Katalitik kreking mahsulotlari
partiyalarini qo’yidagi firmalar sotishadi: «Grace Davision» (AQSh) - 72 % gacha
Download 355.12 Kb. Pdf ko'rish
|
Katalitik kreking mahsulotlari Eshmuradov Sh (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Neftni qayta ishlashzavodlarida katalitik texnologiyalaridan foydalanish
partiyalarini qo’yidagi firmalar sotishadi: «Grace Davision» (AQSh) - 72 % gacha, «Akzo-Nobel» (Gollandiya) - 18 % va «Enhelhard» (AQSh) - 10 %. Shuningdek kreking katalizatorlari boshqa ishlab chiqaruvchilari - «Mobil Oil», «Union Carbide», «Akzo Chemie» va boshq. firmalar ham ma’lum. Xususan, 1992 yildayoq «Mobil Oil» (AQSh) firmasi 2-10 nm (nanoo’lchamlar) o’lchamdagi g`ovaklarni saqlagan seolitlarning yangi sinfini sintezlagan bo’lib, ularning asosidagi ZSM5 markali katalizatorlar yuqori selektivlikka ega katalizatorlarni ishlab chiqarish uchun katta hissa qo’shdi. Rossiya 2006 yilda neftni qayta ishlash zavodlariga ega 125 mamlakat 18 orasida neftni qayta ishlash katalitik texnologiyalaridan foydalanish bo’yicha 60 o’rinda turardi («Lukoyl» OAJ ma’lumotlari). Neftni qayta ishlashzavodlarida katalitik texnologiyalaridan foydalanish Neftniqaytaishlashzavodlarida katalitik jarayonlar (2006 y.) Import katalizatorlaridan bog`liqlik, %, va ularning umumiy sarfi, ming t/yil Katalitik kreking Riforming Neft fraktsiyalarini gidrotozalash Gidrokreking Izomerlanish 80 va 18, shu jumladan flyuid 11 70 va 3,5 70 va 6-8 100 va 0,5 70 va 0,5 Katalitik kreking qurilmalari. Harakatlanuvchan sharikli amorf katalizatorli birinchi qurilma bo’lib 43-1 turidagi qurilma bo’lgan, uning rivojlantirilgan varianti bo’lib 43-102 turi bo’ldi, keyinchalik 1B, 1A, 1A/1M, 43-103, 43-103M, 43-104 turidagi FKK qurilmalari, shuningdek dastlab mikrosferik amorf katalizator asosidagi kombinatsiyalangan qurilma GK-3 katalizator bloki ishga qo’yildi, keyinchalik qurilmalar mikrosferik kristallik katalizator uchun modernizatsiya qilindi. G-43-107 kombinatsiyalangan qurilmasi xom-ashyoni gidrotozalash blokiga, FKK blokiga va rektifikatsiya blokiga ega. So’nggi yillarda dunyodagi neftni qayta ishlah zavodlarida mikrosferik katalizator mavhum suyultirilgan qatlamida katalitik kreking yangi qurilmalarini yaratish bo’yicha texnik va tijorat faolligi FKK qo’llanilish butun davri uchun krekin yuqori darajaga chiqdi. Dunyoda FKK qurilmalari bilan 330 dan ortiq neftni qayta ishlah zavodlari jihozlangan, bunda FKK qurilmalarining umumiy quvvati yiliga taxminan 1000 mln. t ni tashkil qiladi. G`arbiy Yevropa mamlakatlarida neftni qayta ishlash hajmida katalitik kreking taxminan 16 % ni tashkil qiladi, Yaponiyada– 17%, AQSh da– 36%, Rossiyada esa - 6 %. 1980-1990 yillarda xom-ashyoni nazorat qilinadigan katalitik kreking (katalitik reaktsiyalar - asosiylari, termik reaktsiyalar esa minimal) 19 asosida benzin fraktsiyalarga o’zgartirish (konversiya) davrida selektivlikni oshirish maqsadida FKK jarayoni «UOP», «Kellogg», «Shell», «ABB Lummus», «Stone Webster» va boshqa firmalar tomonidan sezilarli mukammallashtirilgan edi. Bunda lift-reaktorni va yuqoriroq zichlikdagi katalizatorda ishlash uchun xom-ashyo kiritilish uzelini mukammallashtirish hisobidan, shuningdek «UOP» firmasining X-simon texnologik sxemasidan (mo’riga faolligini hali yo’qotmagan sovuqroq ishlangan katalizator kiritilib, bu katalizatorning xom-ashyoga sirkulyatsiyasi sonini va xom- ashyoning o’zgarishi darajasini oshirish imkonini beradi) foydalanish hisobidan jarayonning yuqori ishchi ko’rsatkichlariga erishiladi. «UOP» firmasi tomonidan benzin chiqishini oshirish maqsadida qilingan oxirgi ishlanmalaridan biri millisekunddagi katalitik kreking «MSCC» (14.5-rasm) jarayoni bo’lib, unda xom- ashyoning katalizator bilan dastlabki kontakti juda qisqa vaqt mobaynida va lift- reaktordan foydalanmagan holda amalga oshiriladi. FKK benzini komponentini yaxshilash va uni ekologik toza benzin normativlarigacha ko’tarish uchun qo’shimcha texnologik choralar qo’llanilib, bu so’nggi yillarda tadqiqotlarda erishilgan natijalar sababli imkoniyati paydo bo’ldi. Jumladan, «Mozir NQIZ» OAJ da «MSCC» modelidagi katalitik kreking yangi o’rnatilgan qurilmasi muvaffaqiyatli ishlatilmoqda. 20 14.5-rasm. Katalitik krekingning reaktor-regenerator bloki (UOP MSCC jarayoni): 1 - reaktor;2 - regenerator; 3 –regeneratsiyalangan katalizatorning maxsus lyuki; 4 - issiq katalizatorni stripperga maxsus lyuki; 5 –ishlangan katalizatorning maxsus zadvijkasi; 6 –sirkulyatsiyalanadigan katalizatorning maxsus lyuki. 21 XULOSA Xulosa o`rnida aytish mumkinki, ushbu mavzuda termik kreking haqida tushuncha, kreking vaqtida uglevodorodlarni o‘zgarishi, xom-ashyo va olinadigan mahsulotlar, reaksion kamerali visbreking qurilmasi bayoni, mazutni destruktiv haydash texnologik jarayoni bayoni, termogazoyl ishlab chiqarish uchun termik krekinglash qurilmasi bayoni va katalitik kreking jarayonining sanoatdagi qurilmalari haqidagi ma`lumotlar keng yoritilgan. Kreking (ing . cracking — parchalanish) —neft yoki uning fraksiyasini destruktiv (strukturasini buzib) qayta ishlash jarayoni; ogir uglevodo-rodlar molekulalarinin gparchalanishi (ajralib chiqishi) va qayta joylashishiga asoslangan. Asosan motor yonilgʻisi, plastik massalar, tolalar, eritgichlar uchun kimyoviy xomashyo olishda qoʻllaniladi.Krekingning 2 asosiy (termikvakatalitik) turi bor. Termik Kreking yuqori temperature taʼsirida amalga oshadi; uning 3 ta: yuqori bosim ostida suyuq fazali (40—60 at. bosimda, 470 — 540° temperaturada), past bosim ostida yoki bug fazali (3 at., 500—550°), past bosim va yuqori temperaturada yoki piroliz (1 at., 650—750°) usullari bor. Katalitik kreking bir vaqtda yuqori temperature va katalizatorlar taʼsirida amalga oshiriladi. 1918 yilda N. D. Zelinskiy birinchi boʻlib katalitik krekingni tatbiq etgan.Katalizator sifatida alyuminiy-xlorid ishlatilgan.1936 yilda fransuz muhandisi Ud-ri yangi texnologik sxema (katalizator — alyumosilikat) yaratgach, katalitik kreking keng qoʻllanila boshladi.Bu esa oktan soni 80 — 85 boʻlgan yuqori sifatli aviatsiya benzini olishga imkon berdi. Neftning kerosin — gazoyl fraksiyasi xomashyo boʻlib xizmat qildi.Katalitik krekinglash 450—520° ga yaqin temperature va 2—3 atm. Bosimida amalga oshadi. Kreking suv bugʻi ishtirokida, vodorod bosimi ostida ham boradi (gidrokreking). Shuningdek, kreking jarayonining boorish sharoiti (temperatura, bosim) ga, xomashyoning vazifasi va turiga, texnologik jiqozlanishiga bogʻliq boʻladi. Jarayonning boorish sharoitiga qarab gaz, benzin bugʻi va ogʻir fraksiyalar (ligroinli, kerosinli, gazoylli, 22 solyarli va qoldiq) dan tashkil topgan mahsulotlar aralashmasi hosil boʻladi. Zavonaviy kreking koʻpgi va kimyoviy mahsulotlar (atsetilen, etilen, benzol, ksilollar, vaftalin va boshqalar), shuningdek, qayta ishlanayotgan mahsulot massasiga nisbatan 70% gacha benzin olishga imkon beradi. Download 355.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling