ehtiyojlarining mutanosibligiga erishishga yo‘naltirilgandir. Kasb tanlashga yo‘llash - mohiyat va samaradorlikni baholash ko‘rsatkichlariga ko‘ra ijtimoiy-iqtisodiy kategoriyadir. Kasbga yo‘naltirishni xal etish vazifalari bo‘yicha ijtimoiy-iqtisodiy, tibbiy-fiziologik va psixologik-pedagogik mohiyatga ega muammodir. Kasb tanlashga yo‘llash insonning qobiliyati va iqtidorini maqsadli rivojlantirishda, uning kasb mahorati, ish qobiliyati va salomatligini asrashga imkon yaratadi hamda aholini ijtimoiy himoyalash va uning bandligi sohasidagi davlat siyosatining muhim elementlaridan biri sifatida namoyon bo‘ladi. Kasb tanlashga yo‘llash Shaxs ning mehnat salohiyatidan samarali foydalanish, uning ijtimoiy va kasbiy faolligini oshirish xamda majburiy ishsizlikning oldini olishda muhim rol o‘ynaydi. Kasb tanlashga yo‘llash tadbirlari inson tomonidan o‘z kasbiy malakasini oshirishning qulay shakllarini izlash, ijtimoiy-iqtisodiy tashabbuskorlik, intellektual va mehnat mustaqilligini rivojlantiradi. Yosh avlodni ongli ravishda kasb tanlashga tayyorlashga, uni har tomonlama barkamol rivojlantirishning shart-sharoiti sifatida qaraladi. Bu shaxs ning ma’naviy, aqliy, mehnat, estetik va jismoniy tarbiyasi, ya’ni barcha o‘quv-tarbiya jarayoni bilan o’zviy birlikda amalga oshiriladi.
Kasb tanlashga yo‘llash quyidagi qismlarni o‘z ichiga oladi: kasbiy axborot, kasbiy maslahat, kasbiy tanlov va saralash, kasbiy moslashish.
Kasbiy axborot - ma’lum bir kasbni egallash xoxishi bo‘lgan Shaxs ga, turli mutaxassisliklarni egallashning shakl va sharoitlariga, kasbiy malakalarning o‘sish imkoniyatlariga mehnat bozorining holati va ehtiyojiga, kasbiy qiziqishlarning shakllanishiga, Shaxs ning istak va ko‘nikmalariga quyilgan talablar hamda zamonaviy kasblarning istiqboli va mazmuni to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘plash, targ‘ibot qilish chora-tadbirlaridir.
Kasbiy maslahat - kasb tanlash yoki faoliyat turini o‘zgartirishda yordamga muhtoj bo‘lgan Shaxs ning individual-psixologik xususiyatlari, Shaxs iy fazilatlari, kasbiy qiziqishlari, moyilligi, sog‘ligi va mehnat bozori ehtiyojlarini o‘rganish asosida psixologik-maslaxatchi bilan ilmiy tashkil etilgan o‘zaro muloqot tizimidan iborat.
Kasbiy tanlov va saralash - kasbiy faoliyatning alohida turlariga yaroqlilik darajasini aniqlashga yo‘naltirilgan Shaxs ning psixofiziologik xususiyatlari (tanlash) yoki aniq bir kasbga bo‘lgan psixofiziologik me’yoriy talablar (saralash) asosida Shaxs ni har tomonlama o‘rganish tizimidir. Moslashish - ishlab chiqarishda kasbiy faoliyatning ijtimoiy-psixologik va tashkiliy-texnik sharoitlariga Shaxs ni moslashtirishga, uni muvofaqqiyatli ravishda kasbni egallashi uchun shart-sharoitlarni yaratishga yo‘naltirilgan choralarning majmuaviy tizimidir.

Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling