Kassirlar uchun yo‘riqnoma


Sodiqlik kartasidan yechish va hisoblash, bank kartasi orqali to‘lov


Download 49.99 Kb.
bet3/5
Sana19.06.2023
Hajmi49.99 Kb.
#1625356
1   2   3   4   5
Bog'liq
Kassirlar uchun yo‘riqnoma (3)

Sodiqlik kartasidan yechish va hisoblash, bank kartasi orqali to‘lov:

  • Agar mijoz kassada sodiqlik kartasini mobil ilova orqali QR-kod shaklida taqdim etgan bo‘lsa, kassir “Jami” tugmasini bosishi va QR-kodini skanerdan o‘tkazishi kerak.


Agar sodiqlik kartasini olish bo‘yicha so‘rov muvaffaqiyatli bajarilgan bo‘lsa, kassa ekrani to‘q sariq rangga o‘zgaradi, ekranning yuqori qismida sodiqlik kartasidagi joriy balans ko‘rsatilgan yozuv chiqadi hamda ekranda sodiqlik kartasi va bank kartasidan yechiladigan summani belgilash imkonini beradigan oyna paydo bo‘ladi.

Ushbu oynada sodiqlik kartasi yoki bank kartasidan aynan qancha pul yechib olish kiritiladigan qator sariq rangda ko‘rsatiladi.
"Tab", "↑" va "↓" tugmalari yordamida to‘lov kartasini tanlash mumkin.
Sodiqlik kartasidan yechib olinadigan miqdorni ko‘rsatish uchun sodiqlik kartasidan: qatori sariq rangda belgilanganiga ishonch hosil qilish va shundan keyingina kerakli summani kiritish kerak. Agar bu qator kulrang rangda bo‘lsa, “Tab” yoki “↑” tugmasini bosish, so‘ng kerakli summani kiritish kerak.
Bank kartasidan yechib olinadigan miqdorni ko‘rsatish uchun bank kartasidan: qatori sariq rangda belgilanganiga ishonch hosil qilish va shundan keyin kerakli summani kiritish kerak. Agar bu qator kulrang rangda bo‘lsa, “Tab” yoki “↑” tugmasini bosish, so‘ng kerakli summani kiritish kerak.
(3 990 so‘mdan ko‘p emas) qatorida kassir uchun maksimal miqdorni belgilash mumkin bo‘lgan ko‘rsatma chiqadi.
Kerakli miqdorlar ko‘rsatilganidan keyin, “Tovar kodi” tugmachasini bosish kerak. Yechib olinadigan miqdorni kiritish oynasi yopiladi va kassa belgilangan miqdordagi to‘lovlar qilishga so‘rov yuboradi. Agar sodiqlik kartasidan yechib olinadigan miqdor ko‘rsatilmagan va 0 ga teng bo‘lsa, u holda sodiqlik kartasidan yechib olish amalga oshirilmaydi. Agar bank kartasidan yechib olinadigan miqdor ko‘rsatilmagan va 0 ga teng bo‘lsa, u holda bank kartasidan yechib olish amalga oshirilmaydi. Agar mobil ilova orqali to‘lovni bekor qilish kerak bo‘lsa, “Bekor qilish” tugmasini bosish zarur. Yechib olinadigan miqdorni kiritish oynasi bu kartalardan mablag‘ yechmasdan yopiladi.


Download 49.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling