Kassa kirim va chiqim orderi, kassa kitobi
Download 24.14 Kb.
|
Kassa kirim va chiqim orderi, kassa kitobi
Kassa kirim va chiqim orderi, kassa kitobi Kassadagi pul mablag‘larining hisobi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tasdiqlangan va O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi tomonidan 1998 yil 17dekabrda 565tartib raqami bilan ro‘yxatga olingan «Yuridik shaxslar tomonidan kassa operatsiyalarini oshirish Qoidalari»ga va ularga kiritilgan o‘zgartirishlar va qo‘shimchalarga muvofiq olib boriladi. Ushbu me’yoriy hujjatga asosan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar kassa xo‘jaligini tashkil etishlari lozim. Kassa xo‘jaligi o‘z ichiga quyidagi elementlarni oladi: • Kassa bo‘yicha moddiy javobgar shaxs, ya’ni kassir, u bilan moddiy javobgarlik to‘g‘risida tuzilgan shartnoma; •Tegishli xavfsizlik vositalari bilan ta’minlangan va jihozlangan kassa xonasi. Ushbu xonaning eshik va derezalariga temir panjaralar o‘rnatilgan bo‘lishi, ichida temir seyflar, signalizatsiya va o‘t o‘chirish anjomlari bo‘lishi zarur; •Kassa bo‘yicha hujjatlar tizimi, ya’ni kassa kitobi, kirim va chiqim kassa orderlari, ularni qayd etish jurnali va boshqalar. Kassaga pul mablag‘lari turli manbalardan kelib tushadi, masalan bankdan, savdo shahobchalaridan, korxona xodimlaridan va boshqa manbalardan. Barcha hollarda pul mablag‘lari kassaga «Kirim kassa orderi» hujjati asosida qabul qilinadi. Ushbu barcha korxonalar uchun yagona shakl va mazmunga ega bo‘lgan hujjat buxgalteriyada tuziladi, unga kirim va chiqim kassa orderlarini qayd etish jurnali bo‘yicha tartib raqami beriladi. Kirim kassa orderi chap va o‘ng tomonlarga bo‘linadi. Uning chap tomoni kirim kassa orderi deb atalib, unda pul mablag‘larining kimdan, qachon, nima maqsadda va qancha miqdorda olinganligi ko‘rsatiladi. Hujjatning o‘ng tomoni kirim kassa orderiga kvitansiya deb ataladi va unda ham chap tomondagi yozuvlar bir xil mazmunda aks ettiriladi. Kirim kassa orderi bosh hisobchi va pulni qabul qilib olgan kassir tomonidan imzolanadi. Hujjatning chap tomoni kassirda qoladi, o‘ng tomoni esa pulni topshirgan shaxsga beriladi. Kassadan pul mablag‘lari turli maqsadlarda chiqim qilinadi, masalan ish haqi, nafaqa, safar harajatlari va boshqa maqsadlarda, shuningdek kelib tushgan savdo tushumi va boshqa maqsadlarda olingan pullar bankdagi korxonaning hisob-kitob schyotiga topshiriladi. Barcha hollarda pul mablag‘larining kassir bo‘ynidan soqit etilishi «Chiqim kassa orderi» hujjati bilan rasmiylashtiriladi. Ushbu hujjat ham hamma korxonalar uchun yagona shakl va mazmunga ega. Unda qachon, kimga, nima uchun , qancha miqdorda pul berilganligi, olgan shaxsning haqiqatda pulni qanday hujjat asosida olganligi to‘g‘risida ma’lumotlar yoziladi. Chiqim kassa orderi korxona rahbari, bosh hisobchi, kassir va pulni olgan shaxs tomonidan imzolanadi. Hujjatlar sonini ko‘paytirib yubormaslik uchun PDF created with pdfFactory trial version www.pdffactory.com 131
kassadan qaydnomalar asosida berilishi, shundan so‘ng ularning umumiy summasiga bitta chiqim kassa orderi tuzilishi mumkin. Bunday hollarda chiqim kassa orderlarida ushbu qaydnomalarning tartib raqamlari, qaydnomalarda esa – chiqim kassa orderining tartib raqami ko‘rsatiladi. Barcha chiqim kassa orderlariga kirim va chiqim kassa orderlarini qayd etish jurnali bo‘yicha tartib raqamlari beriladi. Kirim va chiqim kassa orderlarida tuzatishlar, bo‘yab yozishlar, bitta tartib raqamini takrorlanishi mumkin emas. Kirim va chiqim kassa orderlari asosida kassir «Kassa kitobi»ni yuritadi. Ushbu kitob tikilgan, nomerlangan, korxona rahbari va bosh hisobchi tomonidan imzolangan va korxona muhri bilan tasdiqlangan bo‘lishi lozim. Kitobning har bir varag‘i ikki qismdan iborat bo‘lib, o‘ng qismi chap qismining tagiga bukiladi, ular o‘rtasiga nusxa o‘tqazuvchi qog‘oz qo‘yiladi. Kassir kitobning chap qismiga davr boshiga kassadagi pul mablag‘larining qoldig‘ini, keyingi qatordan boshlab oldin kirim kassa orderlari bo‘yicha qabul qilingan pul mablag‘larini, keyin esa chiqim kassa orderlari bo‘yicha pul mablag‘larini chiqimini alohida ustunchalarda ko‘rsatadi. Barcha kirim va chiqim kassa orderlari yozilgach, kirim va chiqim summalari jamlanadi. Kitobning so‘ngida kassir davr oxiriga kassada qolgan pul mablag‘larining qoldig‘ini, shu jumladan tarqatilmay qolingan ish haqi summasini, yozadi. Kassa kitobining o‘ng tomoni yirtib olinadi va hisobot sifatida barcha kirim va chiqim hujjatlari bilan birga imzolanib buxgalteriyaga topshiriladi. Kassirning hisoboti buxgalter tomonidan tekshirib qabul qilinadi, hisobotning oxirgi qismida unga nechta kirim va chiqim hujjatlari kiritilganligi yoziladi va imzolanadi. Kassa kitobida ham boshqa kassa hujjatlari kabi bo‘yab yozishlar, tuzatishlar mumkin emas. Buzilgan kassa kitobining varaqlari qayta yoziladi, buzilgan varaqlar kitobda saqlanishi kerak. Buxgalteriyaga topshirilgan kassa hisoboti va unga ilova qilingan boshlang‘ich hujjatlar kassadagi pul mablag‘larining sintetik va analitik hisobi registrlarini ( 1-son jurnal-order va 1-son qaydnomani) yuritishga asos bo‘ladi. Chet el valyutasi bo‘yicha kassa operatsiyalari yuz bergan hollarda, ularga doir muomalalar alohida kassa kitobida qayd etiladi. Kassadagi pul mablag‘larining sintetik hisobini yuritish uchun 21- son BHMS da 5010 «Milliy valyutadagi pul mablag‘lari» va 5020 «Chet el valyutasidagi pul mablag‘lari» schyotlar ko‘zda tutilgan. Ushbu aktiv schyotlarning debet tarafida pul mablag‘larining qoldiqlari va davr maboynidagi kirimlari, kredit tarafida esa ularning chiqimlari aks ettiriladi. Ushbu schyotlar bo‘yicha asosiy buxgalteriya yozuvlari quyidagilardan iborat bo‘ladi. Tar-tib
Operatsiyaning mazmuni Debet schet Kredit schet Yozuvga asos bo‘luvchi hujjat 1. Pul mablag‘larining tushumi: -bankdagi hisob-kitob schyotidan -valyuta schetidan -ta’sischilardan olinganda -hisobdor shaxslardan olinganda -kredit olinganda -qarz olinganda - qaytarilmaydigan moliyaviy yordam 5010-
5110
Kirim
Orderi PDF created with pdfFactory trial version www.pdffactory.com 132
-xodimlardan qarzni qoplanishi
9010-
4730 9390 8810- 8890 2.
-hisob-kitob schyotiga topshirilsa -valyuta schetiga topshirilsa -kredit qaytarilsa -qarz qaytarilsa -ish haqi berilsa -safar harajatlari bo‘yicha qarz berilsa -xo‘jalik zaruriyatlariga berilsa -ish haqi hisobidan avans berilsa -safar harajatlari uchun avans -nafaqa berilsa -kelgusi davr uchun sarflansa -inkassatorlarga topshirilsa -kamomad chiqsa 5110
6810 6820 6710- 6720 6970
4210 4220 6520 3110- 3190 5710 4730 5010-
Chiqim kassa
Kassada turli pulli ekvivalentlar ( markalar, biletlar, yo‘llanmalar va boshqalar ) saqlanishi mumkin. Bunday pulli ekvivalentlarning hisobi mahsus 5610 « Pulli ekvivalentlar» schyotida hisobga olinadi. 6.3.Hisob-kitob schyotidagi pul mablag‘larining hisobi Korxonalarning bo‘sh turgan pul mablag‘lari bankda ochilgan hisob-kitob schyotida
133
schyotining raqamini bildiradi. Barcha bank operatsiyalariga doir hujjatlarda korxona o‘zining ushbu hisob-kitob schyoti raqamini, bankning nomi va kodini ko‘rsatishi shart bo‘ladi. Korxonaning hisob-kitob schyotiga pul mablag‘lari naqd va naqdsiz yo‘llar bilan kelib tushadi. Naqd pullar hisob-kitob schyotiga korxonaning o‘zi tomonidan topshiriladi. Buning uchun kassir yoki pul topshirish vakolati berilgan boshqa shaxs bankda maxsus “Naqd pul topshirishga e’lon” hujjatini to‘ldiradi. Ushbu hujjat uch qismdan iborat: birinchi qismi naqd pul topshirishga e’lon deb ataladi, ikkinchi qismi kvitansiya va uchinchi qismi order deb ataladi. Hujjatning barcha qismlari bir xil mazmundagi yozuvlarga ega bo‘ladi, ya’ni ularda hisob-kitob schyotining raqami, nima uchun va qancha pul topshirilayotganligi, shuningdek pulni topshirgan shaxsning familiyasi, ismi- sharifi va imzosi aks ettiriladi. Pul bank kassasiga topshirilgach, topshiruvchi shaxsning qo‘liga imzolangan va muhr bilan tasdiqlangan kvitansiya beriladi, e’lon va order bankda qoladi. Oxirgi hujjat ham bank ko‘chirmasi bilan ilova sifatida korxonaga qaytib keladi. Naqdsiz yo‘l bilan pul mablag‘lari korxonaning hisob-kitob schyotiga boshqa korxonalardan, davlat organlaridan, bankning o‘zidan kelib tushushi mumkin. Bunday pul mablag‘lari bankda korxonaning hisob-kitob schyotiga to‘lov topshiriqnomalari, elektron avizo, memorial-orderlar asosida kiritiladi. Korxona hisob-kitob schyotidan pul mablag‘lari naqd va naqdsiz yo‘llar bilan chiqim qilinadi. Pul mablag‘larini naqd olish uchun korxona bank tomonidan shartnomaga muvofiq chek daftarchasi bilan ta’minlanadi. Ushbu daftarchaning har bir varag‘i ikki qismdan iborat bo‘lib, chap qismi koreshok, o‘ng qismi esa chek deb ataladi. Daftarchaga kiritilgan cheklarning tartib raqamlari bosmaxona usulida oldindan yozilgan bo‘ladi. Naqd pullar korxonaga chek asosida beriladi. Chekning yuza qismida pul olish vakolati berilgan shaxsning familiyasi, ismi-sharifi, olinishi kerak bo‘lgan summaning miqdori ko‘rsatiladi, chek rahbar va bosh hisobchi tomonidan imzolanadi va korxona muhri bilan tasdiqlanadi. Chekning orqa tarafida olinayotgan pul mablag‘larining miqdori maqsadlari bo‘yicha aks ettiriladi, shuningdek pul oluvchi shaxsning imzosi va pasport bo‘yicha ma’lumotlari , uning imzosini tasdiqlovchi rahbar va bosh hisobchining imzolari ko‘rsatiladi. Chek bankda, uning koreshogi chek daftarchasida qoladi. Chek daftarchasida bo‘yab va tuzatib yozishlar mumkin emas, ularga qo‘yiladigan imzolar ham bankga berilgan imzo namunalaridan farq qilmasligi kerak. Bu talablarga javob bermaydigan cheklar bank tomonidan qabul qilinmaydi va buzilgan hisoblanadi, ularni qaytadan rasmiylashtirish, buzilgan cheklarni daftarchaga qaytadan elimlab qo‘yish lozim. To‘liq foydalanilgan chek daftarchalari bankga topshiriladi va uning o‘rniga yangi chek daftarchasi sotib olinadi. Korxona hisob-kitob schyotidan pul mablag‘lari naqdsiz yo‘l bilan boshqa korxonalarga, davlat organlariga o‘tqazib beriladi, shuningdek bankning o‘zi orqali shartnoma shartlariga ko‘ra ko‘rsatilgan xizmatlar uchun ushlab qolinadi. Pul mablag‘larini naqdsiz chiqim qilishga asos bo‘lib to‘lov topshiriqnomalari, inkasso topshiriqnomalari, bankning memorial orderlari hisoblanadi. To‘lov topshiriqnomasi – bu korxona tomonidan bankga ma’lum bir summani boshqa yuridik shaxslarga olingan aktivlar, bajarilgan ishlar, ko‘rsatilgan xizmatlar uchun, shunigdek korxonaning davlat organlari oldidagi majburiyatlarini to‘lash uchun bergan yozma guvohnomasi. Barcha korxonalar uchun yagona shakl va mazmunga ega bo‘lgan ushbu hujjatda uning tartib raqami, tuzilgan sanasi, to‘lovchi va oluvchi korxonalarning nomlarii, bank rekvizitlari, soliq to‘lovchi sifatidagi rekvizitlari, o‘tqaziladigan summaning miqdori, o‘tqazish maqsadi va unga asos bo‘luvchi hujjatning tartib raqami va sanasi PDF created with pdfFactory trial version www.pdffactory.com 134
imzolanadi va korxona muhri bilan tasdiqlanadi. Inkasso topshiriqnomasi – bu bank muassasasiga soliq idorasi, yo‘l fondi va boshqa majburiy to‘lovlarni yig‘uvchi organlar tomonidan korxonaning ruxsatisiz uning hisob-kitob schyotidan o‘tqazib berish uchun kelib tushgan yozma topshiriqnoma. Memorial –orderlar – bu bank muassasaning ko‘rsatgan xizmatlari uchun korxonaning hisob-kitob schyotidan o‘ndirib olgan summalarini tasdiqlovchi hujjat. Bank muassasasi barcha kirim va chiqim hujjatlari asosida shartnomada ko‘rsatilgan muddatlarda korxonaga hisob-kitob schyotidan ma’lum bir davr uchun ko‘chirma beradilar. Ko‘chirmada davr boshi va ixiriga hisob –kitob schyotidagi pul mablag‘larining qoldig‘i, shu davrdagi barcha kirim va chiqimlarning summalari hujjatlar asosida ko‘rsatiladi. Bank ko‘chirmasiga chekdan tashqari barcha kirim va chiqimga guvohlik beruvchi hujjatlar ilova qilinadi. Bank ko‘chirmalari korxona buxgalteriyasida hisob-kitob schyotidagi pul mablag‘larining sintetik va analitik hisob registrlarini yuritishga asos bo‘ladi. Hisob kitob schyotidagi pul mablag‘larining sintetik hisobi 5110 « Hisob-kitob schyoti»da britiladi. Ushbu aktiv schyotning debet tarafida pul mablag‘larining qoldig‘i va ko‘payishi, kredit tarafida esa kamayishi aks ettiriladi. Ayrim hollarda bank tuzilgan shartnomaga muvofiq mijozning iltimosiga ko‘ra hisob –kitob schyotidan unda mavjud bo‘lgan summadan ko‘p bo‘lgan summani chiqim qilishi mumkin. Bunday hollarda hisob- kitob schyotining qoldig‘i vaqtincha kreditda bo‘lib qoladi va u korxonaning bank oldidagi kreditorlik qarzini ifodalaydi. Ushbu kreditorlik qarzi overdraft deb ataladi. Hisob -kitob schyoti bo‘yicha asosiy xo‘jalik operatsiyalariga quyidagi buxgalteriya yozuvlari qilinadi. Tartib
Operatsiyaning mazmuni Debet schet Kredit schet Yozuvga asos bo‘luvchi hujjat 1. Pul mablag‘larining tushumi: -korxona kassasidan tushganda -valyuta schetidan tushganda -haridorlardan avans tushganda -haridorlardan qarz kelib tushsa -ta’sischilardan olinganda -ta’minotchilardan qaytarilganda -kredit olinganda -qarz olinganda -qaytarilmaydigan moliyaviy yordam kelib tushganda -byudjetdan kelib tushganda -ijtimoiy sug‘urta organlaridan kelib tushganda -maqsadli mablag‘lar kelib tushganda -maxsus schetlardan kelib tushganda -qisqa muddatli investitsiyalar qiymati kelib tushganda -inkassator summasida ortiqcha summalar aniqlanganda 5110
5010 5210 6310 4010 4610 6010 6810 6820 9380
6520
9390
Chiqim kassa Orderi, bank ko‘chirmalari va ularga ilova qilingan hujjatlar PDF created with pdfFactory trial version www.pdffactory.com 135
Pul mablag‘larini chiqimi: -korxona kassasiga kelib tushganda -valyuta schetiga topshirilsa -kredit qaytarilsa -qarz qaytarilsa -ta’minotchiga avans o‘tqazilganda -ta’minotchiga qarz o‘tqazilsa -haridorga avans qaytarilsa -byudjetga avans o‘tqazilsa -byudjetga qarz o‘tqazilsa -ijtimoiy sug‘urta uchun o‘tqazilsa -majburiy to‘lovlar o‘tqazilsa -kelgusi davr uchun sarflansa -depozit schyotlarga o‘tqazilsa -xayriya sifatida o‘tqazilsa -ta’sis badali sifatida kiritilsa -maxsus schyotlarga o‘tqazilsa 5010
6810 6820 4310- 4330 6010 6310 4410 6410 6520 6520 3110- 3190 5890 9430 0600 5500 5110
Bank ko‘chirmalari va ularga ilova qilingan boshlang‘ich hujjatlar 6.4.Valyuta schyotidagi pul mablag‘larining hisobi Valyuta schyotini ochishga asos bo‘lib tashqi iqtisodiy faoliyatni yuritishga berilgan
136
Tar-tib raqami Operatsiyaning mazmuni Debet schet Kredit schet Yozuvga asos bo‘luvchi hujjat 1. Pul mablag‘larining tushumi: -korxona kassasidan tushganda -haridorlardan avans tushganda -haridorlardan qarz kelib tushsa -ta’sischilardan olinganda -ta’minotchilardan qaytarilganda -kredit olinganda -qarz olinganda -qaytarilmaydigan moliyaviy yordam kelib tushganda -maqsadli mablag‘lar kelib tushganda -inkassator summasida ortiqcha summalar aniqlanganda -ijobiy kurs farqlariga 5210- 5220 5010
4010 4610 6010 6810 6820 9380
8890 9390
Chiqim kassa
2.
-korxona kassasiga kelib tushganda -kredit qaytarilganda -qarz qaytarilganda -ta’minotchiga avans o‘tqazilganda -ta’minotchiga qarz o‘tqazilsa -haridorga avans qaytarilsa -kelgusi davr uchun sarflansa -xayriya sifatida o‘tqazilsa -ta’sis badali sifatida kiritilsa -valyuta sotilganda -salbiy kurslar farqiga 5020
6810 6820 4310- 4330 6010 6310 3110- 3190 9430 0600 9220 9630 5210- 5220 Download 24.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling