Kashta tikishda chok turlari


Download 140.23 Kb.
Sana22.04.2023
Hajmi140.23 Kb.
#1379927
Bog'liq
Kashta tikishda chok turlari


Kashta tikishda chok turlari
Qo`lda kashta tikishning ikki turi mavjud: birinchisi matoning arqoq hamda o`rim iplarini sanab kashta tikish; ikkinchisi esa matoga naqsh-gul, tasvir konturini chizib, erkin kashta tikish turlari. Arqoq va o`rish iplari kesishtirib to`qilgan mato polotno, bo`z shaklida to`qilgan matoga tikiladi. Chunki bunday mato ishlarini sanab tikish qulay. Bunday kashta gullari geometrik shakllar, uzun-qisqa to`g`ri chiziqlardan iborat. O`zbekistonda sanama kashtaning iroqi turi tarqalgan.
Kashta tikishni boshlaganda naqshlar cheti (konturi) oldin tikib chiqilib, keyin ichi to`ldiriladi. Kashta tikayotganda popop mashinasidan murakkab kashtalar yo`llarini, gullarning o`zaklarini, gul atroflarini tikishda foydalaniladi. Oqlanganda bosma chokida igna bilan buyumning yuza qismida ish bajariladi. Unda ipning uchi bog`lanib matoning tagidan ustiga igna sanchilib ip tortiladi, tugun kashtaning orqa tomonida qoladi. Ip tugagach yana shunday qilinadi. Bu ish kandaxayol, do`ro`ya, xamdo`zi, ilmoq choklarida ham amalga oshiriladi. Kashta tikilayotgan buyum tizza ustiga erkin tashlab qo`yilib tikiladi. Yirik buyumlar (so`zana, takiyapo`sh, gulko`rpa, choyshab, palak va boshqalar) kompozitsiya va naqsh chizilgach bir necha paxtaga ajratilib, kashtado`zlik qilingach, qaytib birlashtirib tikiladi. Bunda har bir bo`lak boshqa-boshqa chevar tomonidan tikilishi mumkin, ammo ip-ranglar, uslub chizmada belgilab olinadi va umumiy ranglar gammasi saqlangan bo`ladi
Qaytma chok .Bu chok bir xil yiriklikdagi qavariqlarning uzluksiz qatoridan iborat bo`ladi. Ignani o`ngdan chapga yuritib, birinchi qaviq bilan shu qaviq yirikligidagi oraliq hosil bo`ladi. Ikkinchi qaviqni tushirish uchun ip chapdan o`ngga yotqizib birinchi qaviq tutashgan joyidagi nuqtaga igna sanchiladi-da, qaviq yirikligida o`ngiga chiqariladi. Uchinchi va undan keyingi qaviqlarni tushirishda, ularning o`zidan oldingi qaviq tugagan joyga igna sanchiladi. Qaytma chokni qaviqlar orasida ochiq joy qoldirib tiksa ham bo`ladi.
Iroqsimon chok. Gazlamadan sug`urib chiqariladigan ikkita ip izi bo`ylab yoki ixtiyoriy konturli kashta gulining motividan tikiladi. Bunda kashta gulining goh u, goh bu tomoniga navbatma-navbat igna sanchib, qaviqlar chapdan o`ngga tomon joylashtirib boriladi. Gazlamaga igna sanchilgan joylar oralig`i bir xil bo`lishi kerak. Y`olning o`rtasi bo`ylab qaviqlar chalishib boradi, har bir yangi qaviq oldingi qaviq ustiga tushadi.
Suv chok . bir-biriga zich joylashgan qator qiya qaviqlarlardan iborat bo`ladi. Bu chokni chapdan o`ngga tomon yoki o`zidan oldinga qaratib yo`naltirib tikish mumkin. Suv chokni tikayotganda ip doimo bir tomonda – chapda yoki o`ngda bo`lishi kerak. Tikayotganda ip yo`nalishini o`zgartirib bo`lmaydi, chunki chokning strukturasi buzilib qoladi.
Yo`rma chok . ba`zan ziy chok ham deyiladi, chunki burchak bilan gazlamaning chetlari tikilad. Gazlamani teskari tomoniga 3-4 sm bukib, gazlama rangidagi ip bilan ko`klab chiqiladi. Petlya chok qaviqlari chapdan o`ngga tomon gazlama ziyaga perpendikulyar joylashtirib tikiladi. Bu choklar gardishsiz tikiladi. Chok qaviqlarining yirikligi bir xil bo`lishi kerak.
Download 140.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling